Xotin-qizlar ish bilan taʼminlanmoqda
Tumanimiz aholisining 94,1 ming nafarini ayol-qizlar tashkil etadi. 2017-yilda jami 615 nafar ayol-qizlarga turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, taʼlim olish va uy-roʻzgʻor buyumlarini xarid qilishlari uchun tijorat banklari tomonidan jami 4,836 mlrd. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratildi.
«Tamara-Feruza» MChJga qarashli tikuvchilik tsexi 2009-yilda tashkil etilgan boʻlib, tsex rahbari Tamara Yusupova tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bilan birga, ish oʻrinlarini yaratib, ayol-qizlarni ish bilan taʼminlab kelmoqda.
Tadbirkor 2011-yilda 25 mln, 2016-yilda 40 mln. soʻm miqdorida kredit olib, tsexning moddiy-texnika bazasini yaxshiladi va ayol-qizlar uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil qildi.
Biz milliylik va zamonaviylik uygʻunligidagi dizaynda ayollar hamda bolalar kiyimlarini tikib, eksportbop mahsulotlar tayyorlashni va chet elga eksport qilishni ham rejalashtirdik – deydi tsex rahbari Tamara Yusupova. – Ayni kunda tsexdagi ayol-qizlar bilan bu rejamizni amalga oshirishga harakat qilmoqdamiz.
Hozirda korxonada 15 nafar ayol-qizlar mehnat qilmoqda.
O. Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶