ULUĞVOR TUYĞULARGA SODIQLIK
Xalqimizda: "Erni er qiladigan ham, qora yer qiladigan ham ayol”, degan ğoyat ibratli hikmat bor. Aynan şu hikmatga mos ravişda "Er bilan xotin – oilaning qoş-u közi” degan iborani ham köp işlatamiz. Aslini olganda, ayoli oqila yigitning hamişa obrösi, izzat-nafsi baland, oilasida esa xotirjamlik, fayz-u baraka hokim.
- Oilada köp narsa ayolga boğliq, - deydi "Çoyköl” qişloğining "Uç oğoç” mahallasida yaşovçi hoji ona Öroloy momo Ahmedova. – ayol aql bilan iş yuritgan joyda aslo muammo bölmaydi. Qaysi oilada muammolar qalaşib yotsa, demak, bu xonadon bekasida intizom va masʼuliyat yöq. Oila bekasi masʼuliyatni unutdimi, bilingki, öşa xonadondan fayz-baraka ham kötariladi.
Öroloy momo bunday pand-u nasihatlarni takrorlaşdan köra umri davomida aynan şunday sifatlarni öz oilasida mujassam etişga intilib yaşagan ayollardan. Şundanmi, u el içra izzat, obrö topdi. Öğil-qizdan, kelin-u nevara va kuyovlardan, quda-andalardan hurmat va eʼtibor kördi. Eng muhimi, kalbi yaxşilikka limmo-lim bu onaxon Allohning uluğ mukofotiga sazovor böldi – hojilik martabasiga erişdi. Ayol zoti uçun bundan uluğ siylov bomikan?! Agar bor bölsa...
Ha, agar bundan-da uluğ siylov bor bölsa, "Çoyköl” qişloğilik hoji ona Öroloy momoga yana bir bor nasib etarmidi!
Öroloy momo rahmatlik umr yöldoşi Yöldoşboy ota bilan turmuş qurganlarida qişloqda hayot ança oğir, ikkinçi jahon uruşidan keyingi tiklaniş yillari edi. Yoş kelinçak çillasidayoq kolxoz dalasiga işga çiqdi. Eng oğir işlar qölda bajarilardi: qiş böyi aravada kolxoz dalasiga göng, nombor taşib, tökişardi, ariq-zovurlarning töngini köçirib, qazib-tozalaşardi. Erta bahordan keç kuzgaça yoş kelinçakning qölidan bel, ketmon, öroq tuşgan emas öşa oğir yillari. Yil – ön ikki oy kolxoz işidan böşamasdi dehqon degani. Kunduzlari paxta terib çarçagan Öroloy uyiga kelib qozon-tovoğiga, mol-holiga qarardi, qöl tegirmonida un tortib, tongda tandirga öt qalardi. Bu işlarning orasida kir-çirini yuvib, bir xalta kösakni qaynona-qaynotasi kömagida çuvir, ertalab paxtani brigada xirmoniga olib borib tökardi.
- Ana şunday oğir mehnatlar içida öğil-qizlarim dunyoga keldi, - mamnuniyat bilan sözlaydi hoji ona. – Yusufboy öğlimiz tuğilganida dunyoga qaytadan kelganday, yaşarib ketganday his etdim özimni.
Har safar farzandlari tuğilganida Yöldoşboy ota bilan Öroloy momoning qalblari quvonçga, xonadonlari nurga tölib boraverdi. Köz oçib-yumgunça bu oila gujumday tomir otdi. "Çoyköl” qişloğining "Uç oğoç” mahallasini töldirib turgan, oilalarning deyarli yarmi Yöldoş ota bilan Öroloy momoning öğil-qizlari, nevaralarining oilalari.
Mehnat insonni nainki uluğlaydi, balki boy-badavlat, aqlli, mehr-oqibatli, saranjom-sarişta qilarkan-da, deymiz har gal "Uç oğoç” mahallasiga yölimiz tuşganida. Boisi, umr böyi mehnat qilib çarçamagan Öroloy momoning xonadonida mehnatga munosabat tamoman boşqaça.
Momo yaşaydigan hovli bilan çorboğlari tutaşib ketgan Yusufboy, Quvvatboy, Bozorboy, Hayitboy, Omonboy ismli öğillari hamişa ahil, bir tan-u bir jon. Onalari duosini olmay, heç bir işga qöl urmaydigan 8 nafar öğil-qiz, kelin-u nevaralar barça yumuşlarni hamkorlikda bajarişga örganib qolişgan. Kelinlari Hayitbika, Davlatbika, Aziza, Muyassarxon va Muhabbatlar esa onaxonning qizlariday sevimli. Biri issiq patir yopsa, yana biri ustiga tovuq göşti bosilgan palov damlaşga odatlangan kelinlarning ahilligidan bu katta xonadon xamişa obod. Mehnat esa bayramday ular uçun. Şaxsiy mablağlarini örtaga yiğib, MTZ rusumli traktor sotib olişganlari esa nur ustiga aʼlo nur böldi.
- Farzandlarimning tomorqasi gullab ketdi-ya, - deb suyunadi momo şukronalik bilan.

Tomorqaning gullagani Öroloy momo xonadonining iqtisodini kötardi. Don-dun, poliz-u sabzavotdan katta xirmon kötargan öğil-qizlarining oilalariga fayz, baraka yoğildi. Qöralari mol-hol-u parrandaga töldi. Bu yoğini sörasangiz, Öroloy momoning katta xonadonidan gujumday ildiz otib, şoholagan 8 nafar farzandning oilalarida bugun çiroyli turmuş hokim. Özaro ahil, inoq va mustahkam sakkizta oilaning şakllanişida, öğil-qizlarining el içra hurmat va eʼtibor topişlarida, qizlar Tozagul, Raʼnoxon va Barnoxonlarning tinib-tinçib ketişlarida katta xonadonning pir-u badavlat sohibasi Öroloy momo Ahmedovaning xizmati beqiyos.
- Farzandlarim omon bölişsin, - har tong duo qiladi onaxon. – heç qaçon, xatto qiynalgan paytlarimda ham nolimaganman. Öğil-qizlarimga ham har doim şuni örgatib keldim. Noliş – noşukurlik, qolaversa, Allohning neʼmatlaridan norozilik – dözaxiylik böladi. Bahouddin Naqşbandiy hazratlari: "Dil ba yoru dast ba kor – yaʼni, diling Allohda, qöling mehnatda bölsin”, deya taʼlim berganlar. Topgan bir burda noning mehnating mevasimi, demak, sen Haqning nazaridasan, köngling Alloh bilan. Uluğ Egam halol mehnat qilgan har bir mömin-musulmonni mukofotlaydi. Mening umr böyi topganlarim – halol mehnatim evaziga kamolga keltirgan farzandlarim, ularning ahil, inoq oilalari. Şular tufayli men 2011-yilda Muqaddas haj ziyoratida böldim. Könglimni töldiruvçi ham, hayotimni munavvar etuvçi ham şu farzandlarim, katta oilamning özi Kaʼbatulloq kabi muqaddas, unga til tekkiziş gunoh böladi.
Baxtiyor oila sohibasi – hoji ona Öroloy momo nazarimizda oila haqida eng muxtasar fikr aytdilar. "Oila – Kaʼbatulloh kabi muqaddas, unga til tekkiziş gunoh”, - dedilar.
Ha, azizlar çunki bu maskanda Hazrati Inson dunyoga keladi! Buyuk orzu – umidlar tuğiladi. Millat şakllanadi, kelajak uçun zamin yaraladi bu kiçik maskanda. Va...Va uşbu kiçik makonning ostonasini hatlab çiqib biz Vatanni kaşf etamiz. Yuragimizda Vatan muhabbati bilan boğliq uluğvor tuyğular şu ostonadan boşlanadi! Oilaga til tekkiziş – Vatanga til tekkizişdir.
Öroloy momoni hojilik martabasiga yetiştirgan qudrat ham ana şu uluğvor tuyğularga sodiqlik emasmi!
Zotan,
Oila – Ayolning Kaʼbatullohi,
Misli Tangridur va Payğambari.
Şul buyuk haqiqat sobitkan toki,
Ayol eng mukarram, eng sanobari.
Misli bir sarv qaddu sanobar bölib,
Kaʼbasin közida asrasa Ayol.
Bu dunyo ketardi şodlikka tölib,
Hayotga aylanib har ezgu hayol.
Oila – Ayolning Kaʼbatullohi.
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Amu news” ning maxsus muxbirlari.
Suratlarda: 1. Öroloy momo Ahmedova farzandlari va nevaralari davrasida. 2. Öroloy momo nevaralariga ötmiş haqida hikoyalar aytib berişdan, bugungi dorilomon zamonning qadriga yetiş kerakligi haqida nasihatlar qilişdan aslo çarçamaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶