12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:56
Jamiyat 👁 430

MATBUOT SOHASINING FIDOYISI

MATBUOT SOHASINING FIDOYISI

EʼTIROF VA EHTIROM

Matbuot sohasi jonkuyarlarining hayoti va faoliyatiga nazar taşlaydigan bölsak, ularning köpçiligi haqiqiy ijodkor sifatida şakllangunlariga qadar imkoni boriça hayotni kengroq örganişga harakat qilganlarining guvohi bölamiz. Bu toifa ijodkorlar haqiqatan ham u yoki bu masalalarga oydinlik kiritişda yoxud muammoli masalalarni hal etişda qiyinçiliklarga duç kelişmaydi, ijodiy işlarining har bir sahifasida hayot haqiqatlari aks etib turadi.

Taʼbir joiz bölsa, köplab yoşlarning sevimli ustozi, "Şuhrat" medali sohibi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Allambergan Jumaniyozov ana şunday jurnalistlar toifasidan. Otaxon jurnalist özining işçanligi, haqiqatparvarligi, taşabbuskorligi bilan ibratga munosib ijodiy tajriba maktabini yaratgan, qoraqalpoğistonlik jurnalistlarga hamişa namuna bölib kelgan inson sifatida qadrlanadi.

Allambergan Jumaniyozov ayni paytda 75 yoşga töldilar. Öz hayotini xalqqa maʼnaviyat ulaşişdek sermaşaqqat va şarafli kasb — jurnalistika sohasiga bağişlagan otaxon jurnalist hamişa xalqqa intilib, ularning taşviş va muammolariga yelka tutib yaşadi va ana şu fazilati uning hayot mazmuniga aylangan.

HAYoT TAJRIBASI VA IJOD YÖLI

Ilk mehnat faoliyatini 1966-yilda Xorazm viloyati 167-quriliş trestida oddiy işçi bölib işlaşdan boşlagan Allambergan Jumaniyozov to haqiqiy ijodkor sifatida şakllangunga qadar turli vazifalarda işladi: elektromontyor, sobiq ittifoq armiyasi safida oddiy askar, harbiy xizmatdan söng aloqa bölimi boşliği, teploxodda işçi-matros, hatto paxta teriş maşinasi mexanizatori kabi kasblarni mukammal egallaş bilan birga hayotni, turfa xulq-atvorli insonlarni puxta örgandi. Bularning barçasi unga jurnalist sifatida ijodiy faoliyatini boşlaganida hayotiy tajriba sifatida qöl keldi.

Ustoz jurnalist Toşkent Davlat (hozirgi Özbekiston Milliy) Universitetini jurnalist ixtisosi böyiça muvaffaqiyatli tamomlab, 1975-1984-yillarda Amudaryo tumani "Amudaryo haqiqati" gazetasi tahririyatida muxbir, masʼul kotib, muharrir örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1984-yildan 1995-yilgaça Amudaryo tumani partiya qömitasida konsultant, bölim mudiri örinbosari, Xalq deputatlari A. Temur nomli ovul Kengaşi ijroiya qömitasi raisining örinbosari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi ijroiya qömitasi raisi örinbosari, tuman Kengaşi ijroiya qömitasi taşkiliy bölim mudiri, Amudaryo tuman hokimligi taşkiliy bölim mudiri kabi masʼuliyatli vazifalarda işlab, xalqqa halol va sidqidildan xizmat qildi. U qayerda, qaysi lavozimda işlaşidan qatʼi nazar, özining sevimli maşğuloti — ijod qilişdan aslo töxtamadi.

U 1995-yilda tamoman yangi davr va yangi şaroitda ijod maydoniga qaytdi. Bozor iqtisodiyotiga ötiş davrining öziga xos sinovlari matbuot sohasiga ham öz muhrini bosgan bir davrda u tuman gazetasi muharrirligini qabul qilib oldi.

Tahririyat ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda, qolaversa, tuman hokimligining qöllab-quvvatlovi bilan gazeta obunaçilarini köpaytiriş, tahririyatda pullik xizmat körsatişni yölga qöyiş çoralari körildi. Natijada tahririyat 1996-2005-yillarda gazetaning poligrafik ijrosi va adadi, obunaçilarining geografik qamrovi kengligi jihatidan Qoraqalpoğiston miqyosida ilğorlar safidan joy oldi. 2001-yilda Respublika Jöqorği Kengesining matbuot sohasiga bağişlangan maxsus majlisida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi eng sifatli va eng namunali tuman gazetasi deb eʼtirof etildi.

TADBIRKOR JURNALIST VA MUNOSIB EʼTIROF

Öz kasbiy faoliyatiga bölgan mehr va yangiliklarga intiliş hissi Allambergan Jumaniyozovni matbuot sohasining tadbirkori sifatida şakllantirdi. U 1998-yilda Özbekistonda birinçi bölib Amudaryo tuman xotin-qizlar qömitasining naşri — "Sadoqat gulşani" gazetasiga asos soldi.

1999-yilda mamlakatimiz mustaqilligining 8 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanida ötkaziladigan seminar-kengaşiga bağişlab "Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani" deb nomlangan rang-tasvirli suratli albomni çop qildirdi. Tadbirkor jurnalist 2003-2005-yillarda Manğit paxta tozalaş zavodi — "Yulduz" hissadorlik jamiyatining "Hamroz" adabiy-badiiy, ijtimoiy va tarjima gazetasini taşkil etib, Qoraqalpoğiston Respublikasining yettita tuman va şaharlariga obuna yöli bilan tarqatişga erişdi.

Allambergan Jumaniyozov nafaqaga çiqqaç ham ijoddan köngil uzib ketmadi. U 2011-yildan 2020-yilga qadar "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatida masʼul kotib, maxsus muxbir lavozimlarida faoliyat olib bordi. Keyinçalik 2021-2023-yillarda tumandagi 56-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi vazifasida işlab, maktab öquvçilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, ona Vatanga muhabbat, mustaqillik ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşga munosib hissa qöşdi.

Otaxon jurnalist Allambergan Jumaniyozov hamon tetik, bardam va baquvvat. Ayni paytda Boy ovul MFY raisining nuroniylar masalalari böyiça maslahatçisi sifatida deyarli har kuni xalq orasida. Şu bilan birga, özi uçun qadrdon bölib qolgan "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatida ham tez-tez bölib, ijodiy jamoaga, şogirdlariga qimmatli maslahatlar berib, yangi ğoyalar sari ruhlantirib turişdan aslo çarçamaydilar.

Tinib-tinçimas fidoyi ustoz, "Şuhrat" medali sohibi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Allambergan Jumaniyozovning el-yurt farovonligi, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, ösib kelayotgan yoş avlod ongida kelajakka işonç, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, istiqlol ğoyalariga sadoqat tuyğularini singdiriş borasidagi samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etildi. Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan otaxon jurnalist 1-Darajali "Mehnat faxriysi" kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Biz otaxon jurnalist, köplab yoşlarning sevimli ustozi Allambergan ota Jumaniyozovni, avvalo umrining qutluğ 75 yillik dovoni bilan hamda 1-Darajali "Mehnat faxriysi" kökrak nişoni bilan çin dildan muborakbod etamiz. Yana uzoq yillar ijod maydonida dadil odimlab, şogirdlar bilan birgalikda qalam tebratiş nasib etsin, hamişa xalq nazarida yaşab, nevara-çevaralarning kamolini köriş baxtiga muşarraf böling, deymiz.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026