PILLA XIRMONI YuKSALDI
demak, daromad ham möl böladi
Peşqadamlik va mehnatsevarlik biz pillakorlarga xos xususiyat bölib, bir oylik ipak qurti boqiş mavsumida bu xususiyatlar töla namoyon böladi hamda özining samarali natijalarini möl pilla xirmonlarida körsatadi. Har yili barvaqt ipak qurtlarini parvarişlaşga kirişib, möl hosil olişga odatlangan 215 ta fermer xöjaliklaridagi 3564 nafar pillakorlarimiz bu yilgi mavsumda 4167 quti mahalliylaşgan ipak qurtlarini ilğor tajribalar asosida parvarişlab, möl pilla hosili yetiştirişga muvaffaq böldilar va 243,5 tonnadan ziyod aʼlo navli pilla hosilini yetkazib berdilar. Bu bilan usta pillakorlarimiz mamlakatimiz boyligiga boylik qöşib, içki bozorimizni qimmatbaho sanoat xom aşyosi bilan taʼminlaşga munosib hissa qöşdilar.
Möl pilla hosilini ipak qurtlarining mustahkam ozuqa bazasisiz tasavvur qiliş qiyin, albatta. Tumanimiz böyiça 1039 gektar tutzorlar va qatorlab ekilgan 772 ming tup tut daraxtlari har yili yaxşigina barg hosili berib kelmoqda. Ozuqa bazamizni yanada mustahkamlaş maqsadida bu yil erta bahorda 71 mingdan ziyod tut köçatlarini ekdik. Şu bilan birga Xitoydan möl barg hosili beradigan 186 ming tup tut köçatlarini keltirib, "Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligida 9 gektarga, "Tölqin” va "Oq oltin” ovullarining har birida uç gektardan tut plantatsiya qilib ekildi. Bular albatta, yana bir neça yildan keyin özining samarali natijalarini beradi.
May oyi pillakorlarimiz uçun eng qizğin iş fasli böldi. Pillakorlarimiz kunni tunga ulab, ipak qurti boqiş bilan maşğul böldilar. Şunday qizğin iş kunlarida "Manğit pilla” MÇJning boş pillaxonasini va Xitoy qişloğidagi pilla hosilini qabul qiliş va saqlaş şoxobçasini taʼmirlaş işlari sifatli nihoyasiga yetkazildi. Bu yil pilla hosilini qabul qiliş va saqlaş işlari ikki joyda – Manğit şahridagi boş pillaxonada va Xitoy pillaxonasida taşkil etildi. Pillakorlarimizning roppa-rosa bir oylik fidokorona mehnatlaridan keyin, yaʼni 23-24-may kunlaridan boşlab dastlabki pilla hosilini qabul qilişga kirişildi. Birinçilardan bölib "Tölqin” ovulidagi ilğor pillakor Gulzira Abdullayeva bir quti ipak qurtidan 65 kilogramm örniga 90 kilogrammdan ortiq, "Örta qalʼa” ovulidagi Zaripboy Yusupov va Xosiyat Pirnazarovalarning har biri bir quti ipak qurtidan 80 kilogarmmdan, "Xolimbeg” ovulidan Salomat Boltaboyeva bir qutidan 91 kilogramm, "Qiliçboy” ovulidan Rohatoy Qurbonboyeva bir qutidan 75 kilogramm yuqori navli pilla hosilini topşirib, yillik şartnomaviy rejalarini 120-140 foizga ado etdilar va mavsum xirmonini boşlab berdilar. Möl pilla xirmonlarini bunyod etişda "Tölqin”, "Çoyköl”, Bobur nomli "Oq oltin” va "Xolimbeg” ovullari pillakorlari peşqadamlik qildilar. "Qiliçboy”, "Örta qalʼa”, "Qipçoq”, "Kuyuk köpir” va "Dörman” ovullari pillakorlari ham tumanimizning bugungi sarbaland pilla xirmonlariga özlarining salmoqli hissalarini qöşdilar.
Boş pillaxonamizda pilla hosilini qabul qiliş bilan barobar pilla hosilini dastlabki texnologik işlov berişdan ötkaziş işlari ham peşma-peş amalga oşirilmoqda. Işlov berilgan pilla xom aşyosi özining konditsion meʼyoriga kelgaç, yaʼni, standart darajasida quritilgaç, özimizdagi "Asia Silk” Vetnam şöʼba korxonasiga jönatiladi va u yerda texnologik işlov berilib, xom ipak mahsuloti işlab çiqariladi. Bu mahsulotlar esa buyurtmaçi sanoat korxonalariga jönatiladi.
Davlatboy XÖJAQOV,
"Manğit pilla” MÇJ raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶