“Biz bir bölsak yagona xalqmiz – birlaşsak Vatanmiz!” şiori ostida maʼnaviyat festivali ötkazildi
Bugun mamlakatimizda Yangi Özbekistonni barpo etişdek ezgu maqsad yölida keng qamrovli islohotlar olib borilyapti. Taraqqiyotning muhim asoslari bölgan maʼnaviyat va marʼrifatga jiddiy eʼtibor qaratilyapti. Şu jihatdan respublikamizning barça şahar va tumanlarida joriy yilning iyul-avgust oylarida “Biz bir bölsak yagona xalqmiz – birlaşsak Vatanmiz” şiori ostida maʼnaviyat fesivallari ötkazilmoqda. Uşbu madaniy-maʼrifiy tadbirlar jamiyatda maʼnaviy muhitni yaxşilaş, yoş avlodni bilimga çorlaş, har bir fuqaroning yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuçaytiriş, qolaversa qalblardagi şukronalik tuyğusini namoyon etişi bilan ahamiyatli bölmoqda.
Ana şunday ezgu maqsadlarning mazmun-mohiyatini amudaryolik yurdoşlarimizning qalbiga yetkaziş va xalqimizga xuş kayfiyat ulaşiş maqsadida bir guruh elimiz suygan şoir-yozuvçilar, maşhur aktyor va sanʼatkorlar, taniqli jurnalistlar va madaniyat namoyandalaridan iborat “Maʼnaviyat karvoni” Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar Amudaryo ustida yangi qurilgan mahobatli köprik oldida tumanimiz mutasaddilari tomonidan kutib olindi. Mehmonlar uluğvor daryoning qudratini his qiliş, betakror tabiatimizdan bahra oliş maqsadida köprikdan yayov yurib ötişdi.
Barçamizga yaxşi maʼlumki, uşbu mahobatli köprikning tantanali oçiliş marosimida iştirok etiş uçun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Amudaryo tumaniga taşrif buyurgan edi. Bu köprik davlat rahbarining xalqimizga bölgan çeksiz mehr-muhabbatini ramziy ifoda etişi bilan barçamizni faxrlantiradi.
Uşbu köprik qirğoqlarni bir-biri bilan birlaştiradi va iqtisodiy rivojimizda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Şu maʼnoda Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan taşkil qilingan “Maʼnaviyat festivali” ham dillarni dillarga, ellarni ellarga boğlaşi, şuningdek, qalbimizdagi Vatanga bölgan buyuk muhabbatimizni namoyon etişi bilan ahamiyatlidir.
Amudaryo tumani Madaniyat bölimi oldida mehmonlar tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektor rahbarlari, hokim örinbosarlari, soha masʼullari tomonidan karnay-surnay sadolari ostida tantanali qarşi olindi. Milliy liboslar kiygan qizlarimiz mehmonlarga ming yillik ölmas qadriyatimiz ifodasi – non-tuz tutişdi.
Tuman Madaniyat bölimida ötkazilgan maʼdaniy-maʼrifiy tadbirda filologiya fanlari nomzodi, professor Rahimboy Jumaniyazov, Qoraqalpoğiston xalq şoiri Rustam Musurmon, teatr aktyori Tohir Raximov va qoraqalpoğistonlik taniqli ijodkorlar sözga çiqib, “Maʼnaviyat festivali” doirasida ötkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati, şuningdek, sanʼat va maʼdaniyatning xalq tafakkurini oşirişda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaşdi.
Professor Rahimboy Jumaniyozov tomonidan yurt taqdiriga daxldorlik, xalqimiz birdamligi, millatlararo totuvlik, inson maʼnaviy kamolotida bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlarning örni töğrisida bildirilgan falsafiy fikrlari yiğilganlarni çuqur mulohazaga çorladi. Qoraqalpoğiston xalq şoiri Rustam Musurmon tomonidan xalqona ohanglarda öqilgan yurt madhini uluğlovçi şeʼrlar qalblarga Vatanni beğaraz seviş kabi musaffo tuyğularni olib kirdi. Şuningdek, teatr aktyori Toxir Raximov va Gulsara Jumaniyozovalarning öziga xos zalvorli fikrlari yurtdoşlarimizga olam-olam ziyo ulaşdi.
Tadbir davomida nuroniy Bekman Allaberganov va şoira Zulfiya Olloyorovalar sözga çiqib, tumanimizga taşrif buyurgan ijodkorlarga özlarining samimiy minnatdorçiliklarini izhor etişdi.
Xuşovoz xonandalarimiz ijrosida yangragan köngiloçar, şöx qöşiqlar barçani raqs davrasiga çorladi. Nuroniy onaxonlarimiz mehmonlar bilan birgalikda jozibador kuy-qöşiqlarga gözal xirom aylaşdi.
“Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlarning navbatdagi qismi Olmazor mahallasida tuman Madaniyat bölimi xodimlari, mehmon xonandalar va estradamiz yulduzlari iştirokidagi gala kontsert bilan davom etdi.
Oqşom tuşgan payt. Tumanimizdagi Xotira maydoni aholi, ayniqsa yoşlar bilan gavjum. Barçaning yuzida bayramona kayfiyat hukmron. Serqirra ijodkorlarning çiqişlari qalblarga quvonç olib kiryapti.
Ijodkorlar sözga çiqib, xalqimizni, yoşlarni bugungi şodiyona bayram va farahbaxş kunlar bilan samimiy muborakbod etişdi. Xalqimiz sevgan ijodkorlar Rustam Musurmon va Toxir Raximov tomonidan öqilgan Vatan va oilani uluğlovçi ajoyib şeʼrlar, professor Rahimboy Jumaniyazov tomonidan bildirilgan fikrlar biz yagona xalq ekanligimizni, birlaşib buyuk Vatanga aylanişimizni yana bir bor anglatdi. Şuningdek, Qoraqolpoğistonda xizmat körsatgan artist Gulsara Jumaniyazovaning bolalar obrazini gavdalantirgan özgaça çiqişlari tadbir iştirokçilariga xuş kayfiyat bağişladi.
Xonandalar ijrosida yoşlik va muhabbatni tarannum etuvçi şöx qöşiqlar yangradi. Qoraqalpoqça va xorazmça diltortar navolar barçani zavqlantirib, raqsga çorladi. Ayniqsa, xonanda Iroda Iskandarova xalq orasiga kirib borib, kuylagan şöx qöşiqlari davralarni yanada jonlantirdi. Xonandaning çeksiz muhabbati amudaryoliklarning davomli olqişlariga sazovor böldi.
Kontsert estradamiz yulduzlari va yoş sanʼatkorlarimizning öziga xos gözal çiqişlari bilan kötarinki kayfiyatda davom etdi.
Darhaqiqat, Özbekiston bizning yagona Vatanimiz. Malakatimizda böylab ötkazilayotgan mana şunday festivallar bizni yanada jipslaştiradi. Xalqimiz bir butun bölib, yurtga daxldorlik tuyğulari bilan ezgu maqsadlarimiz yölida hamjihatlikda harakat qilar ekan, mustaqilligimiz yanada mustahkam bölişiga zamin yaratadi. “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar 15-iyulga qadar Qoraqalpoğistonning barça tumanlarida davom etadi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶