28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:53
Adabiyot 👁 5,369

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

BAGʻIShLOV

(Marhum ustoz Yoʻldosh Qurboniyni eslab)

Bayramlarda – minbarda,

Sheʼringiz oʻqirdingiz.

Joʻshib yurgan chogʻingiz,

Qoʻshiq ham toʻqirdingiz.

Jarangdor ovozingiz,

Tinglab orom olardik.

Qoyil qolib gulduros,

Qarsaklar ham chalardik.

Bugun yoʻqsiz orada,

Oʻrningiz bilinmoqda.

Sogʻinch, hijron tufayli,

Bagʻrimiz tilinmoqda.

Shoirlar koʻp, andisha,

Minbarga yoʻl ochmaydi.

Der: "Tashvishlar kamaysin,

Sheʼr hech yoqqa qochmaydi”.

Zoʻr sheʼrlar yaratsayam,

Yurar pana-panada.

Bagʻishlashni bilmaydi.

Sheʼrin biror canaga.

"Shoirman” demoqlikka,

Hali haqqi yoʻq emish.

Kimdir sheʼrlarin tinglab,

"Havaskor shoir” dermish.

Shu boiskim tortinib,

Minbarlarga chiqmaydi.

Umrning kutmasligin,

Anglamaydi – uqmaydi.

Eh, bu haqda gaplar koʻp,

Aytsam ado boʻlmagay.

Ushbu sheʼrni tinglashar,

Ammo sado boʻlmagay.

Ne qilamiz, maʼquldir,

Har kimniki oʻziga.

Xalqimiz hamon chanqoq,

Sizdek shoir soʻziga.

Afsus, endi minbarda,

Sheʼrlar oʻqib bermaysiz.

Bu yolgʻonchi dunyoga,

Endi qaytib kelmaysiz.

Joyingiz jannat boʻlsin,

Ruhingiz hamisha shod.

Ushbu sheʼrim atadim,

Siz uchun bugun, ustoz!

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

ORZU

Manzil sari ravon eltsa,

Bosayotgan qadamlar.

Umrida hech alam koʻrmay,

Kun kechirsa odamlar.

Xudo bergan bu hayotda,

Qimirlagan yutadi.

Boʻlsa hamki dunyo bir kam,

Bori bizga yetadi.

Faqat feʼlni keng qilsak-da,

Dilga solsak muruvvat.

Bizning mehru muhabbatdan,

Borliq olar kuch-quvvat.

Dunyo boʻylab tinchlik uchun,

Hamma qilsa hafsala.

Va hal boʻlsa barchamizga,

Xavotirli masala.

Buning uchun yoʻyganlarga,

Qayta bersa aql-u hush.

Balki shunda boʻlmas edi,

Yer yuzida hech urush.

Hamma qilsa hamma uchun,

Kerak boʻlgan yumushni.

Barcha xursand umr sursa,

Unutib gʻam-tashvishni.

Er ayolga: "Jonim”, – desa,

Koʻzlariga mehr toʻlib.

Ayol erga: "Borim”, – desa,

Ming aylanib, oʻrgilib.

Oʻgʻil har kun kelib tursa,

Erta bilan salomga.

Ota-ona duo qilsa,

"Baxt bergin”, – deb bolamga.

Xayolingni xalos qilib,

Turli noxush hislardan.

Yaxshi xabar kelib tursa,

Uzatilgan qizlardan.

Atrofingda oʻynab yursa,

Nevaralar quvnashib.

Tole hamda omad kelar,

Bir-birini quvlashib.

Xullas, uydan tinch boʻlishdan,

Baxt bormi hech ziyoda.

Shunday hayot orzusida,

Inson yashar dunyoda.

Hayot fayzi, rohatining,

Muhim shartidir ular –

Har tomondan qurshab tursa,

Ahil, inoq qoʻshnilar.

Bejiz emas bizga meros,

Bobolardan shu maqol:

"Makon tutmoq boʻlsang qaydan,

Hovli olma, qoʻshni ol!”.

Saodatdir doʻstlar bilan,

Zavqli kechsa har bir kun.

Chunki doʻstsiz qancha yasha,

Hayotingda ne mazmun?!

Sadoqatda sobit boʻlsa,

Har bitta doʻst, birodar.

Doʻst xiyonat qilsa, hayot,

Doʻzax bilan barobar.

Demak, chin doʻst bormi, bil – bu,

Yaratgandan inoyat.

Bu sababdir shukur qilib,

Suyunmoqqa bagʻoyat.

Ehtiyojing qoplab tursa,

Mehnat qilib topganing.

Ichganingda maza boʻlar,

Lazzat berar totganing.

Daryo toʻlib oqib tursa,

Qirgʻoqlarga urilib.

Dehqon rizqi toʻlib-toshar,

Baxt bulogʻi burilib.

Ajdodlarning merosi ham,

Goʻyo toshqin daryodir.

Oʻrgansa gar kim har qanday,

Qiyin ishga ham qodir.

Bu xazina qancha-qancha,

Kitoblarda boʻlgan band,

Oʻqimoqqa jazm qilganlar,

Undan boʻlar bahramand.

Kim intilsa manzil tomon,

Baxtli hayot yoʻlida.

Orzusiga yetishlari,

Ularning oʻz qoʻlida.

Buning uchun kerak faqat,

Oʻqish, uqish, harakat.

Tangri berar ular qilgan,

Harakatga barakat.

Hamma yetsin murodiga,

Alam va gʻam yutmasin.

Bu dunyodan hech bir odam,

Armon bilan oʻtmasin!

A.Nafasov.

Oilaviy shanbalik

Shanbalik oʻtkazildi,

Uyimizda shanba kun.

Qatnashdi oilamiz.

Jam boʻlib, ham bir butun.

Dadam qoʻlida ketmon,

Nihollarni oʻtqazdi.

Singlim esa suv tashib,

Chelagida yetkazdi.

Opam-chi, supurgida,

Tozaladi har yoqni.

Onam boʻlsa qoʻlidan,

Tushirmadi oʻroqni.

Men esa kuchukchamning,

Uychasini tuzatdim.

Chang boʻlgan joylarini,

Supurib, artib qoʻydim.

Iroda YeRDOShEVA.

Oʻjar joʻjalar

Menda oʻnta joʻja bor,

Barchasi chaqqon, ilgʻor.

Don titkilab toʻymaydi,

Bir-biri-la oʻynaydi.

Biri chiqsa oʻrtaga,

Ikkinchisi gerdayar.

Bir-biri bilan doim,

Quvlashadi har doim.

Bu holni koʻrib xoʻroz,

Tarbiyalaydi biroz.

Oʻjar mitti joʻjalar,

Quvlashmachoq oʻynashar.

Asaloy NORIMMATOVA,

46-sonli maktab oʻquvchisi.

Oilam

Mening ismim Vazira,

Bobom suygan nabira.

Maktabda aʼlo oʻqib,

Ishdan qochmayman sira.

Dadajonim Qahramon,

Mard va jasur, pahlavon.

Ikki akam ulgʻayib,

Boʻlar Vatanga pasbon.

VaziraJumamurodova, 36-sonli maktab oʻquvchisi.

Shukur

Totsang, hayot achchiq-chuchugin,

Bagʻringda ulgʻaysa oʻgʻil-u qizing.

Noshukur boʻlmay bergan rizqiga,

Qabul qil Xudoyim bergan izzatni.

Gʻam-u tashvishdan chiqmasa boshing,

Bemavrid yogʻilsa tuhmatlar toshi.

Sabr ila chidagin har sinoviga,

Sirdosh boʻlib Allohning kalomiga.

Yayov kezsang agar yaqin-yiroqni,

Koʻrsatsa gar senga sahro sarobin.

Yengishga intilib chang-u toʻzonni,

Hamrohim deb bilgin ulugʻ Egamni.

Sabr ila topsang, hidoyat yoʻlin,

Tavba qilib, soʻra ziyobaxsh nurin.

Koʻrsatur doimo savoblar yoʻlin,

Alloh kalomi-la beza umringni.

Yusuf Shukur aytdi, ming bora shukur,

Nomard bilan oshna qilmadi, shukur.

Yomonlar kasriga qolmay bir umr,

Yaxshilar qadriga yetdim, tashakkur!

Shukurullo YuSUPOV, «Gulzor» mahallasi.

Amu qiziga

Alvon lolalardan yasab chambarak,

Bahor gullarini tutay qoʻlingga.

Sozlarim chin, guvohdir falak!

Fido etay jonim sening yoʻlingga.

Nurga toʻlar olam goʻyo sen kulsang,

Bilmam, bosar hayajon qarshimda tursang.

Quvonchga toʻlardi bu gʻarib koʻngil,

Faqat bir muloyim tabassum qilsang.

Qaniydi, boʻlsaydim men shoʻx shabboda,

Qolmasdim izingdan boʻlib yoʻldoshing.

Senga hamroh boʻlib bir kam dunyoda,

Boʻlar edim sening yolgʻiz sirdoshing.

Rasul MATNIYoZOV, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

Qishlogʻim

Ona zamin goʻzalligi senda mujassam,

Insonlarning soddaligi menda mujassam.

Meni noming bilan shaydo etasan,

Hamma yerdan goʻzal mening qishlogʻim.

Yerlarda nish urgan bugʻdoylaring bor,

Samoga boʻy choʻzgan binolaring bor.

Istiqlolga yuz tutgan donolaring bor,

Bilimdonlar-u daholaring bor.

Senda mujassamdir osmondagi oy,

Rayhon hamma yerga beradi chiroy.

Soʻlim koʻchalaring chehrang ochadi,

Bogʻ-u dalalaring – bir jannatiy joy.

Maftuna Qurbonboyeva.

Ustozimga

Tuganmasdir aslo mehr bulogʻi,

Oʻgitlari hayot yoʻlimiz chirogʻi.

Zehnimiz oshirar har bir sabogʻi,

Bu olam bogʻiga bogʻbonsiz, ustoz!

Qoʻlimizga ushlatib daftar, qalamni,

Oʻrgatdingiz ona degan kalomni.

Erinmay singdirdingiz odob-ikromni,

Bizni ezgulikka yoʻllagan ustoz.

Indira ALIMBOYeVA, 32-sonli maktab oʻquvchisi.

Oʻkinch

Men bir goʻzalni jondan sevganman,

U nima desa ham koʻnib bariga.

Keyin yuragimni ilib qoʻyganman.

Yovvoyi jiydaning changallariga.

Endi sevgim kelmas, aldangim kelmas,

Yana uchragim yoʻq musibatlarga.

Sevgi ertaklarin tinglagim kelmas,

Quloq osgim kelmas nasihatlarga...

Chiroyli qizlarga koʻnglim yoʻqolgan,

Qiyo ham boqmayman u parilarga.

Mening ikki koʻzim oʻrganib qolgan

Amudaryodagi suvparilarga.

Komronbek Kamol, Qangli ovuli.

Atirgul

Atirgul-ey, atirgul,

Chiroylidir jamoling.

Goʻyo afsonaviy gul –

Yoqimli xushboʻy hiding.

Bogʻda gullarni kuzatdim –

Malikasi sen oʻzing.

Guldastalar tuzatdim,

Quvnab ketadi koʻzing.

Nafisa HAMROYeVA,

46-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026