HAPBIYLAPGA XIZMAT UYLAPI TOPShIPILDI (+foto va video)
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 30-martda qabul qilgan “Oʻzbekiston Pespublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi 2858-sonli qarori asosida butun mamlakatimizda boʻlgani Amudaryo tumanida ham 10 nafar harbiy xizmatchilar oilalariga 2 qavatli, shinam, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega xizmat uylari qurib bitkazildi.
Eʼtiborlisi, xizmat uylari barcha muhandislik tarmoqlari bilan, yaʼni alohida suv-nasos stantsiyasi, markaziy issiqlik qozonxonasi, elektr transformatori va zahira elektr liniyasi bilan taʼminlangan, xonalari keng va qulay. Bundan tashqari, zamonaviy bolalar maydonchasi va yozgi dam olish joyiga ham ega.
Vatanimiz sarhadlarini ishonchli qoʻriqlab, tinchlik-osoyishtaligimizni taʼminlayotgan Oʻzbekiston respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining “9202-D” harbiy qismi tarkibidagi 3-chegara postida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun xizmat uylarini “Tuproqqalʼa maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari qisqa fursatda, sifatli qurib bitkazdilar.
31-may kuni mazkur xizmat uylarini foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Pespublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Qoʻmondoni oʻrinbosari, polkovnik Baxtiyor Mansurov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev va boshqalar soʻzga chiqib, mamlakatimizda harbiy sohani isloh qilish, harbiy xizmatchilar uchun munosib ish va turmush sharoitlarini yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.
Pamziy tasma kesilib, tender bahosi 3 mlrd. soʻmdan ortiqroq boʻlgan mazkur xizmat uyi foydalanishga topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari xizmat uylarida yaratilgan shroitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan bu kabi sharoitlar ularni oʻz burchlarini yanada gʻayrat-shijoat bilan ado qilishga undab, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligiga xizmat qilishi shubhasiz.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶