30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:11
Jamiyat 👁 351

Isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlanmoqda

Isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlanmoqda

Mamlakatimizda tabiiy gazni quvurlar orqali yetkazish qiyin boʻlgan hududlarda yashovchi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha samarali tizim yaratilgan. Bu borada aniq qoidalar va standartlar mavjud boʻlib, ular isteʼmolchilarning xavfsizligini taʼminlash va gaz taʼminotining uzluksizligini kafolatlashga xizmat qiladi. Suyultirilgan gazni yetkazib berish gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda gazning yetkazib berilish muddatlari, miqdori va sifati kabi muhim parametrlar aniq belgilab qoʻyiladi.

Gaz taʼminoti tashkilotlari, shuningdek, xonadonlar soni va tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojni, gaz ballonlarining mavjudligini hisobga olgan holda kelgusi yil uchun suyultirilgan gazning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlab, yuqori tashkilotlarga buyurtma beradi va yil davomida taʼminotning uzluksizligiga masʼul hisoblanadi.

Amudaryo tumanida ham isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman boʻyicha suyultirilgan gaz isteʼmolchilari soni 25 ming 33tani tashkil qilib, shundan 24 ming 993tasi aholi isteʼmolchilari va 40tasi maishiy soha isteʼmolchilari hisoblanadi. Tuman boʻyicha 38ta ovul va mahallalardagi isteʼmolchilar suyultirilgan gazga moslashtirilgan boʻlib, ularga 1 ta servis markazi va 7 ta shaxobcha orqali suyultirilgan gaz uzluksiz ravishda yetkazib beriladi.

Markaziy gaz ballonlarni qabul qilish va tarqatish shoxobchasi orqali tumanning Choykoʻl, Toʻlqin, Oʻrta qalʼa, Amir Temur nomli va Tosh yop ovullari, shuningdek, Bosuv, Arna boʻyi, Bogʻ mahallalari hududidagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Xolimbeg ovulidagi servis markazi orqali Xolimbeg va Qilichboy ovullari hamda Ayoqchi mahallasi hududidagi, Kuyuk koʻpir ovulidagi shoxobcha orqali esa Kuyuk koʻpir, Bobur nomli ovullar hamda Oʻzbekiston mahallasi hududidagi isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, tumanning Qipchoq ovulida joylashgan shoxobcha orqali Qipchoq ovuli, Daryo boʻyi, Uyshin va Beshtom mahallalari hamda Qipchoq shaharchasi hududidagi aholi isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Oq oltin ovuli va Jumurtov shaharchasidagi isteʼmolchilar Oq oltin shoxobchasi orqali, Qangli ovuli va Qum yop mahallasidagi isteʼmolchilar esa Qangli shoxobchasi orqali suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi.

Aytish kerakki, maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha obʼektlariga taqsimlash va yetkazib berish tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bu jarayonda gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sigʻimlari yordamida yetkazib berish koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-sonli qaroriga asosan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish va yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash maqsadida “Aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan. Bu nizomda gaz yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash kabi masalalar qamrab olingan.

“Hududgazta’minot” aktsiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” gaz taʼminoti filialiga qarashli Amudaryo tumani gaz taʼminoti korxonasi xodimlari ham aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda ushbu texnik qoidalarga qatʼiy amal qilmoqda.

Korxona xodimlari tumanning eng chekka hududlaridagi isteʼmolchilarga ham oʻz vaqtida va  sifatli xizmat koʻrsatib kelishmoqda. Doʻrman shoxobchasi orqali Doʻrman ovuli, Boʻz solma va Qoramon mahallalari, Boʻz yop shoxobchasi orqali esa Boʻz yop ovuli hududidagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz tasdiqlangan jadval asosida uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, Xitoy va Nazarxon ovullari, Tosh qalʼa, Besh ovul, Yuqori qishloq, Hizr eli, Tor yop, Namuna, Qizilcholi, Jumur ovul mahallalari hududidagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz jadval asosida, maxsus avtomashinalarda aylanma tarzda tashib yetkazib berilmoqda.

Birgina joriy 2024-yilning 1-choragi uchun jami 1 ming 80 tonnaga yaqin, shu jumladan aholi isteʼmolchilari uchun 1 ming 70 tonnaga yaqin, maishiy soha isteʼmolchilari uchun esa 10,5 tonna suyultirilgan gaz fondi belgilangan boʻlsa, amalda jami 1 ming 100,5 tonna suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga yetkazib berildi. Bu hajmning 1 ming 96 tonnasi aholi isteʼmolchilariga, 4,68 tonnasi esa maishiy soha isteʼmolchilariga toʻgʻri keladi.

Suyultirilgan gazning aholiga yetkazib berilishi murakkab va koʻp qirrali jarayon boʻlib, unda qatʼiy qoidalar va standartlarga amal qilish talab etiladi. Bu esa tizimning samarali ishlashi, aholining xavfsizligi va farovonligi uchun juda muhim boʻlib, mamlakatning energetika xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Q.Matirzayev, “Amudaryotumangaz”ning suyultirilgan gaz xizmati boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026