Oʻz xizmat hududim ham oilam kabi aziz
Men Yangiobod mahallasida joylashgan 18-sonli tayanch punktida 2016-yildan beri ishlab kelayapman. Shu davr mobaynida mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari bilan birgalikda hududimizga qarashli 510 ta xonadonlar aholisi bilan uyma-uy yurib jamoat tartibini saqlash, farzandlar tarbiyasi, oila daromadlarini oshirish, obodonlashtirish yuzasidan tez-tez suhbatlar oʻtkazish jarayonida har bir oila aʼzolari oʻz yaqinlarimday boʻlib qoldi. Profilaktika inspektorlari faoliyati oʻz hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi. Buningdek sharafli ishning uddasidan chiqish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirib, noqonuniy harakatlarning ayanchli oqibatlarini ogʻishmay tushuntirib borayapman. Natijada hududimizda joriy yilning oʻtgan davrida umumiy jinoyatchilik sodir etilmadi.
Men ham hududimni oʻz oilam deb hisoblayman va barcha aholi tinch-osoyishta yashab, yurtimiz ravnaqi yoʻlida koʻngilli mehnat qilishlariga erishishni oʻz burchim, deb bilaman. Chunki tinchlik-osoyishtalik farovonlik, yuksalishlar, rivojlanishlar asosidir.
25-oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan barcha hamkasblarimni qizgʻin qutlayman va masʼuliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Jalil Alekeyev, 18-sonli tayanch punkti
profilaktika inspektori, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶