Bölğusi Vatan himoyaçilarining ustozi
Kasbidan kamol topiş baxti... Tanlagan sohasi uçun fidoiy, mehnatdan qoçmaydigan va albatta Yaratgandan ato etilgan öz kasbi böyiça alohida qobiliyatga ega insonlargagina nasib etguvçi saodat bu. Ha, inson biror kasbga astoydil mehr qöyib, qiziqib, sevib bel boğlar ekan, yölida uçragan har qanday maşaqqatga qarşi mardonavor kuraşa oladi. Sinovlarga sabr bilan, aqlu-zakosi bilan yeçim topadi. Xalqimiz şevasi bilan aytganda: “uşlagan joyini uzadigan”, tinib-tinçimas, mehnatsevar insonlar sabab, bugun köplab sohalar taraqqiy topmoqda. “Daraxt bir joyda kökaradi”, deydi dono xalqimiz. Xuddi şunday, odam ham bir kasbning “boşini tutib”, halol mehnat va harakat qilsa, harakatlari bir kuni natija beradi. Bugun biz qalamga olgan inson ham umri mobaynida halol mehnat qilib, kasbidan kamol topgan, faxriy ustozlardan. Qahramonimiz 36-yil davomida öquvçilarga vatanparvarlikni örgatuvçi çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanidan dars berib kelmoqda.
Tursunbay Tagayev 1962-yilda tumanimizning Xolimbeg ovulida, zahmatkaş insonlar oilasida dunyoga keldi. Bolaligidan öqituvçilik kasbiga mehri tuşgan qahramonimiz tumanimizdagi 35-sonli umumtaʼlim maktabini tugatib, Buxoro davlat Pedagogika institutiga öqişga kirdi. Institutning boşlanğiç harbiy taʼlim va jismoniy tarbiya fakultetida öqib yurgan kezlarida öz tanlagan sohasi böyiça egallagan kuçli nazariy bilimlari mehnat faoliyatida qöl kelib, faoliyati davomidagi köplab yutuqlarga zamin yaratdi.
Tursunbay Tagayev 1988-yilda öqişni tugatib, qişloqqa qaytgaç, iş faoliyatini tumanimizda joylaşgan 8-sonli maktabda boşladi. Maʼlumki, işga yangidan kelgan yoş kadrlar har doim rahbariyatning, hamkasblarning diqqat markazida böladi. Çunki barça zamonlarda ham yoş mutaxassislardan iş böyiça yangi-yangi ğoyalar, yangiça işlaş uslubi va yangi ijobiy natijalar kutiladi. Halol mehnat va öz ustida tinimsiz işlaş mobaynida inson, albatta bu jarayonda yutuqlarga erişadi. Biz söz yuritayotgan inson ham bu borada böş kelmadi, dastlabki iş haftalaridayoq hamkasblar hurmatiga sazovor böldi. Şundan söng, qahramonimizning qizğin mehnat davrlari boşlanadi.
Tursunbay aka faoliyati mobaynida 1989-2002-yillar oraliğida Amudaryo tumani 17-sonli umumtaʼlim maktabi çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş va jismoniy tarbiya öqituvçisi, 2002-2003-yillarda Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölim ÇYoT fani metodisti hamda 17-sonli maktab çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş va jismoniy tarbiya öqituvçisi, 2003-2009-yillar oraliğida 17-sonli maktabda çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş va jismoniy tarbiya öqituvçisi, 2009-2017-yillarda uşbu maktabning fuqaro muhofazasi mutaxassisi va jismoniy tarbiya öqituvçisi sifatida işlagan bölsa, 2017-yildan to hozirgaça 17-sonli maktabning Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bilamizki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda Qurolli kuçlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlaş, davlatimiz sarhadlarini qöriqlaş va Milliy Armiyamizga çinakam vatanparvar, jonkuyar, ham aqlan, ham jismonan soğlom, yuksak salohiyatli yoşlarni jalb etiş muhim vazifa hisoblanadi. Şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalagani hamda ularga “Vatan tuyğusi”, “Yurt tinçligi” kabi keng tuşunçalarni singdirib borişi bilan ahamiyatlidir.
Albatta, bunda masʼuliyatli vazifa fan öqituvçilariga yuklanadi. Ötilayotgan mavzularning öquvçi qalbiga yetib borişi, fan böyiça nazariyalarning öquvçi ongiga singib, amaliyotda uni qöllay bilişi ham ustozning bilimiga va saʼy-harakatlariga boğliq. Ana şunday, tinimsiz saʼy-harakatlari va egallagan kasbiga bölgan muhabbati samarasi ölaroq, Tursunbay Tagayev 2009-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, mehnat faoliyati davomida taʼlim yönalişida yana bir qança faxriy yorliqlar hamda Şimoli-ğarbiy harbiy okrugning, şuningdek, tuman Mudofaa bölimining bir qator taşakkurnomalariga sazovor böldi. Ha, mehnat insonni uluğlaydi, deganlari bejiz emas.
Yaqindagina qahramonimizning samarali mehnatlari yana bir yuksak eʼtirofga sazovor böldi – “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasining “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali bilan taqdirlandi. Medal soha fidoiylari hamda masʼul rahbarlar iştirokidagi tadbirda tantanali tarzda topşirildi.
Inson hayotida erişgan har qanday yutuğining ortida faqatgina özi emas, balki, unga xayrixoh bölgan, uni har doim qöllab-quvvatlovçi oilasi turadi. Oila esa, odamzod uçun hamişa aziz! Tursunbay Tagayev nafaqat jamiyatda va işda faol şaxs, balki, oilada ham namunali ota, sevikli turmuş örtoq hamdir. Umr yöldoşi Muyassar opa Abdullayeva bilan birga, mana, öttiz yildan ziyod vaqt mobaynida bir yostiqqa boş qöyib, birgalikda 3 öğil, 2 qizni dunyoga keltirdi. Har doim oilasi, farzandlari diydori tomon oşiqadi.
– Öqituvçilikdan taşqari, yana qanday qiziqişlaringiz bor? – degan savolimizga olgan javobimiz Tursunbay akaning yanada köplab oçilmagan qirralarini oçib berganday böldi. Ha, u – ilğor öqituvçi, vatan fidoiysi va şu bilan birgalikda, yaxşi bobodehqon hamda namunali tomorqaçi hamdir.
Işdan böş paytlarida turmuş örtoği va farzandlari bilan birga tomorqasiga alohida mehr beradi. Pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, xullas nimaiki poliz mahsuloti bölsa, Tursunbay akaning tomorqasida yetiştiriladi. Yozda turfa mevalarni özida mujassam etgan boği esa, körgan közni quvnatadi. Dehqonçilikning ilmini olgan qahramonimiz nafaqaga çiqqan bölsalarda, dam olib ötirmasdan, har doim dehqonçilik işlari bilan band. Oila vakillari rözğordan ortgan poliz mahsulotlarini bozorga olib çiqib sotişadi. Va undan yaxşigina daromad ham körişadi. Tursunbay aka ana şunday tinimsiz mehnatlar va öz vaqtida yerga mehr berganligi orqasidan 2023-yilda “Namunali tomorqaçi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
Donolardan biri şunday degan edi: “inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: birinçisi – dunyoga kelgan kuni, ikkinçisi – nima uçun bu dunyoga kelganini anglagan kuni”. Darhaqiqat, dunyoga biz ham kelganmiz, siz ham kelgansiz, yana qança avlodlar kelaveradi... Biz bilan bir qatorda, quş tuxumdan çiqadi, qurt-qumursqalar nasl qoldirib, köpayişadi. Insoniyatning ulkan baxti esa, ongi va idroki orqali umri davomida qilgan va qilayotgan işlarini taftiş qila olişida, ota-onasiga rahmat, oilasiga, vataniga naf keltira olişidadir. Sözimiz söngida oramizda Tursunbay Tagayevga öxşagan, xalqiga nafi tegayotgan insonlar köpayaversin, deymiz.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶