Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda
Tumanning chekka hududida yashovchi aholi xonadonlari tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati boʻlmaganligi sababli tabiiy gaz tarmogʻidan ajratilgan. Ammo ular suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlangan. Tuman boʻyicha 25 ming 178 xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Tumangaz filialiga qarashli “Xolimbeg Servis” markazi 7 ming 395 xonadonga, Kuyuk Kupir ovulidagi shoxobcha 3 ming 996, Oq oltin ovulidagi shoxobcha 3 ming 103, filial markaziy omborxonasi esa 5 ming 306 xonadonga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida 2014-yilda “Amudaryo” gaz taqsimlash punkti yangidan qurilib ishga tushirildi va undan ham hozirgi kunda aholi keng foydalanmoqda.
Oʻtgan yili aholi jami 2 ming 293 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz bilan taʼminlangan edi. Mazkur yilda esa noyabr oyiga qadar 2 ming 231 tonna suyultirilgan gaz aholiga yetkazib berildi va ijaraga 2056 dona yangi maishiy gaz ballonlari ham tarqatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶