29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:25
Fan va taʼlim 👁 246

“KAMALAK – 20 YoSh” NOMLI ANJUMAN OʻTKAZILDI

“KAMALAK –  20 YoSh” NOMLI ANJUMAN OʻTKAZILDI

“Kamalak” – bolalarning sevimli tashkiloti sifatida koʻp yillardan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Tashkilot tomonidan jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilayotgan turli tadbirlar oʻsib kelayotgan yoshlarni birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilda “Kamalak” bolalar tashkiloti tashkil topganiga 20-yil toʻldi. Har yili sana munosabati bilan tashkilotning “Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostidagi anjumanlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan.

5-iyun kuni 12-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Kamalak – 20 yosh” nomli XX anjuman oʻtkazildi. Anjumanni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Hakim  Saparboyev ochib berdi va tashkilotning tashkil topganiga 20-yil toʻlgani bilan maktab yoshlarini tabrikladi.

 Tadbirda soʻzga chiqqanlar yosh avlodni milliy gʻoyalar asosida Vataniga sodiq, komil farzandlar etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, isteʼdodi va qobiliyatini roʻyobga chiqarishi hamda rivojlantirishi uchun sharoitlar yaratib berish tashkilotning asosiy maqsadi ekanligini taʼkidlab oʻtishdi.  Yoshlar yetakchisi Nigora Saidmurodova ham oʻz soʻzida maktabda 10 yoshdan 14 yoshgacha yoshlar aʼzolik roʻyxatidan oʻtkazilgani, 7 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar esa tashkilotning faol aʼzosi ekanini aytib oʻtdi. Tashkilot tomonidan tashkil qilingan turli xil tanlovlar, tadbirlar va sport musobaqalarida maktab oʻquvchilari faol ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelayotganini faxr bilan tilga oldi.  

Taʼkidlash joizki, tashkilot tomonidan isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning  ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda  qobiliyatlarini toʻgʻri rivojlantirishga doir koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda.   Ushbu maktabda  mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib kelayotgan yoshlar aytishga arzigulik yutuqlarni qoʻlga kiritishmoqda. Joriy yilda  maktab sardori Ruxshona Umirboyeva  “Yil  sardori” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida 1-oʻrinni egallab, Respublika bosqichida faol ishtirok etdi. Undan tashqari, 5-sinf oʻquvchisi Xursandbek Umirboyev sportning DZYuDO  turi boʻyicha musobaqalar gʻolibi, 4-sinf oʻquvchisi Dilshodbek Jalgashev esa Urganch shahrida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan DZYuDO festivalida 1-oʻrinni egalladi. Tashkilotning faol aʼzosi, 1-sinf oʻquvchisi Dostonbek Aminboyev ham Nukus shahrida oʻtkazilgan “Yoshlar ovozi” festivalida estrada yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirok etib, oʻzining iqtidorini, qobiliyatini namoyish qildi.

 Anjuman davomida fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan oʻrnak  boʻlib kelayotgan maktab sardorlari va faol yoshlarga tashakkurnomalar taqdim etildi. Shuningdek, anjumanda ishtirok etgan faollar Yoshlar agentligi tuman  boʻlimi tomonidan taqdirlandilar.  

Shundan soʻng, maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona dasturlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi. Bayramona va koʻtarinki ruhda oʻtgan anjuman yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026