AFSONA TILIM
Birlaşgan millatlar taşkilotining
Yuksak minbaridan yangragan tilim.
Hurriyat—Istiqlol mamlakatining
Uluğ maqsadlarin şarhlagan tilim!
Iftixor hissini tuyaman şodon,
Moziylar sadosin tinglagan onim:
Turkiyda yakqalam muqaddas Turon—
Allalar sehriga singgan öronim!
Buyuk afsona bor toşbitiklarda,
Örxun Yenasaydan boşlangan ilm.
Mahmud Qoşğariyning bitiklarida
Qaddi tik, qadri ham uluğvor tilim!
“Devonu luğotit turk”ning mağzini,
Qay millat anglabdi, hayratga doxil.
“Qutadğu bilig”dan topgay özini,
Yusuf Xos Hojibni tinglagan oqil.
Moziydan to bugun ölmagan meros—
“Hibatul haqoyiq” öqigan zakiy.
Avlodlar qalbida uyğotib ixlos,
Hamon taʼlim berar Ahmad Yugnakiy!
Yassaviy tasavvuf olami aro,
Hikmatlar devonin tuzdi, ilohiy.
Jamlanib kelganda ahli şuaro,
Turkiy nazm içra tojdor Navoiy!
Bori qudratim-u tafakkurim ham
Navoiy bergan dars—inja taʼlimdir.
Saodat, zakovat baxş etgan rutbam—
U “Muhokamat ul luğotayn”dir!
Lutfiy-yu Atoiy, Ogahiy bilan
Muhabbat qasrini qurganimiz rost.
Oşiqlar vasl-u işq ötida yongan
Oniy lahzalarga umrimiz payvast.
Elim deb, tilim deb, qaddi bukilib,
Behbudiy, Çölponlar, Fitratlar ötdi.
Hur söz deb, şoh Bobur tutday tökilib,
Mardona Sidqiy-yu Ibratlar ötdi.
Alarni öylasam,kuyib ketaman,
Har satri qalbimda suyuklarimdir.
Vatan, til mehrini joniga ekkan,
Oydinlarim—mangu buyuklarimdir!
Ona tilim, desam, bugun ruhi şod,
Juvonmarg ketganlar boşin kötarar.
“Vosita, robita tildir” deb, hayhot,
Davralar törida ul Avaz Ötar!
Özbekiston! Noming yurakka ekdim,
Jarangi dunyoni tutgan til bilan.
Turkiy söz qudratin tabarruk etdim,
Onajon tilimga sodiq dil bilan.
Yuksak minbarlarda mardona tilim —
Millatim közgusi—afsona tilim!
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶