01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:54
Jamiyat 👁 658

VATANGA XUSh KELGAN OYDIN YOʻL – EPK VA ISTIQLOL AYYoMI QUTLUGʻ BOʻLSIN!

VATANGA XUSh KELGAN OYDIN YOʻL – EPK VA ISTIQLOL AYYoMI QUTLUGʻ BOʻLSIN!

Yoʻl azobini, masʼuliyatini va gashtini ham yoʻlovchi biladi, koʻngillar his qiladi. Yoʻlovchi kim? Yoʻlovchi – biz, xalq! U to manziliga yetguncha oldinga intilaveradi. Surinib-surinib, mashaqqatlar azobini chekib, goh yiqilib, goh turib talpinaveradi. Qayerga? Quyosh nurlari porlab koʻringan  koʻzlagan manziliga! Bu manzilga yetish orzusi taqdir yozigʻimidi? Balki... Balki bu orzu xalqimizning koʻnglidan boshlangandir?

Ha, shunday edi, azizlar. Quyosh nurlari ila nurafshon manzil – mustaqillik tomon eltuvchi yoʻl xalqimizning koʻnglidan boshlangani rost! Koʻngillar qaramlik kishanlarini yanchib tashlashga intildi, hurlik, erk istagan dillar birlashdi. Elim, yurtim, degan koʻkraklar qalqon boʻldi mustaqillik manziliga eltuvchi yoʻl azoblariga. Erk istagan koʻngillardan boshlangan bu yoʻllarda qurbonlar berdi xalq. Fisq, tuhmat, gʻarazli niyatlar bolalab yotgan pistirmalarni, tuzoqlarni yorib oʻtdi yovqur yuraklar. 28-yil avvalgi Oʻzbekiston xalqi hayotiga, dalalariga, shahar-u yovonlariga, togʻ-u qirlariga ildiz otgan illatlarni bir-bir sanang-a! Yuraklardagi yaralar yangilanadi... millatchilik urugʻini sochmoqqa intilgan gʻarazgoʻylar, har zarrasi oltinga teng Vatan tuprogʻiga xoinlik qilmoqqa shaylangan vatanfurushlar, xalqni bor budidan ayirmoqqa intilgan mulkparastlar... Ularning  yoʻlini toʻsib chiqmoqqa shaylangan xalqqa yetkazilgan ziyon-zahmatlardan yelkalar yagʻir boʻlmadimi?

Bu adolatsizliklarga koʻngillardan boshlangan hurlik yoʻli chek qoʻydi! Ana shu ezgu Istiqlol yoʻli Vatanga xush lahzalarni ato etdi. Bu – siyosatda, iqtisodiyotda, ijtimoiy hayotda yaqqol namoyon boʻldi. Xalqimiz hayotini tubdan oʻzgartirib yuborgan islohotlar, ichki va tashqi siyosat sohasidagi rivojlanish tamoyillari har bir inson hayotiga ziynat bagʻishladi.

Azizlar, Vatanda tong otayotgan lahzalarni hech kuzatganmisiz? Oqshomlarni-chi? Osmon bulutlardan xalos boʻlib, samoda quyosh porlagan damlarga bir nigoh tashlang-a! Nimalarni koʻrdingiz?

– Osudalikni! Oqshomlarda butun oila jam boʻlgan dasturxonlari noz-neʼmatlarga toʻla toʻkin xonadonlarni! Vatan zamini bilan quyosh nurlari qorishgan fasllardagi otashin haroratni!

Ona Yurt boʻylab yayov kezing. Darvozalari lang ochiq xonadonlar ostonasidan mahallaga ilk qadam qoʻyib, kunni shodon qarshilayotgan bolajonlarning yuz-u koʻzida hayrat va hayajon oftobi porlaydi. U kenglikni – ulugʻlikni va demakki, Vatanni kashf etayotir. Uning koʻnglida Istiqlolning ulugʻ manzillari – yorqin kelajak tomon intilish istagi uygʻonayotir. Istiqlol va kelajakni tutashtirgan yoʻl ochilayotir uning koʻnglida! Bu yoʻlning ufqi yorqin. Toki, xalqimiz, yuz-u koʻzlarida hayrat va hayajon oftobi porlab turgan avlodlar basalomat ekan, Vatanda Istiqlol quyoshi mangu nur sochaveradi.

Vatan osmonidan to zamin qadar,
Nur yoʻli toʻshalgan, yorqin, charogʻon.
Yuraklar bir hisdan hapriqib ketar,
Farogʻat qoʻynida har shahru yovon.
Oʻshal nur yoʻlidan oq tonglar kelar,
Oppoq orzularga chulgʻanar Vatan.
Elim, yurtim degan ahil millatlar
Oʻshal nur yoʻlida mangu birlashgan.
Bu yoʻl koʻngillardan boshlangan asli,
Tabarruk aylagay Istiqlol nasli!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026