Sinfda “Kamalak” burchagi
Tumandagi 22-sonli umumtalim maktabida 592 nafar oʻquvchi taʼlim oladi. Shundan 443 oʻquvchi “Kamalak”bolalar tashkiloti aʼzolaridir. “Kamalak yulduzlari” festivali, “Mening birinchi Prezidentim” loyihasi doirasidagi insholar tanlovi, maktabimizda “Yoshlar shahmat taxtasi”, “Qiziqarli sport musobaqalari”, “Eng namunali sinf sardorlar Kengashi” tanlovi, “Nishonim-gʻururim” nomli rasmlar tanlovi hamda “Yosh bilimdon” tanlovlari oʻtkazildi. Maktabimizning matbuot boʻlimi sardorlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan tanlov esa oʻquvchilar dunyoqarashi shakllanishida yordam bermoqda. Bu tadbirda ular oʻzlari tayyorlagan “Kamalak” burchaklarini chiroyli qilib taʼriflab berdilar. Tomoshabin oʻquvchilar ham savollar berib, savollariga javob oldilar. “Eng faol oʻquvchilar sinfida” yoʻnalishi sardorlari reytingi, toʻgaraklarga qatnashishi, “Kamalak” bolalar tashkiloti maqsadi va zaruriy eʼlonlar haqida soʻzlab berdilar. Tadbirda oʻquvchilar tayyorlagan sheʼrlar, raqslar ijro etildi. Har haftaning seshanba kuni tadbirlar kuni ekanligi aytilib, “Quvnoq sardorlar” tanlovi aa bitta muhim tadbir eʼlon qilindi. Birinchi Prizidentimiz I.A.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 4,5,6-sinflar oʻrtasida “Bobomning hikmatlari” nomli tadbirni ham yuqori saviyada oʻtkazish rejalashtirildi.
Z Oʻrozimbetova,
22-sonli maktabning “Kamalak” bolalar
boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶