YoŞ SPORTÇILAR YuTUFI
Öquvçilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli taşkil etiş, böş vaqtlarida foydali maşğulotlarga jalb etiş va öquvçi-yoşlar orasida sportning ommaviyligiga erişiş maqsadida har yili yoz mavsumida turli sport musobaqalari ötkaziladi. "Yoz - 2016”sport musobaqalari ham şular sirasidandir.
Bu yil "Yoz - 2016” sport musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi 5-13-avgust kunlari oraliğida qizğin kuraşlar ostida bölib ötdi.
Musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy va final bosqiçida tumanimizdan jami 81 nafar yoş sportçilar futbol, voleybol, basketbol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, badiiy gimnastika, şaxmat böyiça qatnaşib, özlarining iqtidorlarini namoyiş etdilar.
Tumanimiz vakillari Nukus şahrida 6-avgust kuni bölib ötgan hududiy bosqiçda futbol, voleybol böyiça birinçi, voleybolçi qizlar jamoasi ikkinçi, basketbolçi ösmirlar va qizlar jamoasi uçinçi, gandbol böyiça ösmirlar va qizlar jamoasi ikkinçi örinlarni egallagan edilar.
12-avgust kuni bölib ötgan mazkur musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçida tumanimizning futbol jamoasi ikkinçi, voleybolçi ösmirlar jamoasi birinçi örinni egalladi.
Şuningdek, şaxmat turidan 56-sonli maktab öquvçisi Saidbek Qadamboyev birinçi, 40-sonli maktab öquvçisi Sadoqat Rahimova uçinçi örinni yengib oldi va tumanimiz yoş şaxmatçilari jamoaviy hisobda birinçi örinni zabt etdi.
Musobaqaning stol tennisi turidan 16-sonli maktab öquvçisi Jamşidbek Yusufboyev ikkinçi, 16-sonli maktab öquvçisi Farida Sobirova ikkinçi örinni egalladi.
Yoş sportçilarimizning uşbu nufuzli musobaqadagi ğalabalari barçamizni quvontirdi.
Ğulomjon Qurbonboyev,
TXTMFMTTE bölimi uslubçisi.
(Foto - http://adolat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶