"Esimda öşa damlar, özi uçar gilamlar..." Yoxud mutolaa oiladan boşlanadi
Instagramdan böşamaydigan ota bilan, dugonalari bilan telefonda soatlab gap sotadigan onaning farzandiga kitob öqi deyişi taʼsirlimi? Yoki avvalo özlari çinakam kitobxon bölib, ibrat körsatib, bolam, kitob öqigin! Ilm olib biz kam bölganimiz yöq, degan sözlari yurakka yaqinroqmi?! Albatta ikkinçi variant töğri.
Axir, tarbiya va maʼnaviyat degan tuşunçalar dastlab oilada şakllanadi. Tarbiya oilada örgatiladi, örganiladi, quloq osiladi va amal qilinadi. Xullas, komil farzandning ota-onasi bölişni istaysizmi, unda özingizam komil ota-ona böling. Biz xohlaymizmi, yöqmi olmaning tagiga olma tuşadi, banan emas...
Yaqindagina "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining "Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari" nomli grant loyihasi doirasida ötkazilgan "Mahallamizning eng ziyoli oilasi" tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tanlovda faol qatnaşgan uç nafar oila sohib va sohibalari, jumladan, tumanimizning Dörman OFYdan Umidbek Urinboyevlar oilasi, Durunki MFYdan Sohiba Bozorboeva hamda Özbekiston MFYdan Alişer Bobojonlar oilasi eng ziyoli va kitobxon oilalar sifatida eʼtirof etilib, "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining faxriy yorliqlari va badiiy adabiyotlar töplami bilan taqdirlandi. Şuningdek, tadbirga tuman maʼnaviyat va maʼrifat bölimi xodimi Mahmud Eşmonov ham taşrif buyurib, u ham ğoliblarga bölim nomidan kitoblar sovğa qildi.
Tanlov iştirokçilari grant loyihasi ijroçilariga minnatdorçilik bildirib, uşbu kitoblar oilalari va mahalladoşlarining maʼnaviy olamini boyitişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶