KUTUBXONA – MENING SEVIMLI MASKANIM
Kutubxonalar insoniyat barcha maʼnaviy boyliklarning inʼikosidir, - degan edi mashhur adiblardan biri.
Ha, kutubxonaga tashrif buyurgan, u yerdagi oʻzbek adabiyoti va jahon adabiyoti durdona asarlaridan bahramand boʻlgan odam buni juda yaqqol his qiladi.
Men maktabda oʻqib yurgan paytlarimdanoq oʻqituvchi boʻlishni, oʻzimga taʼlim-tarbiya bergan ustozlarim kabi yosh avlod kamoloti yoʻlida xizmat qilishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻygan edim.
Orzularim yoʻlida maktabni tugatib, 3-sonli Amudaryo akademik litseyga oʻqishga kirdim.
Litseyda oʻquvchilarning taʼlim olib, oliygohlarga oʻqishga kirishlari uchun barcha sharoitlar bor.
Bulardan tashqari, turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, oʻquvchilarning faolligini oshrishiga eʼtibor qaratiladi.
Barcha tengdoshlarim qatori men ham chuqur bilim olishga intilayapman. Shu maqsadda litseyimiz kutubxonasidan tashqari, “Jayxun ilhomlari” NNT qoshidagi kutubxonaga ham aʼzo boʻlib, badiiy kitoblar oʻqib borayapman. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va NNT xodimlarining hamkorlikda 20-apreldan 20-maygacha “Ommaviy kitobxonlik” oyligini oʻtkazayotganidan juda hursand boʻldim. Chunki tadbir kabi necha-necha yoshlarning kutubxonadagi kitoblardan bahramand boʻlishiga imkon yaratmoqda, kitobxonlik ommaviylashishiga asos boʻlmoqda.
Men barcha tengdoshlarimni ilm olish barobarida badiiy kitoblar ham oʻqib, maʼnaviyatini boyitib borishga chaqiraman.
Ziyoda QUVVATOVA,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶