QOZOQ ADABIYoTINING YoRUĞ YuLDUZI
Bizning 45-sonli umumiy örta taʼlim maktabimizda özbek millatiga mansub öquvçilar uçun özbek sinflar bilan bir qatorda qozoq millatiga mansub öquvçilar uçun qozoq sinflari ham mavjud. Qozoq abadiyotini çuqur örganiş maqsadida maktabimizning qozoq sinflarida qozoq adabiyotining yoruğ yulduzi bölgan Abay Qunonboyevning hayoti va ijodiga bağişlab keça ötkazildi. Keçaga barça maktab öquvçilari taklif etildi. Özbek sinflari öquvçilari uşbu tadbir tufayli köp maʼlumotlarga ega bölişdi. Keçada Abayning hayoti va ijodi haqida aytildi. Şoirning bir-biridan mazmunli şeʼrlari yangradi. Şuni ham taʼkidlab ötiş joizki, buyuk qozoq şoiri Abay Qunonboyev hikmatli sözlar ustasi bölgan. Şoir öz şeʼrlarida yoşlarga axloqiy jihatdan köpgina saboq bergan. U şeʼrlari orqali bolalarga öz vaqtida taʼlim olişni, hayotda adaşmaslikni, oq va qorani, yaxşi va yomonni ajrata olişni nasihat etgan. Abay hikmatlarga töla şeʼrlar bilan bir qatorda poemalar ham yozib qoldirgan. Keça barça öquvçilar qalbida millatlararo totuvlik hamda Abay ijodiga çeksiz ehtirom va hurmat hissini uyğotdi.
Gulzira AYTBOYeVA,
45-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 9-sinf öquvçisi.
(Foto - http://altaynews.kz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶