Jamiyat
👁 852
Tarixda ilk bor yoshi 100 million yilga teng dengiz jonzoti topildi
Xitoy, Kanada va Avstriya olimlarining Xukong vodiysi (Shimoliy Myanma, Kachin shtati) ekspeditsiyasi chogʻida topilgan qadimiy jonzot ostrakod boʻlib, uning qoldigʻi qahrabo toshida saqlanib qolgan, deb xabar qildi TASS.
Ostrakod – qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub boʻlib, chigʻanoqlilar sinfiga kiradi. Dengiz jonzoti boʻr davrida, bundan 145-66 million yillar oldin yashagan.
Xitoy geologiya instituti professori Sin Lidaning soʻzlariga koʻra, topilmaning noyobligi shundaki, bunday dengiz jonzotlari fanda juda kam oʻrganilgan. Uning oʻlchami ham gʻaroyib. Odatda ostrakodlar tanasi uzunligi 2 millimetrdan oshmagan, ammo buniki 12,9 millimetrdir. Okean tubida yashagan ostrakodning smola ichiga tushib qolgani ham oʻta kamyob hodisa.
Paleontologlar fikricha noyob topilma hududlarning qadimiy ekologiyasi va ostrakodlar evolyutsiyasini oʻrganishga yordam beradi.
OʻzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶