12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:37
Adabiyot 👁 8,072

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

EL OĞASI

(Amu elining aziz farzandi Rajabboy Yöldoşev xotirasiga)

Siz keldingiz rahbar bölib jöşqin Amu böyiga,

Şerik bölib har doimo xalqning orzu-öyiga.

Boş-qoş bölib, el-u yurtning qança bayram, töyiga

Ön sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Heç qaçon el unutmaydi, Sizday uluğ oğasin!

 

Qiliçboy ham Dörman elda, Xolimbeg tomonlarda,

Izlaringiz qoldi oğa, har boğda, yovonlarda.

Nafasingiz kezib yurar yurtda otgan tonglarda,

Ön sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Qiliçboyliklar unutmaydi, Sizday uluğ oğasin!

 

Boşladingiz el-u yurtni adolatli yöllarga,

Topşirdingiz har sohani eng işonçli qöllarga.

Aylantirib har göşani çamanzor-u gulzorga.

Ön sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Dörman ovul unutmaydi, Sizday uluğ oğasin!

 

Kuyuk köpir, Xitoy yoqda, nomingiz bor har dilda,

Unutmagay Sizni heç kim Qangli, Qipçoq, «Çoyköl»da.

Yaxşiliklar aro borsiz, Nazarxon Jumur elda,

Ön sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Amu elim unutmaydi, Sizday uluğ oğasin!

 

Ot izini toy bosadi, tulporlar omon bölsin,

Izlaringiz bosguvçi mard, öğlonlar omon bölsin.

Yoş bölsa-da har işga boş Sultonlar omon bölsin,

Ön sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Manğitliklar unutmaydi, Sizday uluğ oğasin!

 

Qalbimizda mangu borsiz, siz hamişa barhayot,

Elim, yurtim deb yaşagan el oğasi – uluğ zot.

Qilgandingiz har qadamda yangi-yangi islohot,

Ön sakkiz yil obod qilgan, Amudaryo yoqasin,

Amudaryom unutmaydi, Sizday uluğ oğasin!

Şamurod XÖJANOV.

"Dörman” ovuli.

 

Soğindim...

(Onajonim, rahmatlik Saparboyeva Xatiça xotirasiga bağişlayman)

Hassa uşlab yurgan ayolni körsam,

Soğinib eslayman aziz Onamni.

Bosgan izlaridan yurgim keladi,

Onajon, deya suyib opamni.

 

Pand-u nasihatin kanda qilmagan,

Xato qilsam tergab, quloq çözmagan.

Özingiz ekansiz suyangan toğim,

Sajdagohim mening, jannatim, boğim.

 

Bir kuni tuş kördim, köp vaqt ötib,

Hoji ona bölib kelib uyimga.

«Elingga el bölgin, uyingga ustun», –

Deya zarlar soçdi qaddu böyimga.

 

Farzandlar içida mendan söradi,

Qurʼon tilovati, fotiha, barin.

Xudodan ötinçim, Sizdek Onaga,

Jannatidan bersin joylarning törin.

Şukurullo Yusupov, «Gulzor» mahalla.

 

Yaxşilik qil!

Özgalarga aslo qilma yomonlik,

Axir «qaytar dunyo» – deydilar buni.

Şu dunyoda topay desang omonlik,

Odamlarga yaxşilik qil, har kuni.

 

Özgalarga aslo qilma yomonlik,

Qilgan yomonliging, özingga qaytar.

Ozor bersang agar kimning diliga,

Yaratgan ham senga laʼnatlar aytar.

 

Sendan keçib ketar hatto döstlaring,

Sevgan yoring sendan ketar yiroqlab.

Iç-içingdan yiğlar yuraging sening,

– «Nega bunday iş qildim?» – deya söroqlab.

 

Buni vijdon azobi, deb qöyibdi,

Vijdoning qiynalar, har kun, har tongda.

Qiynalib, azobda yonmaslik uçun,

Odamlarga yaxşilik qil har onda!

Iroda Yerdoşeva,  38-sonli maktab öquvçisi.

 

Otajonim yodi

(Rahmatlik otam, oliy toifali şifokor Habibulla Şerimbetov xotirasiga)

Sizga jannat eşiklari oçilsin,

Poyingizga rayhon, gullar soçilsin.

Allohim dargohi kengdan oçilsin,

Tutgaysiz otajon, hurlarning qölin!

 

Barçani birday hurmat qildingiz,

Ozor çeksangiz ham doim kuldingiz.

Bu dunyoning işini qilib böldingiz,

Endi jannatlarda oromda böling!

 

Halollikni mudom şior qildingiz,

Duşmanni ham hatto mehmon qildingiz.

El-u yurtga beminnat xizmat qildingiz,

Endi jannatlarda rohatda böling!

 

Bolam, deb suydingiz jon-dilingizdan,

Şifo topdik otam, har sözingizdan.

Mehr suvin içdik biz qölingizdan,

Endi jannatlarda hurmatda böling!

 

Otajonim, rozi böling bizlardan,

Sizga tortgan barça öğil-qizlardan.

Izlaringiz surmai-nur közlarga,

Endi jannatlarning törida böling!

 

Matluba qizingiz soğinçi bisyor,

Endi bizga bölsin doim Alloh yor.

Qolganlar umrini qil deb, baxtiyor,

Dorilbaqolarda hur, ozod böling!

Matluba ŞERIMBETOVA,

Özbekiston mahallasi.

 

Bobolarni yod Etib

Qalandarlik qonida bor,

Ezgu işlar unga şior.

Yaxşi köz-la qarang, döst-yor,

Alişerning avlodiman –

Zulfiyaning izdoşiman.

 

Ijodi olamga doston,

Tan olmoqda butun jahon.

Yozaversam qolmas armon,

Men şoh Bobur avlodiman –

Uvaysiyning izdoşiman.

 

Şeʼrlaridan olib saboq,

Şaklin qilay radif, turoq.

Keng maʼnoli, yöqdir söroq,

Şoir Çölpon avlodiman –

Nodiraning izdoşiman.

Maftuna Qurbonboyeva,

«Çoyköl» ovuli.

 

Şukur qilib yaşaylik

Dildan şukur qilamiz,

Ozod, hur zamon uçun.

Quvonçlarga tölamiz,

Osuda osmon uçun.

 

Şunçalar baxtiyormiz,

Rizq-rözimiz butundir.

Halol mehnatga yormiz,

Dasturxonlar tökindir.

Farida MADAMINOVA,

35-sonli maktab öquvçisi.

 

Globallaşuv

Globallaşuv nima?

Bu – hayot tezlaşuvi.

Bu – yaxşi va yomonlik,

Illatlar bellaşuvi.

 

Yomonlik illatlari,

Biri bu – terrorizm.

Yonida hamroh turar,

Diniy ekstremizm.

 

Şuning uçun barçamiz,

Ogoh, huşyor bölamiz.

Bu illatlar ustidan,

Albat ğolib bölamiz.

Nodirbek Yangiboyev,

35-sonli maktab öquvçisi.

 

Amudaryo qiziman

Ğururlari toğdek baland,

Imoni but sarvqomat.

Men istiqlol kuyçisi,

Amudaryo qiziman.

 

Baxt ufurar yuzimda,

Qalam qoş-u közimda.

Elimning el udumlarin,

Asrayman yuragimda.

 

Şöx jilğa-yu soylardek,

Pokiza tuyğularim.

Yurtim, degan tuğyonman –

Amudaryo qiziman.

Zuhra Ahmedova.

 

TENGDOŞLARIMGA

Döstlar aytar: akang bölsa, bölmaydi,

Telefonda gaplaşgani qöymaydi.

Mening jondan suygan bitta akam bor,

Qani, yana ön beştasi bölsaydi...

 

Mana, kirdim ön sakkizga bir pasda,

Bir telefon uşlamadim qölimga.

«Akajonim», – deya gapirdim asta, –

«Kitob olib bering, uşbu pulimga».

 

Telefonni nari qiling közimdan,

Ijodkorman, çalğitadi sözimdan.

Internetni tuşunmayman, desam gar,

Baʼzi döstlar kulişadi ustimdan.

 

Internetdan, mayli, topay kitobni,

Mayli, öqib keragimni olayin.

Uni öqib, öz kitobim varaqlab,

Bir olam zavq yuragimga solayin.

 

Döstlar aytar, tengingni top hozirdan,

Kitobni qöy, qolib ketding zamondan.

Akajoning aytganin qilaverma,

Sen boşqa-yu akang boşqa dunyodan.

 

Öşa vaqtda ustozlarim saboğin,

Birin-ketin yuragimga solaman.

Men özbek qiziman, erka va şodon,

Akamning eng suyukli singlisiman.

 

Ibo-hayo bölsa agar har kimda,

Öşa asl Özbekiston qizidir.

Öz akasin jondan suygan oyqizlar,

Mahallaning ham obrösi, yuzidir.

 

Kun keladi, ketaman yor-yor bilan,

Özga uyning ostonasin öpaman.

Baxtim şu yer, taxtim şu yer böladi,

Öz onamni mehmon qilib kutaman.

 

Yurak sezar, hali köp soğinaman,

Ota uyning har bir qariç tuproğin.

Va tuproğin közlarimga surtaman,

Kindik qonim tomgan asl qörğonim.

 

Yoddan çiqmas, jajji-jajji qizlarga,

Öyin bilan darslar ötib berganim.

Yuragimga bir iliqlik baxş etar,

Singlim soçin mayda qilib örganim.

 

Va albatta soğinaman akamni,

U Zafarjon akam – yaqin insonim.

Özga uyga kuzatuvçi ham öşa,

Öz uyimni yorituvçi çiroğim.

 

Könglingizga oğir olmang heç qizlar,

Aka-uka qadriga siz yetinglar!

Dildora RAJABOVA.

 

SAYR

«Mangu sayyoh» – qora bulutlar,

Tuğib oldi homilasini.

Yomğirlarda köngil yuvaman,

Eşitaman şamol sasini.

 

Tabiatning nolalarini

Tinglayapman şu bugun faqat.

Bulutlarning qismati esa,

Sayr etmoq abad-ul abad.

Siroj OLIMOV.

 

DÖSTIMGA

Yiqilsang-da, örningdan tur,

Taslim bölma, oldinga yur.

Bunday yöllar hali ança,

Yurmaganing bilmam, qança?!

 

Bu yöllardan yurmoq uçun,

Sabr kerak, kerak bardoş.

Manzilingga yetmoq uçun,

Tezroq yurgin, bölaqol, şoş!

Salomat KARIMOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026