Deputatlar birinçi yarim yillik yakuni böyiça saylovçilarga hisobot bermoqda
2025-yil 25-iyul kuni Amudaryo tumanining Bosuv mahallasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ğulomjon Yeşniyozov hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Yaxşimurod Ahmedovning saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ğulomjon Yeşniyozov 2025-yilning birinçi yarmi davomida Jöqorği Kenges tomonidan amalga oşirilgan işlar, jumladan, qabul qilingan qonunlar va qarorlar haqida, şuningdek, Jöqorği Kenges tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining turmuş şaroitini yaxşilaş, yangi iş örinlarini taşkil qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, yoşlarning bandligini taʼminlaş, xotin-qizlarga eʼtiborni kuçaytiriş, hududlardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar xususida maʼlumot berdi.
Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Yaxşimurod Ahmedov Amudaryo tumanida, xususan Bosuv mahallasi hududida amalga oşirilayotgan quriliş va bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlariga eʼtibor qaratib, Kengaşning joriy yil 1-yarmi davomidagi faoliyatiga töxtalib ötdi.
Yiğilişda Bosuv mahallasida yaşovçi fuqaro Qurbonboy Bobojonov mahalla hududida tibbiyot markazi yöqligini, aholi oddiygina ukol oliş uçun ham markaziy poliklinikaga borişga töğri kelayotganini maʼlum qilib, mahalla markaziga qişloq şifokorlik punkti quriş taklifini bildirdi. Qolaversa, mahalla hududida yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida futbol va voleybol maydonçalarini quriş böyiça taklif berdi.
Fuqaro Latif Hojiboyev mahalla ahliga qulaylik yaratiş, ayniqsa bolalar maktabga borib-kelişida xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida mahalla hududidagi 26-sonli maktabdan Manğit aylanma yöliga çiquvçi yöl böyiga piyodalar yölakçasi quriş taklifini bildirdi.
Deputatlar takliflarni tegişli ijroçilarga yetkazib, kelgusi yillarning dasturlariga kiritiş böyiça çoralar körilişini maʼlum qildi.
Şu kabi uçraşuv tumanning Çoyköl ovulida ham ötkazildi. Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ğulomjon Yeşniyozov hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Saylixon Murodboyevalar saylovçilarga özlarining deputatlik vakolatlari doirasida joriy yilning ötgan 6 oyi davomida amalga oşirgan işlari haqida hisobot berdilar.
Sözga çiqqan mahalla faollari ovulning Madaniyat köçasidagi içki yölga asfalt yotqiziş işlarini davom ettiriş, qolaversa, ovul aholisi va öquvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Manğit-Qipçoq yölining bir tomoniga piyodalar yölakçasini quriş, maktab yonidan ötgan avtomobil yölida harakat köpligini inobatga olgan holda, öquvçilarning va öqituvçilarning yöldan xavfsiz ötişini taʼminlaş maqsadida svetofor örnatiş böyiça takliflar bildirildi.
Takliflar inobatga olinib, tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovi çiqarilişi maʼlum qilindi.
Yiğilişdan keyin Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ğulomjon Yeşniyozov va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining tuman Kengaşi rahbari Yaxşimurod Ahmedov deputatlik nazoratini örnatiş maqsadida Bosuv mahallasi hududiga içimlik suvi tarmoğini yotqiziş işlari bilan yaqindan tanişdi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbarining maxsus qaroriga asosan Osiyo Taraqqiyot banki iştirokida Amudaryo tumanida aholining toza içimlik suvi bilan markazlaşgan holda taʼminlaniş darajasini sezilarli darajada oşiriş maqsadida Ozarbayjon quriliş korxonasi hamkorligida qiymati 29 mln AQŞ dollaridan ortiq bölgan quriliş işlari amalga oşirilmoqda.
Deputatlar quriliş jarayonida smeta hujjatlari va tasdiqlangan sxemalarga qatʼiy rioya qiliş, jamoatçilik nazorati subʼektlari uçun mahallaga kiriş qismiga tegişli tartibda tasdiqlangan xaritalarni va quriliş pasportini joylaştiriş böyiça tavsiyalar berdi.
Şuningdek, deputatlar Çoyköl ovuli hududida qurilayotgan 59-sonli maktabga taşrif buyurib, maktabning qurilişi bilan yaqindan tanişdi. Mazkur maktab binosi yoniga 180 öquvçi örinli qöşimça bino hamda sport zali qurilmoqda. Obʼektning tender qiymati 1 mlrd 832 mln sömni taşkil qiladi.
Xalq vakillari deputatlik nazoratini örnatgan holda quriliş işlarini sifatli va öz vaqtida yakunlaş böyiça tavsiyalar berdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶