OMMAVIY MADANIYaT TAʼSIPIGA TUShMAYLIK
bizga maʼlumki, sharq va gʻarb oʻrtasida maʼnaviy kurash avj olgan. Bu maʼnaviy kurash hozirgi kunga qadar yetib kelgan. Bizning milliyligimizni, maʼnaviyatimizni, madaniyatimizni tortib olish bilan kechayotgan bu maʼnaviy kurashda ommaviy madaniyat targʻiboti avj oldirilmoqda. Afsuski, gʻarbiklarning bu madaniyati oramizga kirib kelishga ulgurdi. Ayniqsa, bu holat yoshlarimizning orasida oʻz xurujini boshladi. Oddiygina yurish-turishimiz, kiyinishimiz, soʻzlashishmiz butkul oʻzgarib ketdi. Bu koʻproq muomalamiz va kiyinishimizda namoyon boʻlmoqda.
Telefonda gaplashganda va jamoat joyida hayratlanarli gaplarni gapirayotgan tengdoshlarimizni koʻrib baʼzan, uyalib ketadi odam. Ayniqsa, oʻzbek qizlarimizning milliy libos fasonlari yoʻqolib borayotgani insonni tashvishga soladi. Qoʻllarga, koʻkraklariga tatuirovkalar chizdirgan, bitta qulogʻiga sirgʻa taqqan yigitlarni koʻrib, biz yoshlar tarbiya va axloq borasida anchagina tubanlashib borayotganimizdan xafa boʻlib ketaman.
Men Iqtisodiyot kolleji oʻquvchisiman. Qishloqdan qatnab oʻqiyman. Yoʻlda nafaqat shaharlik, balki qishloq yoshlarining ham kiyinish va muomala borasida ochiqdan-ochiq “ommaivy madaniyat” taʼsiriga berilayotganliklariga koʻp bora guvoh boʻlaman. Shuning uchun baʼzi ota-onalarimizga murojaat qilmoqchiman:
- Oʻgʻlingiz va qizingizning egnidagi kiyimlariga bir eʼtibor bering: tor shim, kalta shortik kiygan oʻgʻlingizni, sochini yoyib, yelkalari va oyoq sonlari ochiq-sochiq koʻylak kiygan qizingizni salgina tartibga chaqiring, iltimos. Labiga sigareta qistirgan oʻgʻlingiz (hatto qizlar ham chekishyapti!) va qizingiz bilan alohida tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazing!
Chunki bizning yoshimizdagi yigit-qizlar hali nihol, shamolning esishiga qarab egilishga moyil. Toki, ularni bemaza holatlarni olib keluvchi “shamol”lar egib olmasin.
Jahongir Nurimov, Iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶