28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Qishloq xoʻjaligi 👁 300

Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar natijasida soha yanada rivojlanmoqda

Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar natijasida soha yanada rivojlanmoqda

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha sohalar singari qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida soha yanada rivojlanmoqda. Fermerlarimizning islohotlar mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetgan holda sohaga kirib kelayotgan yangi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanayotgani natijasida ish unumdorligi va hosildorlik yil sayin oshib bormoqda.

Amudaryo tumanidagi “Kamolov Gulmirza” fermer xoʻjaligi raisi Akbar Kamolov qishloq xoʻjaligi sohasidagi yangi imkoniyatlardan samarali foydalanib kelayotgan ilgʻor fermerlardan hisoblanadi. Akbar Kamolov joriy yil jami 60 gektar maydonda paxta yetishtirayotgan boʻlib, tumanimizning paxta xirmonini yaratishga munosib hissa qoʻshmoqda. Fermer bilan suhbatlashar ekanmiz, yer maydonlarini sugʻorishda suv tejovchi texnologiyalaridan foydalanish nafaqat suv resursini tejashga balki sifatli hosil olishga, hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishini ishonch bilan taʼkidlaydi.

Akbar Kamolov hozirda 15 gektar paxta ekin maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan va natijada suvning 25-30 foizga tejalishiga erishgan. Fermer qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, kelgusi yil qolgan ekin maydonlariga ham tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini oʻrnatishni, shu orqali sugʻorishda ish unumdorligini oshirish hamda suv resursini yuqori darajada tejash va yaxshi hosil olishni maqsad qilgan.

Mutaxassislar tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, tomchilatib sugʻorishda suv dalaga emas, oʻsimlikka beriladi. Mineral oʻgʻitlar suv tarkibiga qoʻshilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri ildizga yetib boradi. Avval 10 ga yaqin suvchi talab qilingan yerni atigi bir kishi sugʻorib chiqishi mumkin. Bu usul vaqtni, mablagʻni tejaydi va hosildorlikni oshiradi. Tomchilatib sugʻorish orqali faqat ildiz tizimining namlanishiga erishiladi. Bunday holda, suv oʻsimlik tomonidan kerakli miqdorda tezda soʻriladi va uning oʻsishi hamda rivojlanishiga zarar yetkazilmaydi. Suv tuproqning faqat oʻsimlik ildiz tizimi yotadigan joylariga kiradi, u har bir oʻsimlik uchun bir tekis va doimiy ravishda zarur boʻlgan miqdorda yetkazib beriladi. Anʼanaviy sugʻorish bilan solishtirganda, tomchilardan foydalanish jarayonida tuproqning tabiiy tuzilishi buzilmaydi. Kuchli quyosh nurlari bilan oʻsimliklar nobud boʻlmaydi, bu tomchilarning barglarga ham tushishi bilan izohlanadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Amudaryo tumanidagi jami 850 gektar ekin yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 43 ta fermer xoʻjaligining jami 650 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish, 45 ta fermer xoʻjaliklarining 200 gektar gʻalla maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha shartnomalar tuzilgan.

Tumanimizda qishloq xoʻjaligi sohasining yanada rivojlanishida yangi zamonaviy texnikalarning kirib kelishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muhtaram Prezidentimizning 2024-yilning 9-fevral sanasida imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturulamal boʻlmoqda.

Qaror bilan respublikamizning Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qonlikoʻl tumanlarida 2024-yil 1-aprelga qadar qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan kompleks xizmat koʻrsatuvchi texnika-servis markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish belgilab berildi. Shu asosda tumanimizda tashkil etilgan "Amudaryo Yangi Texnika Service" masʼuliyati cheklangan jamiyati ham bugungi kunda soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida mazkur jamiyatga 13 dona yangi zamonaviy texnikalar xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilgan boʻlib, bugungi kunda jami 2 mlrd. 250 mln. soʻm avans mablagʻlari hisobiga 11 dona texnikalar yetkazib berilgan. 5 dona “New Xolland T-7060” rusumli yuqori unumli surim traktorlari, 5 dona zamonaviy aylanma omochlar, 1 dona mexanik seyalka shular jumlasidandir. Mazkur texnikalar bilan tumanimizdagi fermer xoʻjaliklariga shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatilib, ekin maydonlaridan moʻl hosil olishga zamin yaratilmoqda hamda ish unumdorligi va sifati yanada oshib, yuqori mehnat samaradorligiga erishilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud tabiiy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish orqali sanoat, qishloq xoʻjaligi sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini taʼminlash hamda turmush darajasini oshirish maqsadida imzolangan Prezident qarori respublikamizning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026