«VATAN UÇUN, MILLAT UÇUN, XALQ UÇUN!»
Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi yurtimizning har bir muassasasida kötarinki kayfiyatda keng nişonlanmoqda. Zero, mustaqillik bizga milliy öziga xosligimizni, or-nomus va ğururimizni, milliy qadriyatlar va anʼanalarimiz bilan faxrlaniş hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qolgan va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yozilgan. Şu bilan birga, mustaqilligimiz şarofati bilan biz nafaqat tilimiz, dinimiz, balki davlat ramzlarimizga ham ega böldik.
Barça taʼlim maskanlarida ötkazilayotgan tadbirlar qatorida tumanimizning 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham "Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!" şiori ostida tadbir ötkazilib, "Birinçi qönğiroq" sadolari yangradi.
Bayram tadbirini maktab direktori Dilrabo opa Şerboyeva oçiq deb eʼlon qilgandan söng, maktab deb atalmiş muqaddas dargohga ilk qadamini qöyayotgan jajji bolajonlarning kuy va raqslari barçaning dilini xuşnud etdi. Bayramga tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova taşrif buyurib, bayram iştirokçilariga samimiy tilaklarini yölladi. Ustoz va murabbiylarga ham maşaqqatli, ham şarafli kasblarida sabr, matonat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida 1-“A” sinf öquvçi qizlari ijrosidagi “Yayra, Özbekiston!” deb atalgan ajoyib raqslar bilan davom etdi. 2-“A” sinf öquvçisi Örinboyev Umidjon ijrosidagi “Özbekiston” taronasi tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi. 10-“B” sinf öquvçisi Bozorboyeva Mohinur va 11-“A” sinf öquvçisi Madrahimova Feruza Vatan haqidagi şeʼrlarni ifodali öqidi.
Jajji bolajonlarning ota-onalari ham taşrif buyurib, öqituvçi va ustozlarni bayram munosabati bilan muborakbod etdi. Tadbir söngida maktab rahbari 1-sinf bolajonlariga Prezident sovğalarini taqdim etdi.
Bayram yakunida 1-“A” sinf öquvçilari Rustamova Kumuşoy va Rahimov Sultonbeklar yangi öquv yilidagi birinçi qönğiroqni çalişdi.
Inobat Odilboyeva, 1-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶