Jayxun ilhomlari
QALB XITOBI
Haq gapni deyay senga,
Vatandoşim, böl, ogoh.
Kulib-turib urmasin,
Yağriningga piçoq.
Işonma vaʼdalarga,
Qarmoqqa ilinmagil.
Xayoliy jannatlarga,
Badarğa qilinmagil.
Hurliqo yon-veringda,
Umid-la şahid bölma.
Gullaring oçilmasdan,
Nihollik çoğing sölma.
Olmasin ota-onang,
Qilmişing jazosini.
Körsatmasin jigarning,
Bemavrid azasini.
Ogohlik – donolig-u,
El-yurtga sadoqatdir.
Huşyorlikni yöqotmoq,
Dahşatdir, qabohatdir.
Uşbu gaplarim mağzin,
Uqqanlarga şon-şaraf.
Sergaklik otin minib,
Yaşaylik har yon qarab.
Vatan gullab-yaşnagay,
Barça yaşaymiz omon.
Yomonlarga ergaşsak,
Tahlikalidir har on.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
Vatanimga dil Izhori
Xalqimning matlabi – tinçlik. Bağri keng,
Xorazmiy, Beruniy, Sinoga kim teng?!
Navoiy der «Ogoh sen Sen – şoh sen Sen»,
Buxoriydan sobit islomiy irfon,
Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!
Qizlaring ilmda yaktoi jahon,
Ibo-hayoda ham xurşidi tobon.
Polvon öğlonlaring dovruği doston,
Bari bu – Istiqlol yaratgan imkon.
Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!
Xalq bilan muloqot – Oliy tadbir bu,
Ong-u şuurlarga uyğoq taʼsir bu.
Kelgusi avlodga iqbol, taqdir bu,
Buyuk evrilişni tan olur jahon,
Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!
Sultoning «Dunyoni kuzat» – deb turar,
«Nuqsonni yaşirma, tuzat» – deb turar.
«Tadbir, ijodga yöl, ruxsat» – deb turar.
Olam aro tenging yöq, jannatmakon,
Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!
Tursunboy ABDULLAYeV.
Vatanni sevmoq kerak
Yurtdoşim, şu elda tutibsan makon,
Bölsa vijdon toza, pok qalbda imon.
Toki yurak urar, borki tanda jon,
Avvalo Vatanni sevmoğing kerak.
Hurlik bölsa elda ozodsan sen ham,
Oilang tinç-omon, rözğoring bekam.
Döstlaring qatorda, har işda hamdam,
Şukur ila Vatanni sevmoğing kerak.
Bunda har oila Vatandan zarra,
Oğzibir bölsalar oson har marra.
Şunga şukur qilib hatto ming karra,
Şu aziz Vatanni sevmoğing kerak.
Özingni mardlikda bilsang yagona,
Sergak tur – tinç bölsin şu Vatan-ona.
Axir Kaʼba kabi Vatan bir dona,
Demakki, Vatanni sevmoğing kerak.
Yelkaga rizq ortib, tinmayin bir zum,
Mavj urar Amudek daryoi azim.
Demak, möldir töyu tantana, bazm,
Şuning-çun Vatanni sevmoğing kerak.
Vatanga egalik ajib saodat,
Undan faxr tuyğusin qilgin sen odat.
Har bayramda emas, har kun, har soat,
Albatta, Vatanni sevmoğing kerak.
Ahmad NAFASOV.
AYIRMASIN
Yolğizlik bir Allohga xos,
Qadamingni öylab bos.
Bir-biringga qöying ixlos
Yakdillikdan ayirmasin.
Turmuş asli baland-pastdur,
Oila eng muqaddasdir.
Sevgingizdan ayirmasin,
Qanotingiz qayrilmasin!
Dunyoda köp doği hasrat,
Dillarda alam qatma-qat.
Ezgu erur tinçlik faqat,
Tinçlikdan heç ayirmasin.
Farhod Avaz.
Yaraşur
Özbekiston jahon uzra dovruğin soldi,
Öz erkini, özligini qöliga oldi.
Ötgan kunlar tarix bölib, orqada qoldi,
Vatanimga kelgan yaxşi zamon yaraşur.
Ona yurtim ataladi – boyliklar koni,
Oq paxtasi – iftixori, şuhrati, şoni.
Dehqonlari kökragida yöqdir armoni,
Özbegimga baland-baland xirmon yaraşur.
Köp millatli xalqlarining yuragi toza,
Mehmon kelsa kutib olar, dasturxon yoza.
Non şahri deb, Toşkent böldi Şarqda ovoza,
Diyorimga kelsa aziz mehmon yaraşur.
Bugun özbekning osmoni tiniq, beğubor,
Oy-yulduzi mangu tursin, körmayin ozor.
«Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor»,
Ona yurtga oy-yulduzli osmon yaraşur.
Qöşiq bitsa, Şomuroding Özbekistonga,
Mustaqil deb tan olingan nurli böstonga.
Bir kun kelib aylanajak, gul-gulistonga,
Böstonimga qöşiq emas, doston yaraşur.
Şomurod XÖJANOV.
HURRIYaT
Hurriyat, ongimning oftobi, nuri,
Musaffo tonglarga oşno şuuri,
Qadamni taşlarman qaddimda turib.
Boğaro atirlar turar ufurib.
Borarman baxtlaring baxş maydonida,
Nurlar bu – jomimning jonajoni-da!
Körmagan yöllarim çorlay boşladi,
Quşlari qöşila sayray boşladi.
Qaramlik qayğusi qaytganda, şu dam,
Ayrilib qolgandi dillar tuyğudan,
Yurgandik çiqolmay mudroq uyqudan,
Begona hattoki maqsad - orzudan.
Bugun-çi, dunyoni kezarmiz quşday,
Buzğunçi kaslardan hadikka tuşmay,
Mehrimiz nurafşon maskandan köçmay,
Yaşarmiz döstlikda sadoqat öçmay.
Muborak, mardona yigirma olting,
Raqamni şunçaki atamam, oltin!
Ğalamis, hasadgöy kaslar yöqolsin,
Vatanning ertasi yoşlarda qolsin.
Ajdodlar merosi avlodga halol –
Bayroqni manguga tutsin bemalol!
Jumaboy HIDOYaTOV.
Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!
(Muvaşşah)
Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston,
Ilohim, şu ezgu şior qöllasin.
Dono rahnamomiz topsin şaraf-şon,
Obod turmuşimiz mangu gullasin.
Yiroq bölsin sendan ğurbat, zalolat,
Intiliş, orzular, tole bölsin yor.
Neça Qonun istiqboldan dalolat,
Gullayver Vatanim, tinçlik senga yor!
Buyuk kelajakka poydevor bölsin.
Özbekiston – kelajagi buyuk yurt
Lafzi halol elsan, başarga suyuk,
Gar moziyga boqsam, çiqmagan manqurt.
Aslo kam bölmagan xalqing bor buyuk.
Yigitlaring misli Alpomiş, Farhod.
Mard-u maydon xalqim, özingga beksan,
Istiqloling bois qadrini topgan,
Zamin-u zamonda qomati tiksan.
Serquyoş zaminsan, ziyoga konsan,
Yetti iqlim aro şonli dostonsan,
Neça allomang bor jahonga ustoz,
Ilm ahliga oftob bölgan makonsan,
Özbekiston – kelajagi buyuk diyor,
Zalvorli tarixing bunga poydevor.
Bugun jadal taraqqiyot yöling bor –
Yetuklikka yetaklovçi şul dastur!
Kuçga-kuç qöşadur, madorga-mador,
Ilohim, abadiy bölsin hur yöling,
Saʼy-harakating bölsin badastur,
Tilak tilab Hayratiy oçar qölin:
Ollohim, asrasin sening jon-taning,
Niyati xalq baxti bölgan Vatanim.
Tojiboy Dösanov.
VATAN
Vatan, bağring quyoşday,
Issiq mehr beradi.
Qalbi dardga tölganlar,
Sen-la şodon kuladi,
Fidoying bölay özim,
Iqboling bölay özim.
Erta tongdan turgandim,
Nonning isi kelyapti.
Anov boğda bolari,
Gul çangini teryapti,
Boğboning bölay özim,
Tuproğing bölay özim.
Dildora RAJABOVA.
Amudaryom
Qalbi daryodayin tölib-toşgan el,
Mehrga, taşnaga bağrin oçgan el.
Musaffo samoda quyoşi mudom,
Yerga saxovatli nurin soçgan el,
Dengizsan, ummonsan orzuli dunyom –
Mehr maskanimsan ey, Amudaryom!
Gözalsan hattoki Parijlardan ham,
Musaffo osmoning tinç bölgay har dam.
Senga qulluq aylar har öğil-qizing,
Mangu porlab tursin hayot yulduzing!
Dengizsan, ummonsan orzuli dunyom –
Mehr maskanimsan ey, Amudaryom!
Şahlo QUROLOVA,
62-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶