Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilmoqda
Mamlakatda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
2003-yildan buyon tadbirkorlik subʼektlarini «yagona darcha» tamoyili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspektsiyalari tomonidan amalga oshirib kelingan.
2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspektsiyalar negizida Tadbirkorlik subʼektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari tashkil etildi.
2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha keyingi qadam boʻlib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi.
2017-yil 1-apreldan boshlab roʻyxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi «Doing Business 2018» global reytingidagi «Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish» koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekistonning mavqeini 24-oʻrindan 11-oʻringa yaxshilashga xizmat qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Agentlikning tumanlar va shaxarlarda Tadbirkorlik subʼektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilindi.
Agentlik va uning markazlarini tashkil etishdan maqsad davlat xizmatlari idoralarini xalqqa yaqinlashtirishdir.
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish, aholiga tez, qulay va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining asosiy vazifasi etib belgilandi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 37 tagacha yetdi.
Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qtsilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmoniga muvofiq 2018-2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan «yagona darcha» tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga kiritilgan davlat xizmatlaridan endilikda fuqarolar ham foydalanishlari koʻzda tutilgan.
Davlat xizmatlari markazi kadastr, notarius va yoki boshqa davlat xizmati idoralarimi, xatto abituriyentlardan xujjat qabul qilish ham markaz orqali amalga oshiriladi.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishini taʼminlash maqsadida:
Quyidagilar davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblanishi nazarda tutilgan:
birinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshirish;
ikkinchidan, Tadbirkorlik subʼektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzgartirish;
uchinchidan, davlat xizmatlarining har bir turi boʻyicha «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyiliga koʻra davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmini, eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash;
toʻrtinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari koʻrsatish amaliyotini kengaytirish;
beshinchidan, davlat xizmatlarini, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali («mobil davlat xizmatlari») koʻrsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan, mazkur sohada byurokratiya va korruptsiya yuzaga kelishini bartaraf etishga qaratilgan navbatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ishlarning uzaytirilgan grafigidan foydalanish;
oltinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda on-layn soʻrovlarni tashkil qilish;
yettinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida malakali kadrlarni tizimli tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan muassasalarida stajirovka oʻtash orqali tizimli ravishda oshirishni tashkil etish.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish sohasidagi oʻzgarishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi “muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 256-sonli Qarori qabul qilingan.
Mazkur Qarorda
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) elektr tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
Reglament talablari isteʼmolchilarning 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulanishi holatlariga tatbiq etilmaydi.
Elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish;
quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish;
elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash;
elektr taʼminoti shartnomasini tuzish;
kuchlanishni yetkazib berish.
Ushbu Reglamentning amal qilishi isteʼmolchilarning elektr tarmoqlariga ulanayotgan yangi va rekonstruktsiya qilinayotgan elektr qurilmalariga, shuningdek, ulangan quvvat miqdori koʻpaymasdan elektr taʼminoti sxemasi oʻzgarishiga olib keladigan elektr taʼminoti ishonchliligi toifasi, ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgartirilayotganda tatbiq etiladi.
va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining oʻzida aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni koʻrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishini bekor qilish, davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik tadbirlari belgilangan.
Tuman Davlat xizmatlari markazi direktorii M.Sadikov.
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish SOHASIDAGI OʻZGARIShLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 244-sonli Qarori qabul qilingan.
Reglament bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda muassasalar deb ataladi) qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
Bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha umumiy asoslardagi navbatga kiritilgan anketalar roʻyxati, unda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda arizachilar deb ataladi) yoʻllanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda murojaat qiladilar yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish uchun YaIDXPda roʻyxatga olinadilar.
Oʻzi kelgan holda murojaat qilingan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi arizachi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa arizachi davlat xizmatlari olish uchun anketani elektron tarzda mustaqil ravishda, vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
Arizachilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Arizachilar anketada quyidagilarni koʻrsatish (tanlash) huquqiga egadirlar:
a) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan muassasani (yoʻllanma olish uchun);
b) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan muassasani (navbatga kiritilishi uchun);
v) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan ikkita muassasani (navbatga kiritilishi uchun);
g) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan bitta muassasani (yoʻllanma olish uchun) va boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan boshqa muassasani (navbatga kiritilishi uchun).
Arizachi farzandini muassasaga qabul qilishning kichik yoshga yetgunigacha navbatga qoʻyish huquqiga ega.
Yoʻllanma muassasaga qabul qilish boʻyicha kichik yoshga yetishidan erta boʻlmagan muddatda beriladi.
Anketa rasmiylashtirilgandan va unga zarur maʼlumotlar kiritilgandan keyin arizachi uni ERI bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP arizachilarni davlat xizmatlari olish uchun ERIning albatta mavjud boʻlishi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilishadi.
Davlat xizmatlari markazlari arizachilar tomonidan joyida ERIni olish uchun barcha zarur shartlarni taʼminlashi shart.
Bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
U.Saparbayeva, tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi
Jamiyatimizda shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi qonun bilan taʼqiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni qabul qilingan.
Ushbu Qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
korruptsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korruptsiyaga oid huquqbuzarlik — korruptsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.
Korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlash.
Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga koʻra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Jamiyat taraqqiyotiga, fuqarolar manfaatlariga putur yetkazuvchi korruptsiyadek illatdan qutilishga qarshi kurashish xar birimizning vazifamiz xisobalanadi.
M.Sadikov
Tuman Davlat xizmatlari markazi direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶