28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:12
Adabiyot 👁 3,102

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

TUSh

Kuni kecha tush koʻribman,

Tushda ajib ish koʻribman.

Koʻzi qora, kamon qoshli,

Oydan ziyod yuz koʻribman.

Kecha Sizni tush koʻribman,

Egningizda guldan libos.

Goʻzallikka oshno qalbda,

Sizga boʻldi baland ixlos.

Aqlim oldi jamolingiz,

Kundan koʻrkam kamolingiz.

Ming bor dardga davo boʻlmish,

Soʻz-u suhbat – aʼmolingiz.

Boʻlib chamanzor Raʼnosi,

Bogʻda gullar terarmishsiz.

Jon olgʻuvchi tabassum-la,

Men tomonga kelarmishsiz.

Sekin holimni soʻrdingiz,

Koʻnglimni togʻday koʻtarib.

Mayli, Sizni koʻray tushda,

Uygʻonib ketmay, yoʻtalib.

Kecha Sizni tush koʻribman,

Tushimdayam xush koʻribman.

Bekbergan TLEUMURATOV,

Qipchoq qishlogʻi.

 

SIZ YuRGAN YOʻLLAR

(Buvijonim Sharifa Allohberganova xotirasiga)

Umr oʻtaverar, oʻtadi kunlar,

Sizlarni eslatib yogʻar yomgʻirlar.

Unutish qiyinkan oʻtsa ham yillar,

Issiq bagʻringizni qoʻmsar bagʻirlar.

 

Osmonga boqaman yulduzlar sanab,

Koʻzlarim  shu lahza ketadi chaqnab.

Goʻyoki yupatib, boshimni silab,

Bobomning yulduzi turganday porlab.

 

Qalbim gulzorlari xazonga toʻlar,

Sogʻinchdan ezilgan yuzlarim oʻpar.

Bobomning yulduzi bilan yonma-yon,

Buvimning yulduzi ojiz miltirar.

 

 

Unutmogʻim qiyin bobo, buvijon,

Dilimda ayriliq iz solgan tugʻyon.

Ammo izlaringiz koʻzimga surtgum,

Siz yurgan yoʻllardan yurgum begumon.

 

Qancha yillar oʻtdi, nomingiz yashar,

Elda, mahallada eslar yaxshilar.

Izingizda qolgan yaxshilik bilan,

Aziz xotirangiz qalblarda yashar.

Dilrabo TURSUNBOYeVA,Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

Onajonim yonimda

(Onam xotirasiga)

Onam mangu tashlab ketdi,

Men dunyoga kelgan kunim.

Murgʻak qalbim gʻashlab ketdi,

Oy-yulduzsiz qoldi tunim.

Tilim chiqqan kunlarimda,

Onajon, deb oyga boqdim.

Va pildirab yurganimda,

Koʻz yoshimda oʻzim oqdim.

Oymomojon dalda berdi:

«Onajoning yoningda», – deb.

Menga cheksiz mehr berdi,

Quyosh boʻldi umrimga zeb.

Boshlarimni silab-silab,

Alla aytdi buvijonim.

Kelajagim, baxtim tilab,

Parvonadir hur Vatanim.

Sardorbek KENJAYeV, 20-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Tonggi izhor

Ertalab uyqudan koʻzlarim ochsam,

Tonggi mayin shamol xonamga kirdi.

Oʻz taqdir yoʻlimdan qanchalar qochsam,

Hayot izlarimdan yugurib-yeldi.

 

Mahzun hayolimning manzili cheksiz,

Davom etsa, mangu sevadi seni.

Xayolim manzili toʻzgʻir, kimsasiz,

Nelardan ochayin, dastlabki soʻzni.

 

Koʻzlarim kimnidir izlaydi betin,

Dilimni nimadir hanuz tirnaydi.

Tongimning shuʼlasi koʻrinar har kun,

Tunimning yulduzi seni izlaydi.

Barno SAIDOVA, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar

kolleji oʻquvchisi.

 

Ota-onamga

Ota-onam yonimda boʻlsa,

Toʻlib turar doim uyimiz.

Ikkalasi kulib oʻtirsa,

Limmo-limdir baxt jomimiz.

Doʻstlar, yiroq ketmang hech qachon,

Ota-ona bagʻridan aslo.

Ular bilan osuda qoʻrgʻon,

Baxt quyoshi turgaydir porlab.

Dilnura RAHIMBOYeVA,

39-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Toshqin soy

(Ustozimga)

Toʻlib-toshib oqmoqda tip-tiniq soy,

Oʻynoqi toʻlqinlari dillarga koʻchgan.

Soy yetgan joylarda turfa xil olam,

Yashnab daryolarga aylanar har dam.

 

Shunda yuraklarda sevinchlar toshar,

Koʻngil choʻllarida gullaydi hayot.

Shu soydan bahramand jumlai bashar,

Shu soydan suv ichib yashaydi abad!

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

 

ShUKRONA

(Suriyadagi tengdoshlar taqdirini koʻrib...)

Mana, tong otmoqda sokin, xotirjam,

Falakdan jilmayib boqadi quyosh.

Tinchlikka shukrona aytamiz shu dam,

Qalbda tugʻyon urar shodlik va quvonch.

 

Ayt, yana qayda bor musaffo osmon?

Bulbulga, gullarga toʻlgan bogʻ qayda?

Yo azim daryosi zilol suvli yurt,

Lolaga burkangan boqiy togʻ qayda?

 

Tong otganda oʻqish, ishni oʻylaymiz,

Hushnavo ohangda qoʻshiq kuylaymiz.

Bizlar gurkiragan, farovon yurtda,

Chinorday shovullab, gullab yashaymiz.

 

Qaydadir boʻlmoqda parokandalik,

Qaydadir tinchlikni buzar iblislar.

Begunoh goʻdaklar yetim va... shoʻrlik,

Umri hazon boʻlgan yosh oʻgʻil-qizlar.

 

Norasida goʻdak turadi titrab,

Koʻz yoshi yuzini yuvadi suvdek.

Yoʻq, bu koʻz yoshmas qalbdagi tugʻyon,

Gunohim nima deb yigʻlaydi shoʻrlik...

 

Ey tengdosh, yurtimizga razm sol, qara,

Asta koʻzdan kechir dala, bogʻlarni.

Va yurakdan ayt ming bor shukrona,

Koʻzing qarogʻida asra Vatanni!

 

Qalbingda gʻofillik boʻlmasin hech ham,

Nolinma, hech bir vaqt oʻtgan umrdan.

Axir yashayapmiz jannatdek koʻrkam,

Buyuklar Vatani Oʻzbekistonda!

Muqaddas MATKARIMOVA, 37-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Yomgʻir

Shivirlagan yomgʻirlar, sirdoshim boʻling,

Shivirlashib men bilan koʻnglimni oling.

Toʻkilsin gʻamlarim mayda-maydalab,

Yogʻavering armonlarim tilkalab.

Kaftimni tutaman, maʼyus tikilib,

Yolgʻonchi hislarim qolsin toʻkilib.

Baxtli kunlar kelgan damda shoshilib,

Yolgʻonlar yomgʻirdek qolsin toʻkilib.

Shivirlab, koʻnglimni chandon koʻtaring,

Mehnatkash qoʻllarim – kaftimni oʻping.

Qalbim muzlarini mayda-maydalab,

Yomgʻir tomchilari, yoʻldoshim boʻling.

Aylanmoqda mening yuragim toshga,

Qalbim ham intizor aziz sirdoshga.

Sirlashib, men bilan koʻnglimni oling,

Shivirlagan yomgʻirlar sirdoshim boʻling.

Roza RAHIMOVA.

 

Gʻuncha

Gullarning ichida gʻuncha,

Oʻziga tortar buncha?

Ranglari qizil, oppoq,

Goʻyo sirli tuguncha.

Ochilsa, gul boʻladi,

Koʻrib koʻngil toʻladi.

Kapalakka ayvoncha,

Zoʻr oromgoh boʻladi.

Asadbek YOʻLDOShEV,

8-sonli IDUM oʻquvchisi.

 

Ardoqli otamiz

Yosh oʻgʻil-qizlarga mehribon boʻldi,

Katta va kichikka doim hurmatda.

Taʼlim-tarbiyaga yoʻl ochib berdi,

Mehribon otamiz Islom Karimov.

El-u xalqni toʻgʻri yoʻlga boshlab borgan,

Kelajakka buyuk ishonch tiklagan.

Xalqim, deb xalqining dilida qolgan,

Ardoqli otamiz Islom Karimov.

Shahlo SOBIROVA, 31-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Onalar

Hikmatona soʻzlari,

Nurga toʻla koʻzlari.

Mehribondir oʻzlari,

Onajonlar, onalar.

«Ona» soʻzi moʻʼtabar,

Eng aziz va muqaddas.

Onani hafa qilar,

Faqatgina aqli past.

Ona qalbi – bir olam,

Ona – sehrgar olam.

Ona sehrining biri –

Mehrdir, biling buni!

Iroda Yerdosheva.

Goʻzallik shaydosiman

Men shoira emasman,

Oshiqman goʻzallikka.

Hech behis yasholmasman,

Doʻstman fikri hurlikka.

Mudragan yuraklarni,

Sheʼrlarim uygʻotadi.

Koʻngillarni shod etib,

Gʻuborin tarqatadi.

Sabohat MADRIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026