Jonim içra jonsan, Vatan!
Qum, tuproğing – tötiyodir,
Şarqu Ğarbing – nur-ziyodir.
Qon tomiring – qöş daryodir,
Möl bebaho konsan, Vatan,
Jonim içra jonsan, Vatan!
Tuğing mardu maydonlarda,
Husnu körking zabonlarda,
Madhing qöşiq, dostonlarda,
Sen şarafsan, şonsan, Vatan,
Jonim içra jonsan, Vatan!
Tinçlik, hurlik – şiorsan sen,
Döstlarga çin döst-yorsan sen,
Mangu obod diyorsan sen,
Musaffo osmonsan, Vatan,
Jonim içra jonsan, Vatan!
Dono pirlar faroğatda,
Qiz-yigitlar saodatda,
Rasululloh şafoatda,
Sen nuri iymonsan, Vatan,
Jonim içra jonsan, Vatan!
Istiqloldan – sururlaring,
Istiqboldan ğururlaring,
Jaloliddin, Temurlaring –
Dovruği dostonsan, Vatan,
Jonim içra jonsan, Vatan!
Namoyondir xitobida,
Bugun, ertang – har bobida,
“Davlat Qonun Kitobi”da
Bitilgan Nizomsan, Vatan,
Jonim içra jonsan, Vatan!
Tursunboy Abdullayev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶