29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 17:12
Siyosat 👁 2,652

TAQDIRIMIZGA DAXLDOR JARAYoN

TAQDIRIMIZGA  DAXLDOR JARAYoN

Bugungi kunda fuqarolar yigʻinlari aholining mahalliy ahamiyatga molik masalalarini hal etuvchi, xalq ommasini davlat, hokimiyat idoralari bilan bogʻlab turuvchi organga aylandi. Yurtimizning barqaror rivojlanishi, ertasini belgilashda fuqarolar yigʻinlari raislari va uning maslahatchilari saylovi katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga muvofiq shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari, oʻzini oʻzi boshqarish organi boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga raisni va uning maslahatchilarini saylaydi.

Ushbu qoidaga asosan joriy yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi oʻtkazilmoqda. Shu kungacha saylovga doir asosiy vazifalar, munosib nomzodlarni koʻrsatishning ahamiyati, ijtimoiy-siyosiy jarayonni oʻtkazish tartibi va ularning yakunlarini eʼlon qilish, buni ommaviy axborot vositalarida yoritish kabi masalalar yuzasidan bir necha marta seminarlar, yigʻilishlar oʻtkazildi. Ishchi guruhlar aʼzolari oʻz vazifalarini batafsil tushunib yetdilar.

"Yangiobod” mahallasida aholi soni 3346 nafarni tashkil etsa, shundan 2221 nafari saylash huquqiga ega. "Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, fuqarolarning umumiy yigʻilishlarida 2221 nafar saylovchi tomonidan saylangan 62 nafar vakillar fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi. Albatta, mahallamiz aholisining bu vakillari munosib nomzodni saylash - hududning ijtimoiy rivojida nechogʻli muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi tushunadilar.

"Yangiobod” mahallasida 2016-yil 21-may kuni oʻtkaziladigan kelajakka daxldor jarayonda har bir vakil oʻz shaxsiy fikriga tayangan holda, oʻziga maʼqul nomzodga ovoz beradi. Ular boy hayotiy tajribaga ega, koʻpchilikni ortidan ergashtira oladigan, tadbirkor va fidoyi insonlarning mahallaga raislik qilishi shu hududning rivojlanishi, turmush tarzining yanada yaxshilanishi omillaridan biri ekanligini chuqur anglaydilar.

Biz kim boʻlishimizdan qatʼiy nazar, mahallada yashaymiz. Yaxshi-yomon kunimiz ham mahalla-koʻy, qoʻni-qoʻshni bilan oʻtadi, albatta. Shunday ekan, mahalla hayotiga befarq qaramay, saylovlarning taqdirimizga bevosita daxldor jarayon ekanini his qilishimiz shart.

Xulosa qilib aytganda, boʻlajak saylovlarda eng munosib nomzodlarning fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari sifatida saylanishi yurtimiz tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

 

Muqaddas BEKNAZAROVA,

"Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi raisi, 40-sonli maktab direktori oʻrinbosari.

(Foto - http://mahallagzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026