“YoSh LIBEPALLAP” KLUBLAPI FAOLIYaTI YaNADA JONLANTIPILMOQDA
Yaqinda tuman hokimligidagi FOʻOʻBOFMB tuman Kengashi majlislar zalida OʻzLiDeP tuman Kengashining Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikdagi “Yosh liberallar” klublari faoliyatini jadallashtirish” mavzusidagi oʻquv-seminarlari oʻtkazildi. “Yosh liberallar” klubi faoliyatini yanada jonlantirish, kelajakdagi saylovlarda deputatlikka qoʻyiladigan nomzodlar zahirasini koʻpaytirish va siyosiy bilimlarini oshirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida oʻtkazilayotgan oʻquv-seminarda OʻzLiDeP tuman kengashi raisining birinchi oʻrinbosari , apparat rahbari Muqaddas Beknazarova OʻzLiDePning faoliyati va deputatlik vazifalari toʻgʻrisida maʼruza qildi.
Shuningdek, oʻquv-seminar davomida Prezident Sh.Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi boʻyicha 2018-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida ham soʻz yuritildi. Seminar ishtirokchilari Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasi xususida va yurtimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar haqida fikr almashib, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda deputatlik faoliyatiga doir oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Seminar yakunida OʻzLiDePga aʼzo boʻlish istagini bildirgan ishtirokchilar partiya aʼzoligiga qabul qilindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶