28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:21
Iqtisodiyot 👁 353

Qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani tufayli tadbirkorlar faoliyati yanada rivojlanmoqda

Qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani tufayli tadbirkorlar faoliyati yanada rivojlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻistonga tashrifi mobaynida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qator islohotlar ilgari surildi. Xususan, tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmonlari sohadagi ishlarda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanidagi tadbirkorlar ham bu kabi imkoniyatlardan samarali foydalanib, oʻz faoliyatlarini yanada kengaytirmoqdalar. “Tilaumuratov Shukrullo” koʻp tarmoqli xususiy firmasi rahbari Jasur Tilaumuratov ham ana shunday ilgʻor tadbirkorlardan biridir.

Tadbirkor bilan suhbatlashar ekanmiz, oʻz faoliyatini 1996-yilda boshlaganini, qariyb 30 yillik tajribasida bugungi kunda tadbirkorlar uchun berilayotgan imkoniyatlar cheksiz ekanligini, ulardan unumli foydalanish zarurligini taʼkidlaydi. 2010-yilda Mangʻit shahrida 2 qavatli “Orzu” toʻyxonasini ochgan hamda xalqimizning toʻy-tantanalarida xizmat qilib kelayotgan tadbirkor Jasur Tilaumuratovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 129-sonli farmoniga asosan qoʻshimcha 16,4 sotix yer maydoni ajratilib, bugungi kunda qurilish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Qurilish ichlariga 10 nafar quruvchilar jalb qilingan boʻlib, ular qurilishni tez fursatlarda yakunlash uchun tinimsiz mehnat qilishmoqda.

Taʼkidlash joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning takliflarini bevosita oʻrganish asosida kelgusi yetti yilda rivojlantirishning belgilangan pirovard natijalariga erishish maqsadida qabul qilingan Prezident Farmoni bilan qator yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda.

Berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ilgʻor va tashabbuskor tadbirkorlardan yana biri Said Qilichevga ushbu farmon asosida yer maydoni ajratilib, faoliyati yanada rivojlanmoqda. Tadbirkor Said Qilichev “Sulton-Kumush” MChJ rahbari, bir qancha ovqatlanish markazlari egasi boʻlib, xususan, uning boshqaruvchidagi “Nurota” kafesida aholiga sifatli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Xalqimizning toʻy-tantanalari, bayram, marosimlarida, quvonchli kunlarida mazkur umumiy ovqatlanish muassasalari odamlar bilan gavjum.

Endilikda tadbirkor Prezident farmoni asosida 4 mlrd soʻm investitsiya kiritish evaziga oʻziga ajratilgan 26 sotix yer maydonida bolalar uchun attraktsion, elektromobillarni zaryadlash stantsiyasi, muzlatkichli sigʻim tashkil etishni maqsad qilgan. Hozirda ajratilgan yer maydonida qurilish ishlari yarmiga yetib qoldi.

Qayd etish joizki, farmon bilan yaratilgan cheksiz imkoniyatlar tadbirkorlarimiz uchun imkoniyat eshilarini ochmoqda. Jumladan, farmonda tadbirkorlik subʼektlarining loyihalariga 2025-yil 1-yanvarga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan, istisno tariqasida, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda aylanma mablagʻlarni shakllantirish maqsadlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda, kafillik shartnomasini bir tomonlama bekor qilmaslik sharti bilan kafillik taqdim etilishi belgilab berilgan.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida yangidan tashkil etilgan, hisob raqamida mablagʻ yetarli darajada aylanmagan tadbirkorlik subʼektlariga, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun garov taʼminotidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha boʻlgan miqdorda kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyish kabi keng imkoniyatlar koʻzda tutilgan.

Qolaversa, hujjatda hududlardagi ommaviy savdolarda turgan davlat mulki obʼektlari 3 oy muddatda sotilmagan taqdirda ularni elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyati bilan berish tartibi joriy qilinishi ham koʻzda tutilgan.

Bu kabi imkoniyat va imtiyozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va hududning iqtisodiy potentsialini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026