28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:11
Adabiyot 👁 6,224

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

UMR – DARYo

Men umrni oʻxshatdim oqar daryoga,

Jilgʻa boʻlib boshlanar aslida hayot.

Eng goʻzal manzilim – yoshlik mavjida,

Shoshilib-entikib yetdim voyaga.

 

Oyogʻim baʼzida yerga tegadi,

Baʼzida tegmayin yelib boraman.

Yoshligim shuuri qayerda qoldi,

Men shuni bilolmay dogʻda qolaman.

 

Oʻtgan yoʻllarimga qayrilib boqsam,

Juda olislarda qolib ketibdi.

Qanchalik sogʻinmay, qanchalik kuymay,

Chehram goʻzalligin olib ketibdi.

 

Umrim oʻtayapti suv kabi oqib,

Orzular koʻp edi, dilda armonlar.

Men unga yetishib, erishib boʻlmay,

Oʻtib ketgan ekan qancha davronlar.

 

Gar sogʻinib boqsam, uzoq oʻtmishga,

Koʻzim ilgʻay olmas uning izlarin.

Oqlar ham oralab mayin sochimga,

Xira tortgan bugun charos koʻzlarim.

 

Gar biz istasak, istamasak-da,

Bosib boraverar keksalik toshi.

Yoshligim xotirlab, goʻzal yoshligim,

Shashqator boʻladi koʻzimning yoshi.

 

Esimda: talabalik davrlar edi,

Toshkent oqshomi goʻzal va sokin.

Xushchaqchaq kulardik doʻstlarimiz-la,

Orzular bir olam, qalblarda hokim.

 

Doʻstlarim shoʻx edi, qalbi begʻubor,

Biri Qashqa, biri Surxon dilbandi.

Soʻlim Fargʻonadan edi Zulxumor,

Men esa Amuning shoʻx bir farzandi.

 

Barimiz shoʻx-shaddod, baxtiyor edik,

Dunyoda oʻzimiz tengsiz sezardik.

Koʻchalar guvohdir, xiyobon guvoh,

Goʻyoki jannatning bogʻin kezardik.

 

Mana, yillar oʻtdi, shafqatsiz oqim,

Meni uzoqlarga oqizib ketdi.

Ming afsus, betakror, goʻzal yoshligim.

Toʻlqinlar qaʼrida yoʻqolib ketdi.

Men umrim oʻxshatdim oqar daryoga...

Guloyim Aytboyeva,

Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi.

 

Iqbol tongi

Yana chiqdim sahar tongni koʻrmoq-chun,

Netay, axir tongni beadad sevsam.

Hatto dosh berolmas allalagan tun,

Koʻzlarim uyquni itqitar, yumsam.

Sokin tun bagʻrida uxlar badiiyat,

Mangu qonun sharhin qadrlab, qoʻllab.

Tong – mehmon, men – mezbon qoʻlim koʻksimda,

Shukr toʻnin kiydim salomim yoʻllab.

Huv ana, koʻrinar chaqnab tong, yulduz,

Ufqning boshida yorqin toj boʻlib.

Taroqning tishiday nurlar taralib,

Yangi tong otmoqda iqbolga toʻlib.

Zulfiya OLLOYoROVA.

 

Otam soʻzlari

Otam soʻzlariga hayron boʻlardim,

Nonga zor boʻlganmiz baʼzan, desalar.

Non tishlab koʻnglim zil, vayron boʻlardim,

Shukur, non koʻpaydi, arzon, desalar.

 

Guldirab ketganda tunmi, tong samo,

Qitʼa, yurt, ellarda xavf zarbin sezib.

Muhtojlik azobin totmay jon, ammo,

Muhtojlik nolasin eshitdim toʻzib.

 

Dasturxon ustida rizqim bor boʻlsa,

Bugʻdoyzor shovullab tursa beorom.

Bolalar och boʻlsa, yerda xor oʻlsa,

Qandoq tomogʻimdan oʻtadi taom.

 

Ertangni oʻylayman choʻchib dafʼatan,

Butun boʻlarmikan dunyo, nasibang?..

Chinoroy OʻRINBOYeVA.

 

Baxtli yurt farzandlari

Ey, mening bolajon, mehmondoʻst oʻlkam,

Bogʻ-u chamanlari shunchalar koʻrkam.

Senga sodiq boʻlish bizning burchimiz,

Bagʻringda baxtlidir har bir oʻgʻil-qiz.

Musaffo osmon-u, zilol suvlaring,

Koʻm-koʻk adirlar-u, baland togʻlaring.

Seni dildan his qilib, koʻzlar quvonar,

Quchogʻingda barcha shod-xurram yashar.

Gullarga boy, goʻzal Namangan shahring,

Fargʻona, Andijon, Samarqandlarda.

Bobolarim qurgan zoʻr binolaring,

Sening noming oʻchmas mangu dillarda.

Mustaqilsan, butun dunyo tan oldi seni,

Men ham sening bagʻringdagi farzanding.

Koʻklarga koʻtaraman bayrogʻing, albat,

Madhingni baralla kuylar Inobat.

 Inobat Odilboyeva, Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

 

Hayot, menga tegma...

Men hali goʻdakman, juda ham yoshman,

Hayot, menga tegma, sinovingni qoʻy.

Men hali toshlarga tegmagan boshman,

Hayot, menga tegma, oʻyinlaring qoʻy.

 

Sabrim yoʻq azobga, qiynoqlarga hech,

Baxtni ham, dardni ham tushunmayman men.

Sen nechun qiynaysan meni erta kech,

Hayot, aslo tegma, chidolmayman men.

 

Onamning bagʻridan hali ketgim yoʻq,

Qalbida quvonch-la, yashasam deyman.

Men yashab oʻtayin sendan koʻnglim toʻq,

Shu hayot maʼnosin anglasam deyman.

 

Qaniydi, yashasang bir umr baxtli,

Hech kim azob bermasa, boʻlsang baxtiyor.

Qaniydi, boʻlolsang vafoli, ahdli,

Xudo ham yetkazsa eng vafoli yor.

 

Hayot, menga tegma, sinovingni qoʻy,

Insonlar quvonchin koʻrib, zavqqa toʻy.

Dildora RAJABOVA,

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

Xulosa

(Xiyonatkorga)

Olislardan turib qilma xulosa!

Duch kelgan inson-la etma murosa!

Gap tegsa, oʻzni etma mudofaa,

Iforsiz gul bilan bir bor yashab koʻr!

 

Xiyonatkor kimsaga aytar soʻzim yoʻq,

Men uni koʻrishga koʻrar koʻzim yoʻq.

Qalbimga otgandir taqdir kamon oʻq –

Iforsiz gul bilan bir bor yashab koʻr!

 

Holimni koʻribsan, shukringni ayla,

Soʻzlarim botmasin, fikringni ayla.

Yaxshimi, yomonmi, yoʻlingni angla,

Iforsiz gul bilan bir bor yashab koʻr!

 

Shunda chiqarasan qatʼiy xulosa:

«Garchi gul boʻlsa-da, misli alaf-a?»

Yuzingni burgancha eng soʻnggi dafʼa,

Mayin iforlarga bagʻring ochib koʻr!

Maqsud Rahmatullayev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026