INFORMATIKA FANINING BILIMDONI
Insonning şaxs sifatida şakllanişida u ösib-ulğaygan oila muhitining örni muhim ahamiyatga ega. Amudaryo tumanining Bosuv mahallasida, ziyoli oilada tuğilib-ösgan Jamşid Rajabov feʼlidagi jamiki gözal fazilatlarning barçasi, eng avvalo, ota-onasidan, qolaversa, tinç va osuda oila muhitidan “yuqqan”.
Oilada 3 nafar farzandning kattasi bölgan Jamşid bolaligidan qatʼiyatli, atrofidagilarga mehribon, ilmga intiluvçan bölib ösdi. Maktabda aʼloçi öquvçi, oilada ukasi va singlisiga mehribon, ota-onasiga yaqin yordamçi bölgan qahramonimizga “yaxşi bola” deb taʼrif berişganlarida, mahalladoşlari albatta, ota-onasini tilga olişadi: “otaga qarab öğil, onaga qarab qiz ulğayadi, ota-onasi yaxşi odamlar-da” deya havas qilişadi.
TALABALIKDAN USTOZLIKKA
Bosuv mahallasidagi 26-sonli maktabda informatika fani öqituvçisi bölib işlovçi Akbarali Şomurodov hamda uşbu maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Gulsevar Kamolovalarning tönğiç farzandi bölgan Jamşid hali 1-sinfga qadam qöymasidan oldin dadasi bilan oila davrasidagi suhbatlar orqali informatika fanining möʼjizaviy olami haqidagi ilk tasavvurga ega böldi. U ulğaygan sari ana şu tasavvurlar qalbida bu fanga nisbatan mehr va iştiyoq uyğotdi va butun vujudi bilan informatika olamining möʼjizalari içida yaşay boşladi.
Umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatgan Jamşid Rajabov Qoraqalpoq Davlat Universitetining amaliy matematika fakultetiga öqişga kirdi.
Intiluvçan va tirişqoq, öz ustida işlaşdan, öqib-izlanişdan aslo çarçamaydigan Jamşid Universitet ilmiy pedagogika jamoasining eʼtiboriga tuşdi. U talabalik davridayoq özi tanlagan yönaliş böyiça 2022-2023-yillarda, bir vaqtning özida ham öqib, ham Universitetning Algoritmlaş va dasturlaş texnologiyalari kafedrasi kabinet boşliği vazifasida faoliyat olib bordi. Mazkur kabinet rahbari sifatida tengdoş talabalarga algoritmlaş va dasturlaş texnologiyalari böyiça amaliy maşğulotlar ötkazdi. 2024-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan Jamşid Rajabov bilimini boyitiş, özi tanlagan yönaliş böyiça joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, yangi ğoyalardan xabardorligini oşiriş maqsadida bakalavriat tahsilidan söng 2024-yilda Universitetning Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti mutaxassisligi böyiça magistraturaga öqişga kirdi.
YuTUQLAR VA MUVAFFAQIYaTLAR
Ayni paytda Jamşid Rajabov magistratura tahsili bilan birga Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 26-sonli maktabda öquvçilarga informatika fanidan saboq berib kelmoqda. U bir vaqtning özida Qoraqalpoq Davlat Universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasida amaliyotçi-öqituvçi sifatida ham faoliyat olib bormoqda.
Qaysi sohada bölmasin, öz kasbining fidoyisi, bilimdoni bölgan insonlar hamişa qadrlanadi. Jamşid Rajabov ham yoş bölişiga qaramasdan öz faoliyat yönalişi böyiça nafaqat 26-sonli maktab jamoasi, balki Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi taʼlim-tarbiya muassasalari pedagogika jamoalarining hurmat va eʼtiborini qozongan bilimdon, izlanuvçan öqituvçi sifatida eʼtirof etiladi. Boisi, özining pedagogik faoliyatini boşlaganiga endi ikki yil bölgan yoş mutaxassis qisqa fursat içida, 2024-yilgi kuzgi attestatsiya natijalariga köra 2-toifali, 2025-yilgi bahorgi attestatsiyada esa 1-toifali öqituvçi maqomiga erişdi. 2024-yilda ingliz tilidan B2 darajadagi, 2025-yilda esa informatika fani böyiça xalqaro darajadagi sertifikatlar sohibi böldi.
HURMAT VA EHTIROM
Jamşid Rajabov amaliyotçi-öqituvçi sifatida Qoraqalpoq Davlat Universiteti ilmiy jamoatçiligi tomonidan alohida eʼtibor va eʼtirofga sazovor bölgan bilimdon mutaxassislardan. Uning saʼy-harakatlari bilan Universitetning bitiruvçi bosqiç talabalaridan iborat jamoa informatika va axborot texnologiyalari yönalişida bitiruvçi talaba-yoşlar örtasida ötkazilgan olimpiadada faol iştirok etişib, Qoraqalpoğistonda faxrli 1-örinni, Olimpiadaning Özbekiston Respublikasi bosqiçida 5-örinni egalladilar.
Yaqinda Jamşid Rajabov şaxsiy yutuqlari haqidagi yon daftarçasiga yana bir muvaffaqiyatini qayd etib qöydi: informatika va axborot texnologiyalari fanidan öqituvçilar örtasida ötkazilgan olimpiadada tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida 1-örinni egallab, mazkur olimpiadaning Özbekiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi.
Oramizda öz kasbining fidoyilari juda köp. Ularning barçasiga qalbimda çeksiz hurmat va ehtirom saqlagan holda öz hayotini taʼlim-tarbiya sohasining barqaror rivoji, yoş avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, istiqlol ğoyalariga sadoqat, vatanparvar va xalqparvar, bilimdon insonlar qilib tarbiyalaşdek nihoyatda masʼuliyatli va şarafli işga bağişlagan, qalblarini kelajakka daxldorlik tuyğusi bilan ziynatlagan Jamşid Rajabov va u kabi fidoyi öqituvçi va murabbiylarga çin dildan taʼzim qilaman. Zotan,
Ulardir hayotning çin meʼmorlari,
Feʼlimiz keng qilgan, tilimiz şirin.
Parvozga şaylagan loçin-sorlari,
Obod etayotir Ona Yurt bağrin!
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶