"Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz"
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan 1-avgustdan 30-avgustgacha boʻlgan oraliqda oʻtkazilayotgan “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz” deb nomlangan oilaviy munosabatlarni mustahkamlash oyligi doirasida tumanimizdagi ovul va mahallalarda, mehnat jamoalarida turli tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Shu yilning 9-avgust kuni Chordara va Navoiy mahallalarida ham shu mavzuda davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida MFY xodimlari, faollari, ibratli oilalar bekalari, yoshlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qoʻshayotgan nuroniy otaxonlar, onaxonlar ishtirok etdilar.
Yigʻilganlar dastlab “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi G.Yusupova, tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Matyuusupovlarning tumanimizda ham oilaviy ajrimlar kamaymayotgani, natijada qancha begunoh goʻdaklar yetim boʻlib qolayotgani, buning oldini olish uchun yigitlarni ham, qizlarni ham ota-onalar turmush qurishga yaxshi tayyorlashi, ularga oila muqaddasligini singdirib borishlari lozimligi xususida maʼruza qildilar.
Davra suhbati jonli muloqot tarzida davom etdi. Keksa yoshli kishilar, yoshlar oilaviy ajrimlarning oldini olish, tinch-totuvligiga erishish borasida oʻz fikr-mulohazalarini oʻrtaga tashladilar.
Biror ezgu ishga qatʼiyat bilan kirishmoq – yarim muvaffaqiyatdir.
Oʻylaymizki oilaviy totuvlikka erishish borasida oʻtkazilayotgan oylik ham oʻzining samaralarini beradi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶