12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:42
Adabiyot 👁 2,771

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

TILLO HANGOMASI

Bitta dehqon boboning

Uçta öğli bor ekan.

Kun böyi işlamayin,

Keçda ovqat, non yerkan.

Şu zaylda oy emas,

Hatto yillar ötibdi.

Insofga kelişlarin

Dehqon rosa kutibdi.

Bora-bora keksayib,

Kasal bölib qolibdi.

Işlaşga mador yetmay,

Yotib orom olibdi.

Dardi esa kuçayib

Boravergan tobora.

Man-man degan tabib ham

Topolmabdi heç çora.

Ketmoğini bilib çol

Öğillarin çorlabdi:

"Mendan rizo böling”, – deb

Rosa öksib, yiğlabdi:

- Sizlarga bildirmasdan

Tillo kömganman yerga.

Men olamdan ötgan söng

Izlab topinglar birga...

Şu gapni aytib dehqon,

Abad yumibdi közin.

Uni dafn etişib,

Esga olibdi sözin.

Yerni  bir bor ağdarib,

Topişmagaç tilloni.

Bahorda buğdoy ekib,

Kötarişgan xirmonni.

Kuzda yerni ikki bor

Çuqur ağdarişibdi.

Xazinani topolmay,

Yana aldanişibdi.

Ikkinçi yiğilgan don

Toğdek xirmon bölibdi.

Aka-ukalar köngli

Quvonçlarga tölibdi.

Tillo topmoq umidi

Hali-veri sönmabdi.

 

Akaning aytganiga

Ukalari könmabdi.

Uçinçi yil kuz çoği

Kirişibdilar işga.

Çarçaşib yetibdilar

Orom beruvçi qişga.

Uçinçi yil hosili

Tağin ham möl bölibdi.

Yer, mehnat ehsonidan

Kemtik dillar tölibdi.

- Otamiz kömgan tillo

Sirli hikmat gap ekan.

Boylik hamda rohatni

Mehnat-u yerda, degan.

Uç yil ötib angladik

Ota sözi sehrini.

Tillo bahonasida

Yuqtiribdi mehrini.

Mehnatini qilganga

Xazinakan yerimiz.

Erinmaylik tökmoqqa

Peşonadan terimiz.

"Mehnatning tagi rohat”,

Deganiça bor ekan.

Dangasa bölmaganga

Baxt-u omad yor ekan.

Joyi jannatda bölsin

Otamizning har onda.

Nasihati tufayli

Töyib yuribmiz nonga, -

Deb kenjatoy uqqanin

Akalarga aytibdi.

Dehqon aytgan sirli gap

Tillo bölib qaytibdi.

***

Eşitgan ertagimni

Şeʼr-la hikoya etdim.

Rivoyat maʼnosiga

Men ham keçikib yetdim.

Bolalar buni öqib,

Yer qadrini bilişsin.

Albatta quloğiga

Sirğa misol ilişsin.

Saʼdulla XÖJANIYoZOV.

 

ONAJON

Mehringiz qömsayman hozir ham,

Yöqligingiz qiladi alam.

Hamma bor-u, bir özingiz kam,

Men sizni soğindim, Onajon!

 

Töydan kelganda yarim tun,

Ostonada kutib butun.

Fiğonimdan çiqsa tutun,

Keldingmi, derdingiz, Onajon.

 

Uxlang, meni kutmang, desam,

Mening-çun ğam yutmang, desam.

Aslo bunday qilmang desam,

"Bolam-a”, – derdingiz, Onajon!

 

Tegirmon keldi aylanib,

Qoldim boboga aylanib.

Ostonada men boylanib,

Özim qoldim-ku, Onajon!

 

Farzandlarim "Bolam”, - deydi,

Öz bolasin ğamin yeydi.

Bolalari menday "daydi”,

Ular ham kutar, Onajon!

 

Zamon şunday zamon ekan,

Kimlargadir armon ekan.

Kutiş Haqdan farmon ekan,

Sizni tuşundim, Onajon!

Farhod Avezov, "Jayxun

ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

QOĞOZ QORALAB

Men nima yozyapman, bilmay boraman,

Şunçaki yurgandek koğoz qoralab.

Nimadan ne maʼni közlaydi közim,

Daftarga nimani sözlaydi sözim?

 

Tartibga tayanmas topgan qalamim,

Boladan farqi yöq borim, hali ham.

Boğlardan zavq tuyib olaman hordiq,

Şoxlarni öynayman bağrimga tortib.

 

Misralar tökilib daftarga tuşar,

Xayolim qöl yetmas qofiyalar quçar.

Tengdoşlar kularlar şeʼrimdan rosa,

Söng qöşib qöyarlar: "Qoyilmiz, yaşa!"

 

Menga şul kerakdir, boşqa gap emas,

Özga söz bekordir, aslo naf emas.

Qaddim dol bölgani aslo çöt emas,

Qalbim toğ, ibrati yoşlarga - havas...

Jumaboy HIDOYaTOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

 

Adabiyot...

Adabiyot, maddoh qul emas,

Sadoqatli voris bölaman.

Sahrolaring kezgança bir kun,

Yuragingda mangu qolaman.

 

Hayot imkon abadiyatning,

Bu oçunning afsunlari köp.

Sinovlari, söroği muşkul,

Yaxşi-yomon fusunlari köp.

 

Asrab ötgin umr dovonida,

Tuyğularim nuri sönmasin.

Yuragimga berma halovat,

Beğamlikka dunyo könmasin.

 

Adabiyot, maddoh qul emas,

Sadoqatli voris bölaman...

 

Şahzod Anvar öğli,

Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.

 

Tinçlik

Bu köngil baxtdan sarmast,

Tinç va farovon hayot.

Qalblarda havas, hayrat -

Istiqlolim bergan baxt.

 

Quyoş zarrin nur soçar,

Yurtimning har yoğiga.

Qişloqlar çiroy oçar,

Şukur, tinçlik çoğiga.

 

Şukronalik yaxşidir,

Tinçlik noni totlidir.

Öğil-qizlar şod-quvnoq,

Xalqimiz mangu inoq.

Maftuna TÖLIBOYeVA.

 

MANĞITIM

Eng gözal gullardan boğ bölgan ölka,

Quşlari xas-çöpdan in qurgan ölka.

Tengsiz taʼriflarga teng bölgan ölka,

Bu – mening ölkamdir, mening Manğitim.

 

Tarixi boy, çeksiz, ummon bölgan xalq,

Farzandlari dunyoga doston bölgan xalq.

Iffati-ğururi osmon bölgan xalq,

Bu mening xalqimdir, mening Manğitim.

 

Tinçligi tillarda qöşiq bölgan yurt,

Baxtiga özgalar oşiq bölgan yurt.

Uruş, janjallarga tösiq bölgan yurt,

Bu mening yurtimdir, mening Manğitim.

Mohinur NORBOYeVA.

 

DÖSTLARIMGA

Tilagim, orzuing amalga oşsin,

Armon dunyosidan mudom yiroq böl.

Şunday baxtli etsin seni xudoyim,

Döstim, işonçlarim aro mangu qol.

 

Yillar ötib soçingga oq tuşsa ham,

Örtada sadoqat aslo sönmasin.

Vatanda ardoqli aziz inson böl,

Döstlaring sendan heç qölin uzmasin.

 

Madina, Dildora, Guli – döstlarim,

Ilmda, hayotda bölingiz ilğor.

Qalb törida asrab mehr gavharin,

Döstlikni asrangiz, asrangiz ming bor.

Gulruh EŞIMMATOVA.

 

ONA TILIM

Ona tilim jonimdir,

Özing tanda qonimdir.

Şeʼrimda şirin ohang,

Berar dillarga jarang.

 

Onam köp alla aytar,

Dadam suyib erkalar.

Bobom, buvim aytgan söz,

Hayotdagi hikmatlar.

 

Köngillarga xuş yoqar,

Madhiyamda baxt balqar.

Özbekona sözimga,

Dunyo havas-la boqar.

 

Yorqinoy KENJABOYeVA.

 

JONIM SENGA FIDO, ÖZBEKISTONIM

Gözallikda tengi yöq koşonam özing,

Quvonç-u şodlikka boy töyxonam özing.

Samolarni quçmiş yoruğ yulduzing,

Bu olamni quyoşdek yoritar yuzing.

Gözal va betakrorim, muqaddas Vatan,

Jonim senga fido, hur Özbekiston!

 

Yuksaklarda yangramoqda Vatan madhi,

Öğlonlaring qasam bilan aytgan ahdi.

Har göşada bunyoddir Istiqlol taxti,

Bundan ortiq bölgaymi özbekning baxti.

Gözal va betakrorim, muqaddas Vatan,

Jonim senga fido, hur Özbekiston!

 

Bu muqaddas zamin içra ozod elsan,

Dunyo uzra porlab turgan ajib dursan.

Taraqqiyot yölida eng baland özing,

Ey Vatanim, heç sönmasin ERK yulduzing.

Gözal va betakrorim, muqaddas Vatan,

Jonim senga fido, hur Özbekiston!

 

Dildora RAJABOVA.

 

Onamga

Hayotingning mazmuni kim, desalar,

Yuragimga aziz zotni sörsalar,

Onam derman, avvalo, söz boşinda,

Qayğuim yöq, çunki onam qoşimda.

 

Ne savdolar bölmas hayot, oçunda,

Körgiliklar solsa ğanim boşimga,

Ğanimlarim oyoğimdan çalganda,

Qayğuim yöq, çunki onam qoşimda.

 

Könglim ezib, parçalaşsin, tilişsin,

Mayli, ğiybat qilsin, mayli kulişsin,

Meni heç kim yengolmaydi, bilişsin,

Qayğuim yöq, çunki onam qoşimda.

 

Siz durlarning durdonasi, onajon,

Tenglaşolmas aslo sizga bu jahon.

Keçiring, gar xato qilsam men nodon,

Baxtimizga doim böling soğ-omon.

 

Siz borsizki, sinmas heç bardoşim-da,

Qayğuim yöq, çunki siz bor qoşimda.

 

Kumuş JUMANOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026