Mahalladan beriladigan “spravka”lar qisqartirildi
Shu yilning 3-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan, 2018-yilning 15-oktyabridan davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini, shaxsning ishsizligi, bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni va shaxsning tavsifnomasini taqdim qilish boʻyicha tartiblar bekor qilindi.
Endilikda, zaruriyati tugʻilganda, davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur maʼlumotlarni tegishincha Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab olish tartibi oʻrnatildi.
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab esa oila tarkibi, shu jumladan, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan mustaqil ravishda soʻrab olinishi belgilandi.
Mazkur qaror fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida vaqtini tejash, ortiqcha sansalorliklarning oldini olish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶