IMKONIYaTLARDAN UNUMLI FOYDALANAYaPMIZ
Bir vaqtlar qörasida ikkidan ziyod moli bor oilalarning daromad manbalari tekşirilib, iloji boriça ularning yuziga qora çaplanardi. Xususiy mulk egalari xalq duşmani deya baholanardi. Sobiq ittifoq davridagi bu köz qaraş xalqimizning ijodkorlik qobiliyatini böğib, farovonlikka intilişiga tösiq bölib turardi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgaç, butunlay yangi soha – kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yöl oçildi, tadbirkorlik tökin va farovon hayotning, mamlakat taraqqiyotining asosiy omillaridan biriga aylandi.
Tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, men ham 2007-yilda quriliş mollari işlab çiqaruvçi "Arslonbek-Asilbek” masʼuliyati çeklangan jamiyatini taşkil etdim.
Hozirgi kungaça tseximizda quriliş uçun ruberoit işlab çiqarayapmiz. Bizning tseximizda uşbu mahsulotni işlab çiqariş yölga qöyilganligi sababli mazkur mahsulot narxi tumanimizda keskin pasaydi.
Mahsulotga ehtiyoj köpligini eʼtiborga olib, 6 nafar işçini işga qabul qilib, faoliyat yuritayapmiz. Hozir tumanimiz quriliş taşkilotlari va yakka tartibda uy-joy quruvçilardan taşqari Qoraqalpoğiston Respublikasining 90 foiz ruberoitga bölgan talabini qoplaydigan miqdorda mahsulot işlab çiqarişga erişayapmiz.
Faoliyatimizni 70 mln. sömlik kredit bilan boşlagan bölsak, qarzimizni allaqaçon uzdik, işçilarimizning iş haqlarini, turli soliq tölovlarini va sarflangan elektr energiyasi va tabiiy gaz tölovlarini öz vaqtida tölab borayapmiz.
Ötgan yili tseximizda 526 mln. sömlik mahsulot işlab çiqargan bölsak, joriy yilning ötgan 11 oyi mobaynida isteʼmolçilarga 700 mln. sömlikdan ziyod mahsulot yetkazib berdik.
Mahsulotimizni xaridorlarga yetkazib berişni yaxşilaş, yöl transport xarajatlarini qisqartiriş uçun öz mablağimiz va kredit hisobiga "Isuzu” yuk avtobusi sotib oldik.
Faoliyatimizni kun sayin yuksaltirişimizda bizga yurtimizda yaratilgan qulay işbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar huquq va erkinliklari himoya qilinayotgani muhim asos bölayotir.
Yurtimizning barça fuqarolarini 8-dekabr – Asosiy Qonunimiz qabul qilingan kun bilan qizğin tabriklayman.
Azamat REYIMOV,
"Arslonbek-Asilbek” MÇJ raisi.
(Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶