Mardlik tuğin tutgan asl farzandlar (Parij olimpiadasi sovrindorlariga)
“Ey , uluğ Turon, arslonlar ölkasi” (Abdurauf Fitrat).
“Olamni mahliyo aylagan diyor”,
Özbekiston uçun havaslar bisyor.
Oriyat yuksalgan oniy lahzalar,
Yuraklarni quçdi şaʼn-u iftixor:
– Vatanga qaytdi, – deb, – yana Tömaris!
Nurli qalam bilan yozildi tarix,
Hayrat oğuşida hatto muarrix.
Balki Yaratgandan möʼjiza! Aniq,
Qirilib ketmagan. Afsona – tirik –
Uyğondi Turonda turon yölbars!
Maydonni titratgan pahlavon qizlar,
Uluğ ajdodlardan tabarruk izlar.
Kuraşlarda aslo çökmagan tizlar –
Dunyoga yöl oçgan ummon, dengizlar –
Bugun oriyatdan berayotir dars!
Kördingizmi, dunyo qalqib ketganin,
Parijda nohaqlik haddan ötganin.
Vujudiga joylab tengsiz jurʼatin,
Mardlik tuğin tutgan özbek qizlarin.
Yoqlab jarang soçdi adolatli bahs!
Özbekka qadrdon döst, oğaynilar,
Qozoq, qirğiz, turkman oğa-inilar.
Tojikning lafzida tengsiz maʼnilar,
Hatto ahli dunyo hayratlandilar –
Beşta qöl birlaşib, çiqqanida “qars!”
Barçasi bir böldi – bir yagona XALQ,
Qalblar birlaşganda qolmadi heç farq.
Markaziy Osiyo – eng muhtaşam Ark
Yoğdusidan lol-u hayron Ğarb-u Şarq,
Dil töla hayratlar, dil töla havas!
Ana, oktagonda, ringda özbeklar,
Şaraf tojin kiygan ğolib özbeklar.
Hatto qardoşlarin qöllab özbeklar,
Ona Turon bölib yondi özbeklar,
Qutlagali keldi xalq guras-guras!
Köring, havas qiling, özbek şunqorin –
Yangi Özbekiston şaʼn, iftixorin.
Boşiga kötarib tinçlik şiorin,
Dunyoga tanitdi ona diyorin!
Köngillar birlaşdi Vatanga payvast!
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶