OʻQUV-IShLAB ChIQARISh MAJMUASIDA OʻQUVChILARGA KASBIY TAʼLIM BERILADI
Mamlakatimiz umumiy oʻrta taʼlim tizimida maktab oʻquvchilarining nafaqat nazariy, balki kasbiy taʼlim olishlari uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratildi. Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilib, bu kasbiy taʼlim majmualarida minglab oʻquvchi-yoshlar oʻzlari qiziqqan kasblar boʻyicha tahsil olishmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-yil 27-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 868-sonli qarori haqida”gi 720-sonli qarori hamda tuman hokimining 703-sonli qaroriga asosan Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida hududiy oʻquv-ishlab chiqarish majmuasi tashkil etilib, 2017-2018 oʻquv yilida hududdagi 10 ta umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari kasbiy taʼlim boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarga jalb qilindi.
Oʻtgan oʻquv yilida 324 nafar oʻquvchi-yoshlarga 3 ta kasb yoʻnalishi boʻyicha amaliy koʻnikma va nazariy bilimlar yuzasidan mashgʻulotlar olib borilgan boʻlsa, 2018-2019 oʻquv yilida esa hududdagi 11 ta umumtaʼlim maktablaridan 355 nafar, jami 679 nafar oʻquvchi-yoshlar 5 ta kasb yoʻnalishi boʻyicha amaliy va nazariy tahsil olishmoqda.
Oʻquv-ishlab chiqarish majmuasida oʻquvchi-yoshlarning 92 nafari chilangarlik, 140 nafari shina payvandlovchi, 192 nafari kompyuter operatori, 11 nafari chorvador, 244 nafari tikuvchilik yoʻnalishlari boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun 17 nafar malakali mutaxassis oʻqituvchilar qiziqarli dars mashgʻulotlarini olib borishmoqda.
–Oʻquvchi-yoshlarning oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha chuqur bilim va kasbiy malakaga ega boʻlishlari uchun oʻquv-ishlab chiqarish majmuasida barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji direktori Zarif Bekniyazov. – Ular bir vaqtning oʻzida malakali mutaxassis oʻqituvchilar rahbarligida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab koʻrish imkoniga ham egalar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶