Jayxun ilhomlari
ÖZBEKISTON
Nurli kelajakka yöl olgan karvon,
Yöling bölsin osoyişta va ravon.
Tinçlikni qiroat etadi zabon,
Mangu ertak kabi tilda dostonim –
Jahon içra buyuk Özbekistonim!
Oltin, kumuş, qora oltin koning bor,
Xirmon-xirmon paxta, ğalla–doning bor.
Dasturxonlar töla issiq noning bor,
Mangu ertak kabi tilda dostonim –
Jahon içra buyuk Özbekistonim!
Tömaris-u, Barçinoyday mağrursan,
Yuraklarda qaddi baland ğurursan,
Zulmatni yoritgan eng yoruğ nursan,
Mangu ertak kabi tilda dostonim –
Jahon içra buyuk Özbekistonim!
Yuksak marralarni közlading, yurtim,
Farovonlik tomon yuzlanding, yurtim,
Ezgu söz, ezgu öy izlading, yurtim,
Mangu ertak kabi tilda dostonim, -
Jahonni lol etgan Özbekistonim!
Gulmira Rahmatullayeva,
64-sonli maktab öquvçisi.
Sizdek inson yöqdir, bobojon
Sizdek inson yöqdir bobojon, buyuk,
Siz biz uçun doim azizsiz, suyuk.
Berdingiz yurtga yuksak maʼnaviyat,
Huquqiy jamiyat, oliy qadriyat.
Aziz Bobojonim, mingdan-ming rahmat!
Xalq manfaatini öylab har doim,
Har ğarib köngilga berdingiz yordam.
Adolat yölini etib bardavom –
Qoldirdingiz bizga mustaqil Vatan.
Aziz Bobojonim, mingdan-ming rahmat!
Endi mustaqilmiz, ravon yölimiz,
Obod bölayotir öng-u sölimiz.
Xalqimiz tinç-totuv, mahalla obod,
Yurt şaʼnin kötarar barkamol avlod.
Aziz Bobojonim, mingdan-ming rahmat!
Nursuluv TÖQLIBOYeVA,
Amudaryo agrobiznes kasb-hunar
kolleji öquvçisi, «Yoş muxbirlar» tögaragi aʼzosi.
TURNALARNI SOĞINIB...
Kuz faslida “quv-quv” lab,
Turnalar ketib qoldi.
Mening dilim huvullab,
Xayr-xöş aytib qoldim.
Qay yurtga ketişdilar,
Yurtimdan ketib netar?
Bilsam, qorli qiş fasli,
Töğri kelmaskan asli.
Mayli, omon bölinglar,
Issiq yurtga yetinglar.
Fasli bahor kelganda,
Yana qayting, ölkamga!
Dilşodbek BIDOŞEV, 11-sonli maktab öquvçisi.
Qiş keçasi
Qiş keçasi. Hammayoq oppoq,
Qor tagida qirlar, dalalar.
Hali keçki sovuq tuşmayoq
Yaxlab qolar göyo havolar.
Kökda bedor oy-u yulduzlar,
Qişbobo ham heç uxlay olmas
U tonggaça qişloq aylanib,
Oynalarga gul çizib tolmas.
Sevara Safarboyeva, Amudaryo akademik
litseyi öquvçisi.
UNUTMAYMIZ!
Sezilmoqda jahon şodligi,
Farzandlardir Vatan boyligi,
Ulğaymoqda köp Navoiylar
Ular endi dunyo borliği.
Ğazallari dillarga orom
Ulaşadi har bir soniya.
Navoiyga quloq tutinglar,
Yetaklaydi ilm koniga.
Gullar eking, tuproqni öpib,
Ilhom berar xuşböy hidlari
Asrlarni qoldirib ortda,
Kelayapti şoir nomlari.
Sizdir öşa tabarruk inson,
Donolarning donosidirsiz
Ruhingiz şod bölsin har qaçon
Unutmaydi öğil-qizingiz.
Dildora RAJABOVA,
«Boğ» mahallasi.
MIR ALIŞER BOBOMLAR
Har bir sözi hikmatli,
Hayot yöli ibratli.
Har köngilga azizlar,
Mir Alişer bobomlar.
Ğazal mulkin sultoni,
Gözal har bir dostoni.
Söz aro buyukdirlar,
Mir Alişer bobomlar.
Dunyoga dong taratgan,
“Xamsa”ni u yaratgan.
Quş tilin ham bilganlar,
Mir Alişer bobomlar.
Irodaxon BEKIMBETOVA, 30-maktab öquvçisi.
GUL KABI
Bil, Navoiydan bağoyat manfaat
Köp erur köngil qöyib uqsang faqat.
Öqisam böldi dema, takror kör,
Yuzaki yuzlanma-çin yuz bor kör.
Yod tutib yurgin ögit – pandin yaqin,
Qaydadir qaymoq asar andin yaqin.
Hikmatin qalbda avayla mulk kabi,
Joningga jonon aylab gul kabi!
Jumaboy HIDOYaTOV,
«Jayxun ilhomlari» NNT aʼzosi.
TABIATNI ASRAYLIK!
Inson özi şunaqa,
Istaganin bajarar.
Tabiatga gohida,
Hatto ozor yetkazar.
Baʼzilar behudaga,
Daraxtlarni kesadi.
Sölim boğlar qöynida,
Xazonlarni yoqadi.
Boğçada va maktabda,
Örgatişar odobni.
Meʼyor bor tabiatda,
Degan ilm-u kitobni.
Qança köp öqisa-da,
Ayrimlar heç uqmaydi.
Kuzda, bahor faslida,
Bitta köçat ekmaydi.
Axlat taşlar suvlarga,
Uyib qöyar yöllarga.
Boğlarda yoqib xazon,
Zahar soçar dillarga.
Keling, döstlar birlaşib,
Köp-köp köçat ekaylik.
Aql bilan öylaşib,
Sof havo yarataylik!
Otanazar AHMEDOV,
64-sonli maktab öquvçisi.
Anor
Men anorman, durdona,
Mağzim töq, dona-dona,
Bağrim töla darmon bor,
Zör mevaman dorivor.
Boşimda bordir tojim,
Misli yoqut marjonim.
Dasturxon ziynatiman,
Boğbonning himmatiman.
Şahlo Ibrohimova,
14-sonli maktab öquvçisi.
ISLOM BOBOM
Buyuklar içra buyuk,
Bobomlar içra suyuk.
Islom bobom qurgan Yurt–
Barça yurtlardan buyuk.
Suratingiz xonamda,
Boqib turar muloyim.
«Aqlli böl, bolam», deb,
Uqtirasiz Siz doim.
Yaxşi öqib, bobojon,
Işonçingiz oqlayman.
Yölimizda zör imkon,
Izlanişdan tolmayman!
Mahliyo BOZORBOYeVA, 78-maktab öquvçisi.
UMID
Umidlar köksida yuraman uçib,
Orzular osmoni bağriga çorlar.
Işonçlar yelkanin mahkamroq tutib,
Uçaman, yölimda porlar çiroqlar.
Sen menga eslatma ötgan kunlarni,
Ortimda qolsin u mudhiş tuş kabi,
Seni körganimda mudroq hislarni,
Uyğotib, kel yana navbahor kabi.
Soğinçdan söz aytsin öşanda közlar,
Şirin xotiralar dillarni silab.
Muhabbat şavqidan yaşnasin yuzlar
Yaxşilar kelsinlar baxtimiz tilab.
Adolat Sultonova, Melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji kimyo fani öqituvçisi.
TABIATNI ASRAYLIK!
Inson özi şunaqa,
Istaganin bajarar.
Tabiatga gohida,
Hatto ozor yetkazar.
Baʼzilar behudaga,
Daraxtlarni kesadi.
Sölim boğlar qöynida,
Xazonlarni yoqadi.
Boğçada va maktabda,
Örgatişar odobni.
Meʼyor bor tabiatda,
Degan ilm-u kitobni.
Qança köp öqisa-da,
Ayrimlar heç uqmaydi.
Kuzda, bahor faslida,
Bitta köçat ekmaydi.
Axlat taşlar suvlarga,
Uyib qöyar yöllarga.
Boğlarda yoqib xazon,
Zahar soçar dillarga.
Keling, döstlar birlaşib,
Köp-köp köçat ekaylik.
Aql bilan öylaşib,
Sof havo yarataylik!
Otanazar AHMEDOV,
64-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶