ALDANIB QOLAYoTGAN FAPZANDLAP TAQDIPI UChUN KIM JAVOBGAP?
Hayotda yigitlarning yolgʻon «oʻldim-kuydim»lariga ishonib ularga inon-ixtiyorini topshirib qoʻyib, keyin pushaymon boʻlib qolayotgan qizlar, afsuski uchrab turadi. Buning uchun kimdir uning ota-onasini, kimdir zamonni, kimdir teleseriallarni, yana kimdir axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ayblaydi. Aslida buning uchun kim javobgar?
Bu hammani ham chuqur mulohaza yuritishga undaydigan savol. Dunyoda hech bir odam farzandlarining baxtsiz boʻlishini istamaydi. Farzandiga boʻlgan mehr-muhabbati tufayli ehtimol, baʼzi nomaqbul harakatlarini sezmay qolar. Bu qizlarga xohlagan koʻchangdan yuraver, degani emas-ku. Shaʼniga dogʻ tushirmay, obroʻsini saqlab yurishga ularning oʻzlari masʼul emasmi, eng avvalo? Sovgʻa-salomlarga, mashinalarda sayr qilishlarga, yolgʻon vaʼdalarga uchib, vaqtichogʻlik qilib yurishlarning ham javobi bor, axir.
Shunday damlarda ular aldanib qoldim, deb oʻzlarini jabrdiyda qilib koʻrsatishga harakat qilishadi. Oʻqish-oʻrganish uchun, taʼlim-tarbiyamiz uchun barcha sharoitlar yaratilayotgan bir davrda xuddi gumroh odamdek qizlarning oʻz ayblarini shu yoʻsin ifodalashlari umuman haqiqatga yaqin kelmaydi. Ota-bobolarimiz boʻlar ishga egasi boshchi, deb bekorga aytishmagan. Bu har bir bosgan qadamingning soʻrovi bor degani. Buni doimo yodda tutishimiz lozim.
Aziz tengdoshlarim! Oʻz taqdiringizga befarq boʻlmang, sharqona odob, goʻzal axloq va ilm hayotimizni bezab tursin!
Mahliyo PAHIMBOYeVA, Doʻrman ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶