Jayxun ilhomlari
IFTIXOR
Mustaqillik bayrami – dilda tuğyondir bugun,
Sarhisob aniq, yorqin. Reja ayondir bugun,
Inşoolloh, xalqimga yöllar ravondir bugun,
Yigitlar yovqur, qizlar mohitobondir bugun,
Kamolingga mahliyo jumla jahondir bugun!
Har tolibi ilmga oçildi jahonga yöl,
Tadbirkor-u ijodkor, oqil har insonga yöl,
Yaxşi niyat, taşrifi xöb aziz mehmonga yöl,
Tojik, qirğiz, qozoğim, hind-u turk, afğonga yöl,
Himoyat kafolatli, xurram zamondir bugun.
Şiordir: “Birodarlik!” Körarmiz baxtni baham,
Millat-u irq-u dinda tafovut topgan barham.
Yigit-qiz eʼtiborda, oqsoqollar mukarram,
Yetmoqda Uluğ niyat – Haji muborakka ham,
Sobit eʼtiqod ila toza iymondir bugun.
Tugalar töraçilik, poraxör yer taʼzirin,
Qonun olar hayotiy adolatli taʼbirin,
Davlat idoralari xalqqa xizmat taʼsirin,
Qaçon, kim körgan şunday “Qurʼon”, “Hadis” tavsirin,
Bunda oşkor-u pinhon, qudrat ayondir bugun.
Muhim: el manfaati, uluğ va aziz – Inson!
Istilohlar tolʼeing, istiqbolingdan nişon,
Hayqirmoqqa baralla yetdi fursat va imkon:
“Aziz va yagonamsan, jonajon Özbekiston!”
Şujo, jasur, mardona rahbar Sultondir bugun.
Tursunboy ABDULLAYeV.
Bayraming muborak
Zamonam tinç. Yurtim farovon,
Xalqim rozi, bölgaydir omon,
Bölmagandir bundayin zamon,
Mangu yaşna, hur Özbekiston!
Mudom porloq bölgay quyoşing,
Qutluğ bölsin yigitlik yoşing.
Omon bölsin dono Yurtboşim,
Mangu yaşna, hur Özbekiston!
Mustaqillik bor bölsin mudom,
Alloh özi yor bölsin mudom.
Yaxşi kunlar bölsin bardavom,
Mangu yaşna, hur Özbekiston!
Yoşlar borar kelajak sari,
Bir-biridan suluv, dilbari.
Barno yigit, qizlarning bari,
Qutlar bugun, hur Özbekiston.
Dunyoga tanildi qoraqalpoq ham,
Amudaryom mening qaysi yurtdan kam.
Mehnat-u ijodda barçasi hamdam,
Bayraming muborak, hur Özbekiston.
Dalamiz körkidir oppoq paxtalar,
«Oq oltin»i bois özbek maqtalar.
Farhod şukronasi köpdir naqadar,
Bayraming muborak, hur Özbekiston!
Farhod AVEZOV.
VATAN
Şuhrating-u şoningdan,
Aylanayin boringdan.
Dil şodlikka töladi,
Mehr töla boğingdan.
Dalalarda yugurib,
Şeʼr öqiyman gohi men.
Şunda, meni körsangiz,
U eng baxtli qiz-ku deng.
Vatanimni kuylasam,
Onam öpar yuzimdan.
Aytadiki: “jon bolam,
Çalğimagin sözingdan!”
Dildora RAJABOVA,
“Boğ” mahallasi.
JONIM FIDO
Yagonadir Vatanim mening,
Bunday Vatan olamda yöqdir.
Men şu yurtda tuğilib-ösdim,
Kindik qonim tökildi mening.
Men şu yurtda tuğilganim-çun,
Közga surgum gardlarini ham.
Kerak bölsa, Vatanim uçun,
Jonimni ham fido qilaman.
Roza MURODOVA,
67-sonli maktab öquvçisi.
Yurtim
Özbekiston atalmiş,
Yurtim bor gözal.
Uning har göşasi,
Jonimdan afzal.
Toğ-u toşlarida,
Gullar yaşnaydi.
Hatto çöp qadasang,
Gullab-yaşnaydi.
Bahor kelsa boğlarida,
Olmalar pişar.
Örik, olça, olxörilar
Yetilib tuşar.
Bayroğida aks etgan,
Ön ikki yulduz.
Osmoni musaffo
Keça va kunduz.
Bobolarim bizlarga,
Qoldirgan meros.
Şu yurtni avaylaş,
Mard avlodga xos.
Yorqinoy Kenjaboyeva.
Jonajon elim
Ham ozod va obod bölib yaşnayapsan, jon Vatan,
Tinç hayotning oğuşida gullagan böston, Vatan,
Baxt-u iqbol maskanisan, bulbulga oşyon, Vatan,
Har farzanding öziga bek, öziga sulton, Vatan,
Ham aziz va yagonamsan, özing jonajon, Vatan.
Jannat misol bağring aro bir-birin hurmatlaşib,
Yaşar şod-u xurram mudom turli millat birlaşib,
Yangrar özbekning töyida “Dambermes”lar yaraşib,
Qoraqalpoq töyida “Lazgi”ga öynar yayraşib,
Bunda öz qadrini topgan har bitta inson, Vatan.
Öz kamoling orzusida ilm izlasang qay zamon,
Özbekiston farzandiga oçar quçoq tört tomon,
Qaytsang hunarli bölib, zamin kutar neʼmatga kon,
Şu sababdan yurtimizni deydilar dorulomon,
Har yigit, har qizing uçun yaratding imkon, Vatan.
Ahil elda xayrli işga doim zafarlar yordir,
Dahr aro qay yurtga borsak, hurmat-izzat tayyordir,
Çunki dunyo ahli uzra eʼtiborimiz bordir,
Şu sababki özbek eli yaxşilarga hamkordir,
Keçgan har bir on, soniya keltirmoqda şon, Vatan.
Yoşlar izzatda doimo, keksalar ham baxtiyor,
Har bir inson hayotiga qaratilgan eʼtibor,
Kimning agar dardi bölsa, bölmagay bu dunyo tor,
Çunki unga malham birla şirin söz şifokor bor,
Har kimga bu elimizda mehr-şafqat ehson, Vatan.
Neki söz kelsa xayolga gul hayot taʼsirida,
Bu köngil tölmas baridan, qança ayt tasvirida,
Ne uçunki Yurtboşimiz har çora-tadbirida,
Yuksalişni rejalaydi xalqimiz taqdirida,
Bu bizning yurt, gözal ölka, bu–Özbekiston, Vatan.
Ahmad NAFASOV,
«Jayxun ilhomlari» NNT raisi.
Tuproğing muqaddas
Asrlar oşgandir dovruğing yurtim,
Zamonlar körgansan tundan ham qora.
Iymoning saqlading, pokiza, butun,
Avlodlar hamişa qilar xotira.
Gulşansan jahonda tengi yöq yurtim,
Onamday muqaddas asragum seni.
Nomingdir eng toza va oliy maqom,
Alla-la boşlangan har bitta kuni.
Muqaddas tuproğing közimga suray,
Sajdada hattoki çölda yantoğing.
Aslida men sening ğuloming bölay,
Navoiyni körgan ona tuproğim.
Jahongir Mirzoning avlodlarimiz,
Olqiş olgaydirmiz yurtim, madhingga.
Navoiy bobomning zuryodlarimiz,
Aslo köz tegmasin gözal husningga.
Zafar quçayotir har bitta yoşing,
Bayroğing ufqqa, xalqim, yetajak.
Erking öz qölingda, omondir boşing,
Kutmoqda xalqimni buyuk kelajak.
Iymonni saqlagan yuqtirmasdan gard,
Sotmagan bir qariç tuproğin yovga.
Taxti Sulaymondir boşida bor baxt,
Odamlari pokligi öxşagan qorga.
Noming uluğ erur daholardan ham,
Islom bobom jannatda buyuk qörğonim.
Mumtoz yurtni qança taʼriflasa kam,
Aziz va yagona Özbekistonim!
Mardona JUMAMURODOVA,
12-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi.
Böston bölajak
Qölni qölga berib, ahil yaşasak,
Butun olam göyo böston bölajak.
Millatlar tinç-totuv, birdam yaşasak
Albatta, kutadi nurli kelajak!
Hamjihatlik, mehr-oqibat bölsa,
Vatan deb atalmiş oilamiz tinç.
Qayerdaki tinçlik hukmron ekan,
Odamlarga yordir baxt, omad, sevinç.
Ayyoming muborak, ey aziz yurtim,
Bolalar bağringda şodon öynasin!
Oqniyat, töğrisöz, mehnatkaş xalqim
Möl xirmon yaratib, xurram töylasin.
Ziyoda BEKMURODOVA,
20-sonli maktabning
ingliz tili fani öqituvçisi.
XALQIM
Taʼrifing aytmoqqa
ojizdir tilim,
Qança aytsam şunça
yayraydi dilim.
Gözalim, betakrorim,
jonajon elim,
Muqaddas Vatanim –
özbegim manim!
Jahon aro hamişa
yangragay noming,
Heç qaçon öçmasin
şuhrat-u şoning.
Hamişa azizdir
buğdoy-u noning,
Muqaddas Vatanim –
özbegim manim!
Özbegim elsevar
xalqimdir mening,
Dillarda madhiyang
yangraydi mangu.
Or-nomusim, tayançim,
suyançim mening,
Insonlaring hamişa
duoda ezgu.
Donolarning donolari
yetişgan,
Jahon senga
tasannolar aytişgan.
Sportda birinçi,
yuksakdir ilm,
Muqaddas Vatanim –
özbegim manim!
Onalaring sokin
aytadi alla,
Boyliging mujassam
paxta, ğallada.
Boş egib hamişa
aylaymiz taʼzim,
Muqaddas Vatanim –
özbegim manim!
Çin farzandlik burçim
doim saqlayman,
Bildirgan işonçing
doim oqlayman.
Ravnaqingga doim
qöşaman hissa,
Özbek xalqim yaşnayver,
mangu hamişa.
Aziza ÖROZBOYeVA,
32-sonli maktab öquvçisi.
SENDAN YIROQ KETOLMASMAN...
Ey, mening diyorim, jonajon ölkam,
Ertaklar aytmasang, heç uxlolmasman.
Misli bir jannatsan, doimo körkam,
Qança tasvirlasam hamki tolmasman.
Ne qilay, sendan olis ketolmasam,
Ketsam gar, soğinaman bir lahzada.
Bolaligim ötgan köçalaringni,
Eslasam, tuyğular kelar larzaga.
Menga tunlarda ertak aytgan Vatan,
Ertaklaring eslaşdan tolmasman.
Oylar, uzun yillar ham ötmas sensiz,
Bir on ham sendan yiroq ketolmasman!
Ey, mening Vatanim, jonajon ölkam,
Dunyoda tengsizsan, hammadan körkam!
Raʼno ISMOILOVA.
BULBULGA GUL HAMDAM
Yangi oy çiqsami kulimsirab kökdan,
Quvonçni quçganim köksimni öpgan.
Kuylari jahd etib çiqqay çamanga,
Quşlarday qönarlar zebo Vatanga.
Ayni qiş bölsa ham bösağam böston,
Bölgandek oyoğim ostida osmon.
Sanoqli davrimda soğliq berib Haq,
Hurlikni his etib yaşarman xuşvaqt!
Haqqimdan ziyoda, insofdan emas ,
Sörasam idrokim aslo yöl bermas!
Yangi oy kaşf etgan Haqqa sevgim bor,
Qadamsiz damgaça qilgum ixtiyor.
Sevgisiz yaşagan bormi bu boğda,
Jayhunim körk tuqqan köhna qirğoqda.
Men ham bir öğilman şul yoqdan çiqqan
Bulbulga gul hamdam qişloqdan çiqqan...
Jumaboy HIDOYaTOV.
ALPOMIŞLAR ÖLKASI
Alpomişlar ölkasi bu – köhna Turon,
Matonatga timsoldir har bitta öğlon.
Buyuk davlat bunyod etgan sohibqiron –
Amir Temur, Navoiydan meros makon!
Taxtdan tuşsa, otda yurgan mardi-maydon,
Al-Buxoriy, Bobur Mirzo – sobit iymon.
Vatan, degan şaraf tojin kiyib ötgan
Jaloliddin Manguberdi kabi öğlon!
Ilm-u irfon nurin soçib jahon içra,
Dong taratdi mağrib, maşriq Şom-u Çinda.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino,
Forobiyning irfonlari dil içinda!
Alpomişlar ölkasi bu – köhna Turon,
Istiqlolning qanotidir botir öğlon.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron –
Temuriylar ölkasidir Özbekiston!
Şerzod Rahimboyev,
Kuyuk köpir ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶