TOʻY-MAʼRAKALARNI IXChAMLAShTIRIShGA KELIShIB OLINDI
Hozirgi kunda mamlakatimizda toʻy-maʼrakalar va boshqa marosimlarni oʻtkazish borasidagi dabdababozlik, isrofgarchiliklar haqida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilayapti. Shu boisdan ham barcha qishloq, ovul, mahalla va shaharchalarda isrofgarchilik va dabdababozlikka barham berish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Joriy yilning 11-iyul kuni “Ayoqchi” mahallasida mahalla faollarining tashabbusi bilan toʻy va boshqa marosilarni oʻtkazishda yoʻl qoʻyilayotgan ortiqcha dabdababozlikni bartaraf etish, isrofgarchilikning oldini olish, el-yurt odatlari va anʼanalarini mensimaslik va shuhratparastlik holatlariga barham berish maqsadida omma oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda mahalla fuqarolar yigʻini raisi A.Qalandarov, Nuroniylar Kengashi raisi G.Sultonova, mahalla faoli M.Jumatov va mahalla imomi J.Rahimovlar toʻy-maʼrakalarni oʻtkazishdagi nomaʼqulchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶