ChIQINDILAPNI BELGILANMAGAN JOYGA TAShLASh-JAVOBGAPLIKKA SABAB BOʻLADI
Bugungi kunda ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sogʻligʻiga zararli taʼsirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish borasida koʻpgina saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Bunday koʻzlangan maqsad aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, biosferaviy muvozanatni saqlashga hissa qoʻshishdir.
Bu borada tuman Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boʻlimi inspektorlari tomonidan tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari bilan hamkorlikda noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Natijasida Beruniy, Chordara, Navoiy MFY hududlarida chiqindilarni belgilanmagan hududlarga tashlash kabi holatlar aniqlandi.
Bunday harakatlarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Pespublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunining tegishli moddalariga koʻra, belgilangan tartibda eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida jarima undirildi. Bundan tashqari tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektorlari, “Toza xudud” DUK xodimlari, Farovon MFY masʼul xodimlari bilan birgalikda hududni oʻrganganlarida Kimyogarlar koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylar yonida, ariq yoqasida koʻpdan beri toʻplanib kelayotgan chiqindixona borligini aniqladi. Aniqlangan holat yuzasidan tegishli choralar koʻrildi, 10 tonnadan ziyot chiqindi yoʻq qilindi. Shu holat yuzasidan hududdagi aholi bilan yigʻilish oʻtkazilib tushuntirish ishlari olib borildi va hududga chiqindilar tashlash uchun maxsus chiqindi qutilari qoʻyildi. Shu hudud aholisi va tuman “Toza hudud” DUK korxonasi oʻrtasida chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha ikki tamonlama shartnomalar tuzish yuzasidan tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektorlari tomonidan amaliy yordam berildi.
Tumanimizning obodon, ozoda boʻlishiga barchamiz maʼsulmiz, har birimiz oʻz uyimiz, mahallamizni toza va obod boʻlishiga xissamizni qoʻshaylik!
Javlon PAJABOV, tuman Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶