FAROVONLIK YOʻLIDA TAShABBUSKOR VA IJROChI
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, Oʻzbekiston Ekologik harakati faoliyatiga oid videoselektor yigʻilishida soʻzlagan nutqida barcha partiyalarga masʼuliyatli vazifalarni belgilab bergan edi. Davlatimiz rahbarining Parlament va siyosiy partiyalar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy, tavsiyaviy maʼruzasi partiyaning barcha tuzilmalarida chuqur oʻrganilib, shundan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarni ijro qilish boʻyicha Oʻzbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashining 2018-yilga moʻljallangan ish rejasi qabul qilingan edi.
Ish rejaga asosan Markaz-viloyat-tuman tizimi asosida partiya fraktsiyasiga kirgan Qonun loyihalarini tuman Kengashiga va xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik guruhiga yetkazish, fuqarolar orasida keng muhokamadan oʻtkazib, bildirilgan taklif-mulohazalarni hududiy Kengashga taqdim etish ishlari olib borilmoqda. Joylardagi aholini qiynayotgan muammolarni aniqlab, huquqiy maslahatlar berish va bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida partiya faollari va deputatlarni jalb qilgan holda har haftaning chorshanba kunlari tumandagi bitta mahallaga borib, xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan muloqot qilish yoʻlga qoʻyildi.
Davlat boshqaruv organlari hududiy tuzilmalari bilan ishlash, ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha Oʻzbekiston “Adolat” SDPning tuman Kengashidagi deputatlik guruhlarining roli va taʼsiri sezilarli darajada kuchaydi.
Hozirgi kunga qadar ishchi guruh aʼzolari 29 ta mahallada fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqotlar davomida tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga 10 ta deputatlik soʻrovlari joʻnatildi.
Javoblar vaqtida olinib, ijrosi boʻyicha nazorat olib borilmoqda. Tuman Kengashi va boshlangʻich partiya tashkiloti raislarining dasturiy vazifalarni bajarishda bilim va koʻnikmalarini shakllantirish hamda oshirib borish maqsadida ular uchun har oyda bir marotaba siyosiy oʻquvlar tashkil etilib borilmoqda. Deputatlik guruhi aʼzolari shu yilning 7 oyi davomida fuqarolar murojaatlari yuzasidan korxona, tashkilot rahbarlariga jami 21 ta deputat soʻrovlari yubordi.
Partiyaning saylovoldi dasturidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Maktabgacha taʼlim – kadrlar tayyorlashning birlamchi boʻgʻini” loyihasi doirasida tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashning holati, taʼlim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarining joriy etilishi, davlat-xususiy sherikchiligida yangi maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etish imkoniyatlari oʻrganildi.
“Maktabda ijtimoiy tenglik masalalari” loyihasi doirasida tumanda umumtaʼlim maktablarida 11 yillik taʼlimning tashkil etilishi holati, oʻquvchilarning darsliklar bilan taʼminlanish darajasi, darsliklarning sifati va pedagog kadrlar bilan taʼminlanish darajasi oʻrganildi. Aniqlangan kamchiliklarning yechimi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.
“Salomatlik yoʻlida birlashaylik” loyihasi doirasida esa tumandagi qishloq oilaviy poliklinikalari va QVPlar faoliyati, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimi bilan bogʻliq muammolar oʻrganildi. Partiyaning “Tozalik yoʻlida birlashaylik” loyihasi doirasida aholining sanitariya-gigiyena va tibbiy madaniyatini oshirishda mahallalarda sayyor uchrashuvlar va davra suhbatlari, targʻibot aktsiyalari tashkil etildi.
Mafkuraviy faoliyat va targʻibot-tashviqot ishlarida Ayollar va Yoshlar qanoti Kengashlari alohida oʻringa ega.
Partiyaning tuman Kengashi tomonidan ayol-qizlar va yoshlarning mamlakat hayotidagi oʻrni va mavqei, ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ularni davlat hokimiyati organlari faoliyatining barcha jabhalariga jalb etish maqsadida joylarda davra suhbatlari, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Sharofat Eshmurodova, Oʻzbekiston “Adolat” SDP
tuman Kengashi ijrochi-kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶