Ona tilimiz – millatimiz koʻzgusi
23-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 31-sonli maktabda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til – millatning koʻzgusi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi raisi Sh.Yangibayeva, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi B.Allabergenov,Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Xolmuratov, 31-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari D.Oʻrazaliyeva, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari, tuman ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi raisi Sh.Yangibayeva soʻzga chiqib, oʻquvchilarga til hayotni bilish, jamiyat aʼzolarida maʼnaviy-axloqiy tushunchalarni shakllantirish, har bir insonning shaxsiy sifatlarini tarbiyalash vositasi boʻlib hizmat qilishini,ayniqsa, ona tili, mazkur tilning egasi boʻlgan xalqning tarixi, madaniyati, urf-odati, va sanʼatini bilish, oʻrganish borasida oʻta muhim vositaligi, ona tilimizning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qoʻshishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondoshishimiz kerakligi haqida gapirdi.
Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi B.Allabergenov soʻzga chiqib, istiqlol yillarida yurtimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi ona tilimiz taraqqiyotida ham muhim oʻzgarishlar yuz bergani, oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani, turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qoʻllanilayotgani, xorijdagi koʻplab universitetlar, ilmiy muassasalarda oʻzbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni oʻrganishga qiziquvchilar safi tobora ortib borayotgani buning yaqqol dalili ekanligini aytib oʻtdi.
soʻng Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Xolmuratov soʻzga chiqib, ona tilimizning davlat tili sifatidagi oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar yuksak samaralar berayotgani va ona tilimiz ravnaqini yuqsaltirish, xar birimizning muqaddas burchimiz ekanligi haqida gapirdi.
Tadbirning keyingi qismida oʻquvchilar tomonidan kuy va qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ijro etildi, sheʼrlar oʻqildi.
Til bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶