Maktablarda qoʻngʻiroq jaranggi
HAYaJONLI DAQIQALAR
Mana, oʻquv yili tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Maktabimiz oʻquvchilari oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrdilar. Biz kutgan kun ham keldi, azizlar! Umumtaʼlim maktablarida 11 yillik taʼlim tizimi tiklanishi munosabati bilan bu yil bitiruvchi sinflar yoʻq. Qoʻngʻiroqlar esa yana bir oʻquv yili yakunlanganini bildirib jaranglamoqda. Eshityapsizmi, qoʻngʻiroq jarangini! Oʻquvchilarning “Qadrdon maktabimiz bagʻrida oʻqib-oʻrganish, doimo izlanish, yangilikka, taraqqiyot choʻqqilarini zabt etishga intilib yashaymiz!” shiori ostida saf tortib chiqishlari, endigina birinchi sinfga qabul qilingan jajji qizchaning qoʻngʻiroq chalayotgani nihoyatda hayajonli. Bu manzarani koʻrish men uchun biroz taʼsirli. Bir kuni bizlar ham huddi mana shu aka-opalarimizdek yuqori sinf oʻquvchilari boʻlamiz. Maktab-bolalikning begʻubor damlariga boy aziz dargoh. Bir kuni shirin xotiralarga boy qadrdon maktabimiz bilan xayrlashamiz. Oʻsha kun kelgunga qadar yuqoridagi shiorga sodiq boʻlib ilm choʻqqilarini egallash uchun intilib yashaymiz. Intilish esa bizni oydin orzular sari chorlab turadi.
Sunnatilla ISMOILOV,
74-maktab oʻquvchisi, “Yosh muxbirlar” posti aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶