Jayxun ilhomlari
KITOBGA YuZ BOSIB
Bu dunyoda javohir köp, teray desang,
Umrni bandi aylar xöb havas bersang.
Biroq bir gapga mehring tök, aziz farzand,
Kitobdan katta boylik yöq, qadim aytgan!
Kitob – gavhar, sözi bölgay saboq har çoğ,
Şami öçmas ziyo bedoğ, zehn-la boq.
Anga befarq yaşar bölsang demaslar soğ,
Ani döst tanlasang kunlar ötur oppoq!
Bilim koni – quyoş uldir, quruq qöymas,
Elim ilmiga boş şuldir, senam böylaş.
Berib işqing quşin qöndir, sevib söylaş,
Betiga yuz bosib tiz çök, çuqur öylaş!
Jumaboy HIDOYaTOV.
Aqlim hayron
Soç östirmay qöydi qarang, qalamqoşlar,
Aqlim hayron: bu qandayin zamon böldi?
Bir gap aytay, ming afsuski, zamondoşlar,
Yer supurgan soçlar bizga armon böldi.
Ertaklarda qolmiş endi uzun soçlar,
Momolardan qolgan meros oyoqosti.
Soç yelkadan ötdi tamom, kesib taşlar,
Gul qizlarning yelkalarin şayton bosdi.
Tarixlardan söz oçsamki, tilim kuyar,
Qözğagum yöq Momohavo ğazabini.
Körmoqlikka or etib, öz közin öyar,
Qarğamasin deyman nasl-nasabini.
Qora zulfi har bir qizga körk emasmi,
Yo şunçalik bezdimikan kokillardan.
Körgan kişi momolaring kim demasmi,
Keçdimikan or atalmiş sohillardan?
Men bir şoir könglimdagi borim aytdim,
Soçim bilan ne işing bor, demang qizlar.
Bu safar-ku şu joyida tugar baytim,
Yana yozgum, yana soçni kessangizlar.
Komronbek Kamol,
M.Yusuf nomidagi jamoat fondi tomonidan ötkazilgan «Yoş ijodkorlar» festivalining Özbekiston
Respublikasi böyiça ğolibi.
Özbekiston
Men seni sevaman, ey Özbekiston,
Har bir göşang bölsin boğ-u guliston.
Bayroğing kötargan fidoyilaring,
Madhingni aylaydi dunyoga doston!
Harbiylar tayyordir bölmoq-çun fido
Bobolar tilida şukrona, duo.
Ajdodlarim qoldirgan tarixdan sado,
Uluğvor maskanim – Özbekistonim!
Bulbullar sayraydi boğlaring aro,
Gullaring yaşnaydi çamanzor aro.
Farzanding omondir tinçliging ila,
Olam içra yagona Özbekistonim.
Jannatim, jahonim, mening Vatanim,
Alloh nazar solgan Özbekistonim.
Sönggi nafasgaça bölmasman ayro,
Senga jonim fido, senga jon fido.
Manzura Eşimova.
Asl farzand el deb turajak
Öğlonlari qalqon bu yurtning
Kelajagi porloq bölajak.
Atlas döppi kiygan qizlarga
Butun dunyo havas qilajak.
Ajdodlari uluğ elimda
Avlodlari davom bölajak.
Erkinlikdan kamar belinda,
Xalqim dunyo tursa, turajak.
Qarilari oçgan qöllardan,
Duolardan nur yoğilajak.
Obod turmuş, porloq yöllari -
Çorlab turar yorqin kelajak.
Senda jilov, senda bor imkon,
Asl farzand el, deb turajak.
Vatan ozod, musaffo osmon -
Qaldirğoçlar javlon urajak!
Oxunjon ABDULLAEV,
QDU özbek filologiyasi fa-kulteti 3-bosqiç talabasi.
Diydor zavqi
Mana, yana uçraşib,
Diydorimizga töydik.
Körgaç, bir-birimizni,
Dardni unutib qöydik.
Yana hazil-huzullar,
Boşlanadi, kulamiz.
Ammo bu daqiqalar,
Qaytmasligin bilamiz.
Istaymiz, yana-yana,
Diydor körişmoqlikni.
Maktab davridagi,
Yolğon uruşmoqlikni.
Garçi beboş, şaddodmiz,
Unutmaymiz sinfdoş!
Unutib bölarkanmi,
Axir qalam-qoşlarni!
Maftuna RAHIMOVA, 16-sonli maktab öquvçisi.
DASTURXON
Uyga kelganda mehmon,
Oyim yozar dasturxon.
Dasturxonning ustida,
Doim turar şirmoy non.
Dasturxonda neʼmatlar,
Çiroy berar, körk berar.
Bularni yaratgunça,
Qança inson ter tökar.
Dasturxon tökin-soçin,
El-yurt yaşar farovon.
Serfayz dasturxonlarim,
Körib hayratda jahon.
Şahlo QUROLOVA, 62-sonli maktab öquvçisi.
Abror polvon böladi
Qöşnimiz çaqaloği –
Barçaning erkatoyi.
Sözlasang tuşunganday,
Kulaverar quyoşday.
Ismidir uning Abror,
Maʼnosidir pokdomon.
Ota-onang baxtiga,
Bölgin doimo omon!
Erkalatar bobosi,
Davomçi avlodim, deb.
Quvonadi buvisi,
Qölidan qöymaydi heç.
Beğuborsan şöx-şodon,
Sen bilan dillar obod.
Nurafşondir xonadon,
Oilani quçgan baxt.
Kelajakda sen botir,
Pahlavon öğlon bölgin.
Har işda yurtga suyanç,
Va mard-u maydon bölgin!
Yulduz MADADOVA, 44-sonli maktab öquvçisi.
BAXT
Men baxtni qaydan izlayin,
Osmondanmi yoki yerdanmi?
Tutqiç bermas qayon kezmayin,
Niyatimni baxt sezganmi?
Baxtni körgan bormi, insonlar,
Tasvirlangiz, uning suratin?
Men bir bora töqnaşgan onlar,
Bilib olar edim siyratin.
Men söradim bir kuni oydan,
Baxt nimadir özi dunyoda?
Baxt şudir, sening uçun kim,
Borligingga aytsa şukrona.
Sevara Sidabullayeva.
Soğinç
Onajonim mehribonim,
Siz mening yagonamsiz.
Sizni juda sevaman,
Mehrda durdonamsiz.
Sizni mudom soğinib,
Har kun oyga qarayman.
Oy yuzida köray deb,
Nomingiz takrorlayman.
Xolida TOJIMURODOVA, 40-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶