DOIMIY KOMISSIYaNING NAVBATDAGI YIGʻILIShI
4-iyun kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2016-yilga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktyabrdagi "Toʻy-hashamlar va marosimlarni, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisida’’gi Farmonining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida”gi masala koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Shirin Yangiboyeva kun tartibidagi masala ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.
Doimiy komissiya yigʻilishida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi Rustam Roʻzmetov, "Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayevlar soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoni asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar.
Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶